16–BOB
Yeremiyoning hayoti uchun Egamizning rejasi
1 Egamizning quyidagi soʻzi menga ayon boʻldi: 2 “Oila qurma, bu yurtda oʻgʻil–qizlaring boʻlmasin. 3 Bu yurtda tugʻilgan oʻgʻil–qizlar haqida va ularni dunyoga keltirgan ota–onalar haqida Men, Egang, aytamanki, 4 ular ogʻir xastaliklardan halok boʻlishadi. Ular uchun hech kim aza tutmaydi, jasadlarini koʻmadigan biron kimsa boʻlmaydi, jasadlari goʻng kabi, yer ustida yotaveradi. Ular qilichdan va qahatchilikdan halok boʻlishadi, jasadlari qushlar va yovvoyi hayvonlarga yem boʻladi.
5 Men senga aytaman: azador uyga kirma, motam tutma, taʼziya bildirma. Men bu xalqni tinchlik–xotirjamligimdan mahrum qildim. Men bu xalqni sevmayman, ularga mehr–shafqat koʻrsatmayman, — deb aytmoqda Egamiz. 6 — Bu yurtning kattayu kichigi oʻlib ketadi, ularni hech kim koʻmmaydi. Hech kim ular uchun aza tutmaydi, qaygʻudan badanini tilmaydi, sochini oldirmaydi . 7 Azadorlarga tasalli berish uchun hech kim ovqat olib chiqmaydi. Ota yoki onasidan judo boʻlganlarga tasalli berish uchun hech kim bir kosa sharob uzatmaydi.
8 Ziyofat boʻlayotgan uyga kirma, ular bilan oʻtirib, yeb–ichma. 9 Chunki sening zamoningda shodu xurramlik sadolariga, kelin–kuyovning xursandchilik ovozlariga chek qoʻyaman, — deb aytmoqda Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam. — Buni oʻz koʻzing bilan koʻrasan.
10 Aytganlarimning hammasini odamlarga gapirib berganingda, ular sendan shunday deb soʻraydilar: «Nega Egamiz bizga bunday kulfatlarni ravo koʻryapti? Aybimiz nima? Egamiz Xudoga qarshi nima gunoh qildik?» 11 Sen ularga shunday javob ber: «Egamiz aytmoqda: ota–bobolaringiz Meni tark etdilar. Qonunlarimga rioya qilmasdan, Mendan yuz oʻgirdilar. Boshqa xudolarga ergashdilar, ularga xizmat qilib, sajda etdilar. 12 Sizlarning gunohlaringiz esa ota–bobolaringiznikidan ham oshib tushdi. Mana, har biringiz yovuz yuragingizning oʻjarliklariga itoat qilyapsiz, Menga quloq solmayapsiz. 13 Shuning uchun Men sizlarni bu yerdan boshqa bir yurtga uloqtirib yuboraman. U yurtni oʻzingiz ham, ota–bobolaringiz ham bilmaydilar. U yerda sizlar kechayu kunduz boshqa xudolarga xizmat qilasizlar. Endi Men sizlarga rahm qilmayman.»”
Xalq surgundan qaytadi
14 Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, odamlar ont ichganda: «Isroil xalqini Misrdan olib chiqqan Egamiz shohid», deb aytmaydigan boʻladi. 15 Buning oʻrniga ular: «Isroil xalqini shimoldagi yurtdan va Oʻzi surgun qilgan barcha boshqa yurtlardan olib chiqqan Egamiz shohid», deb ont ichadigan boʻlishadi. Men xalqimni Oʻzim ota–bobolariga bergan yurtga qaytarib olib kelaman.”
Yaqinlashib kelayotgan jazo
16 Egamiz shunday demoqda: “Mana, Men talay dushmanni yuboryapman. Ular xalqimni baliqchilar kabi, tutib oladilar. Oʻsha dushmanlar ketidan boshqalarini joʻnataman, ular ovchilar kabi, xalqimni har bir togʻda, har bir tepalikda, qoyalarning jarliklarida ovlaydilar. 17 Men xalqimning tutgan hamma yoʻllarini koʻrib turibman. Ularning yovuz yoʻllari Mendan yashirin emas. Hamma gunohlari koʻz oʻngimda. 18 Qilgan gunohlari va qilmishlari uchun xalqimga ikki barobar qilib qaytaraman. Zotan, ular jonsiz, jirkanch xudolari bilan yurtimni harom qildilar, Mening mulkimni makruh butlarga toʻldirdilar.”
Yeremiyoning ibodati
19 Ey Egam, mening qudratim, qoʻrgʻonimsan,
Kulfat kunida panohimsan.
Dunyoning toʻrt burchagidan xalqlar
Sening oldingga kelib, aytadi:
“Ajdodlarimizning soxta butlaridan boʻlak hech narsasi yoʻq edi,
Bu betayin butlaridan foyda boʻlmagan edi.
20 Inson oʻzi uchun xudolarni yasay oladimi?!
Bunday xudolar haqiqiy Xudo emas–ku!”

21 Egamiz shunday deydi:
“Shunday ekan, ularga saboq beray,
Kuch–qudratimni ularga koʻrsatib qoʻyay.
Shunda Egangiz Men ekanligimni bilib olishadi.”