8–BOB
Bildad gapiradi: u Ayubni tavbaga chaqiradi
1 Shuvaxlik Bildad Ayubga shunday dedi:

2 “Qachongacha shunday gaplarni gapirasan?
Ogʻzingdan chiqqan soʻzlar shamolga oʻxshaydi–ya!
3 Xudo adolatga xiyonat qiladimi?
Qodir Xudo haqiqatning yoʻlini toʻsadimi?
4 Farzandlaring Unga qarshi gunoh qilgan boʻlsa,
Xudo ularni gunohlari uchun jazoladi.
5 Xudoga yuz burgin,
Qodir Xudoga yolvorgin.
6 Agar pok va solih boʻlsang,
Albatta U senga qoʻlini uzatib,
Seni oʻz haqqoniy joyingga qaytaradi.
7 Oxiri shunchalik farovon boʻlasanki,
Avvalgi holating nochorday tuyuladi.

8 Ana, oʻtib ketganlarga qaragin,
Ajdodlarimizning qilganlariga eʼtibor bergin.
9 Axir, biz kechagina tugʻilganmiz, hech narsa bilmaymiz,
Hayotimiz ham soyadek oʻtib ketadi.
10 Ajdodlarimiz senga muallim boʻladi,
Ularning aql–zakovatidan saboq ol.

11 Toʻqayzor boʻlmasa qamish oʻsadimi?!
Suv boʻlmagan joyda qamish boʻy choʻzadimi?!
12 Qamishlar hali koʻkarib turgan paytdayoq,
Kesilishga tayyor boʻlmay turib,
Hamma oʻtlardan oldin soʻlib qoladi.
13 Ha, Xudoni unutganlar ham shu koʻyga tushadi,
Betavfiqlarning umidi puchga chiqadi.
14 Ular umid bogʻlagan narsalar juda moʻrtdir,
Ular ishongan narsalar oʻrgimchakning toʻrlaridaydir.
15 Ular oʻz uyiga suyanadilar, ammo uy buzilib ketadi.
Uyini mahkam ushlaydilar, lekin uy bardosh bermaydi.
16 Fosiqlar yaxshi sugʻorilgan,
Quyosh nuri ostida oʻsayotgan butaga oʻxshaydilar,
Novdalari butun bogʻ boʻylab yoyilib ketgan.
17 Ildizlari toshlarga chirmashib,
Oʻsha yerdan oʻziga joy qidiradi.
18 Lekin ildiz yulib tashlanganda,
Oʻsgan joyi ham bilinmaydi.
19 Ha, fosiqlarning shodligi uzoqqa choʻzilmaydi,
Boshqalar chiqib, ularning oʻrnini oladi.

20 Aybsiz kishini Xudo hech rad qilmaydi,
Yovuzlarga esa yordam qoʻlini uzatmaydi.
21 U hali ogʻzingni kulgi bilan toʻldiradi,
Lablaringdan esa shodlik sadosini yangratadi.
22 Sendan nafratlanganlar uyatga qoladilar,
Fosiqlarning chodiri vayron boʻladi.”