5–BOB
Sulaymon Egamizning uyini qurishga tayyorgarlik koʻradi
1 Tir shohi Xiram: “Sulaymonni otasining oʻrniga moy surtib shoh qilib koʻtarishibdi” degan xabarni eshitgach, aʼyonlarini uning huzuriga joʻnatdi. Xiram Dovudni doimo oʻziga doʻst deb bilardi . 2 Sulaymon ham Xiram huzuriga aʼyonlarini joʻnatib, shu gaplarni aytib yubordi:
3 “Siz bilasizki, otam doimo dushmanlariga qarshi jang qilish bilan band boʻlib, oʻzining Egasi Xudoga atab bir uy bunyod eta olmadi. Nihoyat, Egam otam Dovudning dushmanlarini uning oyoqlari ostiga tashladi. 4 Egam Xudo endi menga har tarafdan osoyishtalik ato etdi: hozirda na gʻanimim bor, na hujum xavfi bor. 5 Egam otam Dovudga: «Sendan keyin taxtga oʻgʻlingni oʻtqazganimda, Menga atab uyni u barpo qiladi», degan edi. Shuning uchun Egam Xudoga atab bir uy qurmoqqa qaror qildim. 6 Endi siz amr bering, Lubnonda menga sadr daraxtlari kesib bersinlar. Mening odamlarim sizning odamlaringiz bilan birga ishlaydilar. Odamlaringizga siz soʻragan haqni beraman. Oʻzingiz bilasiz, daraxt kesishda Sidonlik odamlaringizga teng keladigan ustasi bizning oramizda yoʻq.”
7 Xiram Sulaymon yuborgan xabarni eshitgach, juda xursand boʻlib, shunday dedi: “Oʻsha buyuk xalqni boshqarish uchun Egamiz Dovudga dono bir oʻgʻil ato qilibdi, Egamizga hamdu sanolar boʻlsin.” 8 Keyin u Sulaymonga shunday xabar joʻnatdi:
“Menga aytib yuborgan gaplaringni eshitdim. Sadr va sarv daraxti kesishni soʻragan ekansan, ehtiyojingni qondiraman. 9 Qarollarim yogʻochlarni Lubnondan dengizga sudrab keladilar. Qayerni tayin etsang, yogʻochlardan sol qilib, dengiz sohili boʻylab oʻsha yerga keltirib beraman. U yerda sollarni yechdiraman, sen esa olib ketaverasan. Mening ehtiyojimni qondirib, odamlarim uchun oziq–ovqat berasan.”
10 Shunday qilib, Xiram, Sulaymonning ehtiyojiga koʻra, sadr va sarv yogʻochlari berdi. 11 Sulaymon esa, Xiramning odamlari isteʼmol qilsin deb, 200.000 togʻora bugʻdoy va 40.000 koʻza toza moy berdi. U har yili Xiramga shuncha miqdorda bugʻdoy va moy berib turdi. 12 Egamiz esa vaʼdasiga koʻra, Sulaymonga donishmandlik berdi. Xiram bilan Sulaymon oʻrtasida totuvlik paydo boʻlib, ular oʻzaro sulh tuzdilar.
13 Shoh Sulaymon butun Isroildan 30.000 qarolni majburlab oldi. 14 Navbati bilan oyiga 10.000 nafar qarolni Lubnonga joʻnatib turdi. Ular bir oy Lubnonda, ikki oy uyda boʻlishardi. Bu qarollarga Odoniram boshchilik qilardi. 15 Yana Sulaymonning ogʻir yuk tashuvchi 70.000, qirlarda tosh kesadigan 80.000 odami bor edi. 16 Bulardan tashqari, qarollarni nazorat qiladigan, ishning boshida turadigan 3300 nafar nazoratchi ham bor edi. 17 Sulaymon amr bergach, ular Egamizning uyi poydevorini taroshlangan toshdan barpo qilish uchun yirik marmar toshlarni kesdilar. 18 Sulaymonning odamlari, Xiramning odamlari, Gabolliklar toshlarni yoʻndilar, nihoyat, Egamizning uyini qurish uchun daraxt va toshlarni hozirlab boʻldilar.