14–BOB
Birodaringni hukm qilma
1 Imoni sust boʻlganlarni imonlilar qatoriga qabul qiling, ularning fikrlari yuzasidan bahslashmang. 2 Zero, baʼzilar, hamma narsani tanovul qilib boʻladi, deb ishonadi, baʼzi imoni sustlar esa faqat sabzavot yeydi. 3 Hamma narsani yeydigan odam, har qanday narsani yemaydigan odamdan nafratlanmasin. Shuningdek, har narsani ham yeyavermaydigan odam, hamma narsani yeydigan odamni hukm qilmasin, chunki Xudo uni imonlilar qatoriga qabul qilgan. 4 Sen kim boʻlibsanki, birovning xizmatkorini tergaysan? Xizmatkorning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ish qilganini uning xoʻjayini tasdiqlaydi–ku! Xoʻjayin xizmatkorni boshqargani uchun xizmatkor toʻgʻri ish qiladi, bu xoʻjayin Rabbimiz Isodir .
5 Ayrim odamlar bir kunni boshqa kundan ustunroq hisoblaydilar, yana boshqa bir odamlar esa kunlarning hammasini baravar deb hisoblaydilar. Har bir kishi oʻz fikrida mahkam tursin. 6 Biror kunni boshqasidan ustun deb bilgan odam Rabbimiz Isoni ulugʻlash uchun shunday qiladi . Hamma narsani yeyish mumkin deb bilgan odam ham Rabbimizni ulugʻlash uchun shunday fikrlaydi, chunki u ovqati uchun Xudoga shukur aytadi. Har narsani yemaydigan odam ham Rabbimizni ulugʻlash uchun shunday qiladi, u ham ovqati uchun Xudoga shukur aytadi! 7 Zero, hech birimiz faqat oʻzimiz uchun yashamaymiz, faqatgina oʻzimiz uchun oʻlmaymiz. 8 Axir, yashasak, hayotimiz bilan Rabbimiz Isoga shuhrat keltiramiz, oʻlsak ham, oʻz oʻlimimiz bilan Rabbimizga shuhrat keltiramiz. Demak, yashasak ham, oʻlsak ham, Rabbimizga tegishlimiz. 9 Masih oʻliklarning hamda tiriklarning Rabbiysi boʻlish uchun oʻldi va oʻlikdan tirildi. 10 Shunday ekan, nima uchun birodaringizni hukm qilyapsiz? Nima uchun birodaringizdan nafratlanyapsiz? Axir, hammamiz Xudoning hukm kursisi oldida turib, javob beramiz–ku! 11 Muqaddas bitiklarda shunday yozilgan:
“Egamiz shunday demoqda:
«Men barhayot Xudo boʻlganim haqi aytamanki ,
Mening oldimda har bir odam tiz choʻkadi,
Har bir til Menga hamdu sano aytadi.»”
12 Demak, har birimiz Xudoning oldida oʻzimiz uchun javobgarmiz.
Birodarlar bilan tinch–totuv yashash haqida
13 Shuning uchun endi bir–birimizni hukm qilmaylik. Aksincha, birodarlaringizning yoʻliga gʻov qoʻymaslikka, uni vasvasaga solmaslikka qaror qilinglar. 14 Men Rabbim Isoga tegishli boʻlganim uchun qatʼiy aminmanki, hech bir narsa oʻzidan–oʻzi harom emas. Ammo kimdir biror narsani harom hisoblasa, oʻsha narsa u uchun haromdir. 15 Agar sizlar biror narsa yeb, birodaringizni xafa qilayotgan boʻlsangiz, mehr–muhabbat bilan ish tutmayotgan boʻlasiz. Masih bu odam uchun oʻlgan, yegan ovqatingiz bilan oʻsha odamni halokatga yoʻliqtirmang. 16 Siz yaxshi deb bilgan narsa haqida boshqalar yomon gap gapirmasin. 17 Xudoning Shohligi ovqat va ichimlikdan emas, balki Muqaddas Ruh ato qiladigan solihlik, tinchlik va quvonchdan iborat. 18 Masihga shu tarzda xizmat qilgan odam Xudoni ham mamnun qiladi, insonlarning ham maqtoviga sazovor boʻladi.
19 Shuning uchun oʻzaro tinch–totuv yashash va bir–birimizning imonimizni mustahkamlash harakatida boʻlaylik. 20 Yegulikni deb, Xudoning ishiga putur yetkazmanglar! Toʻgʻri, hamma narsa halol, ammo biror narsani yeb, birodarini vasvasaga solgan odam notoʻgʻri ish qilgan boʻladi. 21 Goʻsht yeyish, sharob ichish yoki shunga oʻxshash ishlar birorta birodarni vasvasaga solayotgan boʻlsa, bularni qilmaslik yaxshidir.
22 Bu masaladagi fikringizni Xudoning Oʻzi hukm qilsin. Tutgan yoʻlini hukm qilmagan odam baxtiyordir. 23 Biror narsani yeyish haqida ikkilanib turib, baribir yeyishga qaror qilgan odam hukmga duchor boʻlishi muqarrar, chunki u oʻz ishonchiga koʻra, ish tutmagan boʻladi. Ishonchga asoslanmasdan qilingan har bir ish esa gunohdir .