8–BOB
Yetilib pishgan mevalar haqidagi vahiy
1 Egamiz Rabbiy menga yana vahiy koʻrsatdi: bir savat yetilib pishgan mevalar bor ekan. 2 Egamiz mendan:
— Amos, nimani koʻryapsan? — deb soʻradi.
— Bir savat yetilgan mevani, — deb javob berdim men. Soʻng Egamiz menga shunday dedi:
“Xalqim Isroil ham jazo uchun yetilib turibdi.
Endi Men ularga shafqat qilmayman.
3 Oʻsha kuni Maʼbaddagi ashulalar marsiyaga aylanadi,
— deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. —
Hamma joyda jasadlar yotadi.
Sukunat bosgan!”
4 Ey yoʻqsillarni ezadiganlar, quloq solinglar!
Ey yurtdagi kambagʻallarni yoʻq qilganlar, eshitinglar!
5 Sizlar shunday aytasizlar:
“Yangi oy shodiyonasi tezroq tamom boʻla qolsa–yu,
Donni sotsak.
Shabbat kuni tezroq oʻtsa–yu,
Bugʻdoyni bozorga olib chiqsak.
Shunda biz ogʻirligini kamaytirib,
Narxini oshiramiz,
Tarozidan urib, odamlarni aldaymiz.
6 Bugʻdoy chiqitlarini ham sotib yuboramiz.
Yoʻqsilni bir juft choriqqa sotib olamiz,
Kambagʻalni kumushga xarid qilamiz.”
7 Yoqub naslining takabburligini koʻrib, Egamiz shunday deb ont ichdi :
“Ularning qilmishlarini Men hech qachon unutmayman,
Ularni albatta jazolayman.
8 Shu sababdan yer titraydi!
Yer yuzida yashovchi har bir mavjudot aza tutadi!
Butun yer yuzi daryo toʻlqinlariday larzaga keladi,
Ha, Nil suvlariday koʻtarilib, pastga tushadi .”
9 Egamiz Rabbiy demoqda:
“Ey Isroil xalqi,
Oʻsha kuni shunday qilamanki,
Quyosh tush paytida botadi,
Kuppa–kunduzi yer yuzini qorongʻilik qoplaydi.
10 Bayramlaringiz motamga aylanadi,
Hamma ashulalaringiz marsiya boʻladi.
Sizlar hammalaringiz qaygʻudan qanorga oʻranasiz,
Aza tutganingizdan sochingizni qirdirasiz .
Yolgʻiz oʻgʻlidan judo boʻlgan ota–onaga oʻxshab qolasiz.
Oʻsha kun oxiriga qadar achchiq kulfatday boʻladi.”
11 Egamiz Rabbiy demoqda:
“Shunday kunlar keladiki,
Men yurtga ocharchilik yuboraman.
Odamlar non bilan suvni emas,
Men, Egangizning soʻzini qoʻmsab, och qolishadi.
12 Ular Mening soʻzimni eshitmoqchi boʻlib,
Bir dengizdan boshqa dengizgacha oyogʻini sudrab borishadi,
Shimoldan sharqqa yoʻl olishadi.
U yoqdan–bu yoqqa yurib, sarson boʻlishadi–yu,
Ammo Men, Egangizning soʻzini eshita olishmaydi.
13 Oʻsha kuni goʻzal qizlaru baquvvat yigitlar
Tashnalikdan hushidan ketadilar.
14 Axir, ular Samariyaning sharmanda maʼbudasi nomi bilan
Qasam ichib yuribdilar,
«Ey Dan shahri , xudoying shohid», deb aytib yuribdilar,
«Bershebaga olib boradigan ziyorat yoʻli haqi», deb yuribdilar.
Ammo ular yiqilib tushadilar, qaytib turmaydilar.”