5–BOB
1 Xudoning sevikli farzandlari ekansiz, endi Xudodan oʻrnak olinglar. 2 Masih bizni yaxshi koʻrib, biz uchun Oʻzini fido qildi va shu yoʻsin Xudoga maʼqul keladigan qurbonlik boʻldi. Sizlar ham Iso Masihga oʻxshab, xuddi shunday mehr–muhabbat bilan yashanglar. 3 Sizlarning orangizda fahsh, zinokorlik, ifloslik yoki xasisligu ochkoʻzlik hatto tilga ham olinmasin. Bular Xudoning azizlariga munosib emas. 4 Shuningdek, orangizda beadablik, nojoʻya soʻzlaru qoʻpol hazillar ham boʻlmasin, chunki bunday qiliqlar sizlarga toʻgʻri kelmaydi. Yaxshisi, Xudoga shukur qilinglar. 5 Shuni bilib qoʻyinglarki, hech bir fahshboz, iflos yoki xasisu ochkoʻz inson Masihning va Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydi, chunki aytib oʻtilganlarning hammasi butparastlik bilan tengdir.
6 Oʻshanday gunohlarni qilishga bahona izlaganlar sizlarni quruq gaplar bilan aldamasin, chunki Xudoning qahr–gʻazabi Unga itoatsiz bandalarning boshiga tushadi. 7 Shuning uchun ularga sherik boʻlmanglar. 8 Bir vaqtlar sizlar zulmatga toʻla edingiz, endi esa Rabbimiz Isoga tegishli boʻlganingiz uchun nurga toʻldingiz. Shunday ekan, nurga toʻla insonlar kabi yashanglar. 9 Axir, har qanday ezgulik, solihlik va haqiqat nurning samarasidir. 10 Rabbimizga nima maqbul ekanligini bilishga tirishinglar. 11 Zulmatning besamara ishlarida ishtirok etmanglar, aksincha, ularni fosh etinglar. 12 Maxfiy ravishda qilinadigan oʻsha ishlar haqida gapirish ham uyatdir. 13 Ammo nur porlaganda hamma narsa fosh boʻlib, ochiq–oshkor koʻrinadi. Axir, nur hamma narsani ochiq–oydin namoyon qiladi–ku! 14 Mana shu sababdan shunday deymiz:

“Ey uxlayotgan, tur!
Oʻlikdan tiril!
Masih senga nur sochar .”

15 Shunday qilib, qay tarzda yashayotganingizga diqqat qilinglar. Nodonlar kabi emas, balki donolarday hayot kechiringlar. 16 Fursatni gʻanimat bilinglar, chunki biz yashayotgan bu kunlar yomonlikka toʻla. 17 Shuning uchun beaql boʻlmanglar, balki Rabbimiz Isoning irodasi nima ekanligini anglashga harakat qilinglar. 18 Sharob ichib mast boʻlmanglar, chunki bu buzuqlikka olib boradi. Aksincha, Muqaddas Ruhga toʻlib–toshinglar. 19 Birga yigʻilganingizda sanolar, ruhiy madhiyalaru qoʻshiqlar kuylanglar. Musiqa asboblariyu xonishlaringiz bilan chin yurakdan Rabbimizga hamdlar aytinglar. 20 Har doim, har bir narsa uchun Rabbimiz Iso Masih nomi bilan Otamiz Xudoga shukur qilinglar.
Oilaviy munosabatlar haqida nasihatlar
21 Iso Masihni izzat–hurmat qilganingiz uchun bir–biringizga boʻysuninglar. 22 Ey xotinlar, siz Rabbimiz Isoga qanday boʻysunsangiz, erlaringizga ham shunday boʻysuning. 23 Masih imonlilar jamoatining boshi boʻlgani kabi, er ham xotinning boshidir. Masih Oʻz tanasi boʻlgan jamoatning Najotkoridir. 24 Jamoat Masihga qanday tobe boʻlsa, xotinlar ham har jihatdan oʻz erlariga shunday tobe boʻlishlari kerak. 25 Ey erlar, Masih jamoatni yaxshi koʻrib, Oʻzini jamoat uchun fido qilganiday, sizlar ham xotinlaringizni shunday yaxshi koʻringlar. 26 Masih jamoatni suv va Xudoning kalomi orqali poklab , muqaddas qilish niyatida Oʻzini fido qildi. 27 Jamoatni Oʻz huzuriga keltirganda, jamoat har qanday gʻubor, ajin va dogʻdan xoli boʻlib, ulugʻvor, muqaddas va benuqson boʻlishi uchun Masih Oʻz jonini ayamadi. 28 Erlar ham oʻz xotinlarini oʻz tanalarini sevganday sevishlari kerak. Oʻz xotinini sevgan erkak oʻzini sevgan boʻladi. 29 Hech kim hech qachon oʻz tanasini yomon koʻrmaydi. Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi. Masih ham Oʻz jamoatini xuddi shunday oziqlantirib, parvarish qiladi. 30 Biz Masih tanasining aʼzolarimiz . 31 Muqaddas bitiklarda shunday yozilgan: “Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan boʻlak boʻlib, xotiniga bogʻlanib qoladi, ikkalasi bir tan boʻladilar.” 32 Bu buyuk sirdir, endi bu sir Masih hamda jamoatga ham taalluqlidir. 33 Xullasi kalom, har bir er oʻz xotinini oʻzini sevganday sevsin. Xotin ham erini hurmat qilsin.