13–BOB
Abiyo bilan Yeribom oʻrtasidagi urush
1 Isroil shohi Yeribom hukmronlik qilayotganiga oʻn sakkiz yil boʻlganda, Abiyo Yahudoga shoh boʻldi. 2 U Quddusda uch yil shohlik qildi. Onasining ismi Maxo boʻlib, Givolik Uriyolning qizi edi.
Abiyo bilan Yeribom oʻrtasida urush boʻldi. 3 Abiyo saralangan odamlardan tashkil topgan 400.000 nafar botir jangchisini urushga boshladi. Yeribom esa Abiyoga qarshi 800.000 nafar saralangan bahodir jangchini saf torttirdi. 4 Abiyo Efrayim qirlaridagi Zamorayim togʻi yon bagʻriga chiqib, gapirdi:
“Ey Yeribom va butun Isroil xalqi, gapimni eshiting! 5 Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shoh Dovud bilan qatʼiy ahd tuzib, Isroil ustidan hukmronlik qilishni to abad unga va uning nasliga topshirgan. Nahotki buni bilmasangiz?! 6 Shunday boʻlsa–da, Nabat oʻgʻli Yeribom Dovud oʻgʻli Sulaymonning xizmatida boʻla turib, oʻz xoʻjayiniga qarshi bosh koʻtardi. 7 Atrofiga bir guruh allaqanday yaramas odamlarni toʻplab, Sulaymon oʻgʻli Raxabomga qarshi fitna uyushtirdi. Raxabom oʻsha paytda yosh, tajribasiz boʻlgani uchun ularga qarshilik koʻrsata olmadi.
8 Endi esa sizlar Dovud nasli qoʻlidagi Egamizning shohligiga qarshi urush qilmoqchisizlar. Ha, sizlar koʻpchiliksiz. Yeribom xudolar sifatida yasattirib bergan oltin buzoqlar ham yoningizda. 9 Sizlar Horunning naslidan boʻlgan Egamizning ruhoniylarini va levilarni quvib yubordingizlar. Begona xalqlardan oʻrnak olib, oddiy odamlarni ruhoniy qilib tayinladingizlar. Qoyil–e! Yosh buqasi yoki yettita qoʻchqori boʻlgan har kim soxta xudolaringizga ruhoniylik qila oladi–ya!
10 Lekin Xudoyimiz Egamizdir, biz Undan yuz oʻgirmadik. Egamizga xizmat qilayotgan ruhoniylarimiz Horun naslidandir. Levilar ularga xizmatda yordam berishyapti. 11 Ular har kuni ertalab va kechqurun Egamizga kuydiriladigan qurbonliklar atashadi, xushboʻy tutatqilar tutatishadi, poklangan xontaxtaga muqaddas nonlar qoʻyishadi, har oqshom oltin chiroqpoyadagi moychiroqlarni yoqishadi. Ha, biz Egamiz Xudoning talablarini bajaramiz, sizlar esa Uni tark etdingizlar. 12 Xudo biz bilan birgadir, U bizning yoʻlboshchimizdir. Uning ruhoniylari karnaylar chalib, sizlarga qarshi jangga daʼvat qiladi. Ey Isroil xalqi! Ota–bobolaringizning Xudosi — Egamizga qarshi jang qilmang, siz baribir muvaffaqiyatga erishmaysiz!”
13 Shu orada Yeribom bildirmay sipohlarining bir qismini Yahudo lashkarining orqa tomoniga pistirma qoʻyish uchun joʻnatdi. Sipohlarining asosiy qismi esa Yahudo lashkarining old tomonida saf tortgan edi. 14 Yahudo lashkari qarashsa, qurshovda qolishibdi. Ular Egamizdan yordam soʻrab yolvorishdi, ruhoniylar karnaylarini chalishdi. 15 Yahudo lashkari ovozi boricha hayqirishdi. Ularning jangovar hayqirigʻi ostida Xudo Yeribomni hamda butun Isroil lashkarini Abiyo va Yahudo xalqi oldida magʻlub qildi. 16 Isroil lashkari Yahudo lashkari oldiga tushib qochishdi. Xudo Isroil lashkarini Yahudo lashkarining qoʻliga berdi. 17 Abiyo va uning lashkari ularga ogʻir talafot yetkazdilar. Isroil lashkarining 500.000 nafar saralangan sipohi qurbon boʻldi. 18 Yahudo lashkari ota–bobolarining Xudosi — Egamizga tayangani uchun jangda Isroil lashkarini magʻlub qilib, gʻalabaga erishgan edi.
19 Abiyo Yeribomni taʼqib qilib, Baytil, Yashono va Efroʻn shaharlarini hamda oʻsha shaharlar atrofidagi qishloqlarni qoʻlga kiritdi. 20 Yeribom Abiyo davrida oldingi qudratini tiklay olmadi. Egamiz shoh Yeribomning jonini olib, uni halok qildi.
21 Abiyo esa kuchayib boraverdi. U oʻn toʻrtta xotinga uylanib, yigirma ikkita oʻgʻil va oʻn oltita qiz koʻrdi.
22 Abiyoning boshqa ishlari, uning faoliyati va tutgan yoʻllari Yiddo paygʻambarning tarixida bayon etilgan.