7–BOB
Boshqalarni hukm qilmanglar
1 Boshqalarni hukm qilishni bas qilinglar, shunda Xudo ham sizlarni hukm qilmaydi. 2 Sizlar boshqalarni qanday hukm qilsangizlar, Xudo ham sizlarni xuddi shunday hukm qiladi. Sizlar boshqalarni hukm qilganda qanday oʻlchovdan foydalansangizlar, Xudo ham sizni hukm qilganda xuddi oʻshanday oʻlchovdan foydalanadi. 3 Nega sen birodaringning koʻzidagi zirapchani koʻrasan–u, oʻz koʻzingdagi xodani sezmaysan? 4 Oʻz koʻzingda xoda boʻla turib, qanday qilib birodaringga: «Kel, koʻzingdagi zirapchani olib tashlay», deb aytasan? 5 Hoy, ikkiyuzlamachi! Oldin koʻzingdagi xodani chiqarib ol, shunda koʻzing tiniq koʻradi va birodaringning koʻzidan zirapchani chiqara olasan.
6 Muqaddas boʻlgan narsani koʻppaklarga bermang, marvaridlaringizni choʻchqalar oldiga tashlamang. Aks holda, ular muqaddas narsalaringizni oyoq osti qilib, oʻzingizni ham tilka–pora qiladilar!
Xudodan soʻranglar
7 Soʻrang, sizga beriladi. Izlang, topasizlar. Taqillating, eshik ochiladi. 8 Chunki soʻragan har bir odam oladi, izlagan topadi, taqillatganga eshik ochiladi. 9 Orangizdan qaysi bir ota oʻgʻli non soʻraganda, unga non oʻrniga tosh beradi? 10 Yoki baliq soʻraganda, unga baliq oʻrniga ilon beradi? 11 Sizlar gunohkor boʻla turib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera olar ekansiz, osmondagi Otangiz ham Undan soʻraganlarga aʼlo neʼmatlar berishga qanchalar tayyor!
12 Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga oʻshani qilinglar. Tavrot va paygʻambarlar taʼlimotining magʻzi shundadir.
Najot eshigi tordir
13 Tor eshikdan kiringlar! Chunki halokatga olib boradigan darvoza enli, yoʻli ham kengdir. Bu yoʻldan yurayotganlar koʻp. 14 Hayotga olib boradigan eshik esa juda tor, yoʻli ensizdir. Bu yoʻlni topadiganlar oz.
Daraxt va uning mevasi
15 Soxta paygʻambarlardan ehtiyot boʻlinglar! Ular sizning oldingizga qoʻy poʻstinida keladilar, lekin ichlaridan yirtqich boʻrilardir. 16 Ularning kimligini qilgan ishlaridan bilib olasiz. Axir, tikanzordan uzumni, yantoqdan anjirni terib boʻlmaydi–ku! 17 Har bir yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi. 18 Yaxshi daraxt yomon meva berolmaydi, yomon daraxt ham yaxshi meva berolmaydi. 19 Yaxshi meva bermaydigan har bir daraxt esa kesilib, olovga tashlanadi. 20 Shunday qilib, soxta paygʻambarlarni mevalaridan bilib olasiz.
21 Meni «Yo Rabbiy, yo Rabbiy!» deb chaqirgan har kim Osmon Shohligiga kiravermaydi. U yerga faqat osmondagi Otamning irodasini bajargan odamlargina kiradi. 22 Qiyomat kunida koʻplar Menga shunday deydilar: «Yo Rabbiy, yo Rabbiy, biz Sening noming bilan vaʼz qilgan edik! Sening noming bilan jinlarni quvib chiqargandik! Sening noming bilan koʻp moʻjizalar qilgan edik–ku!» 23 Men esa ularga deyman: «Men sizlarni aslo tanimayman! Yoʻqolinglar, ey badkirdorlar!»
Dono va ahmoq binokor
24 Kim Mening bu soʻzlarimni eshitib, ularga amal qilsa, uyini tosh ustiga qurgan dono odamga oʻxshaydi. 25 Yomgʻir yogʻib, sellar toshib, shamollar esib, oʻsha uyni bosib qolibdi. Lekin tosh ustiga oʻrnatilgani uchun uy qulamabdi. 26 Biroq kim Mening bu soʻzlarimni eshitib, ularga amal qilmasa, oʻz uyini qum ustiga qurgan ahmoq odamga oʻxshaydi. 27 Yomgʻir yogʻib, sellar toshib, shamollar esib, oʻsha uyni bosib qolibdi. Uy qulab, butunlay vayron boʻlibdi!”
28 Iso bu gaplarini aytib boʻlgandan keyin, olomon Uning taʼlimotidan hayratga tushdi. 29 Chunki Iso Tavrot tafsirchilariday emas , balki hokimiyat egasi kabi taʼlim berar edi.