3–BOB
Oxirgi kunlar haqida
1 Shuni bilginki, oxirgi kunlarda ogʻir vaqtlar keladi. 2 Oʻsha paytda odamlar faqat oʻzini oʻylaydigan, pulparast, maqtanchoq, takabbur, soʻkinadigan, ota–onaga itoat qilmaydigan, nonkoʻr, diyonatsiz, 3 tosh yurak, ginachi, tuhmatchi, nafsini tiya olmaydigan, vahshiy, yaxshilikdan hazar qiladigan, 4 xoin, bebosh, bosar–tusarini bilmaydigan boʻladilar. Ular Xudoni emas, aysh–ishratni yaxshi koʻradilar. 5 Oʻzlarini xudojoʻy qilib koʻrsatadilar–u, ammo haqiqiy imondan yuz oʻgiradilar. Sen bunday odamlardan uzoqlash.
6 Ular atrofdagilarning ishonchini suiisteʼmol qilib, uylariga kirib oladilar. Turli hirsu havaslarga berilgan, gunohlaridan vijdoni qiynalib yurgan nodon ayollarning dilini ovlaydilar. 7 Qachon qarama, bunday ayollar yangi taʼlimotlar payida boʻladilar, haqiqatni esa tan olmaydilar. 8 Yannis va Yambris Musoga qanday qarshi turgan boʻlsalar, bu odamlar ham haqiqatga xuddi shunday qarshi turadilar. Ammo fikri buzuq, imoni soxta bu odamlar 9 uzoqqa bormaydilar. Ular Yannis bilan Yambrisning holiga tushadilar, ularning aqlsizligi hammaga maʼlum boʻladi.
Imonda sodiq qolishga daʼvat
10 Sen esa, Timoʻtiy, taʼlimotimga rioya qilding, turmush tarzim, murod–maqsadim, imonim, sabr–toqatim, mehr–muhabbatim va sabotimdan namuna olding. 11 Xushxabar tufayli chekkan azob–uqubatlarimni oʻzing bilasan. Antioxiya, Ikoniya va Listra shaharlarida quvgʻin boʻlganim haqida eshitgansan . Ha, men qattiq quvgʻinlarni boshdan kechirdim! Ammo Rabbim Iso bularning hammasiga qaramay, jonimni omon saqladi. 12 Darhaqiqat, Iso Masih yoʻlida taqvodor hayot kechirgan har bir odam quvgʻinga uchraydi. 13 Ammo fosiq va makkor odamlar tobora razillashib boraveradi. Ular boshqalarni aldaydilar, oʻzlari ham aldanadilar.
14 Sen esa, oʻzing olgan va qattiq ishongan taʼlimotingga sodiq qol. Chunki bu taʼlimotni senga oʻrgatgan ustozlarning ibratomuz hayotini oʻzing koʻrgansan. 15 Bolaligingdanoq Muqaddas bitiklarni oʻrgangansan. Bu bitiklar insonga donolik ato qiladi, Iso Masihga boʻlgan ishonch orqali uni najotga erishtiradi. 16 Muqaddas bitiklarning hammasi ilohiy ilhom bilan yozilgan boʻlib, taʼlim va tanbeh berish, xatolarni tuzatish va solihlik yoʻlida tarbiya berish uchun foydalidir. 17 Bitiklardagi oʻgitlar boʻyicha yashagan Xudoning quli har qanday yaxshi ish qilishga qobil boʻlib, tayyor turadi.