13–BOB
Ayub Xudo bilan daʼvolashmoqchi boʻladi
1 Bularning hammasini oʻz koʻzlarim bilan koʻrganman.
Oʻz qulogʻim bilan eshitib, anglab olganman.
2 Sizlar bilganlarni men ham bilaman,
Sizlar mendan ustun emassizlar.
3 Qani endi, Qodir Xudo bilan gaplasha olsam!
Xudoga oʻz daʼvoimni bildirishni xohlayman.
4 Sizlar esa yolgʻonlar toʻqiysizlar,
Hech foyda keltirmaydigan tabibdaysizlar.
5 Qaniydi, jim oʻtirsangiz,
Ana oʻshanda dono ish qilgan boʻlardingiz.
6 Endi mening arzimga quloq solinglar,
Shikoyatlarimga diqqat qilinglar.
7 Yolgʻon soʻzlaringiz, nohaq gaplaringiz bilan
Xudoni himoya qilyapmiz, deb oʻylayapsizlarmi?!
8 Xudoning tarafini olib, Unga yon bosasizlarmi?!
Sizlar Xudoning daʼvosini himoya qilasizmi?!
9 Qilayotganlaringizni U tekshirib koʻrsa, yaxshi boʻladimi?
Yoki insonni aldaganday Uni ham aldaysizlarmi?!
10 Agar hatto xayolingizda ham tarafkashlik qilsangiz,
U sizlarga albatta tanbeh beradi.
11 Uning ulugʻvorligi yuragingizga vahima solmaydimi?!
Undan qoʻrqib, dahshatga tushmaysizmi?!
12 Sizlarning gapingiz kulday foydasiz,
Himoyangiz loy idishday kuchsizdir.
13 Endi jim boʻlinglar! Men gapiray.
Mayli, keyin nima boʻlsa, boʻlsin.
14 Jonimni xavf ostiga qoʻyib boʻlsa ham,
Ichimdagilarni aytaman.
15 Mayli, U meni oʻldirsin. Boshqa umidim yoʻq–ku!
Oʻz ishlarimni Uning oldida himoya qilaman.
16 Uning oldiga borishga jurʼat qilganim mening najotim boʻladi,
Axir, betavfiq odam Xudoning oldiga bora olmaydi–ku!
17 Mening soʻzlarimga quloq solinglar,
Gaplarim quloqlaringizga kirsin.
18 Men oʻz arzimni tayyorlab qoʻydim,
Bilaman, aybsizligim isbot boʻladi.
19 Xoʻsh, kim men bilan bahslashadi?
Agar meni aybdor deb topsangiz,
Ovozimni oʻchiraman–u, oʻlaman.
Ayubning ibodati
20 Sendan ikki narsa soʻrayman, ey Xudo,
Shuni qilsang yuzimni Sendan yashirmayman.
21 Endi qiynoqlaringni bas qilgin,
Vahimang bilan meni qoʻrquvga solma.
22 Shundan keyin meni chaqir, javob beraman,
Yoki men gapiray, Sen esa menga javob ber.
23 Mening qancha aybu gunohlarim bor ekan?
Itoatsizliklarimni, gunohlarimni bildirgin menga.
24 Nima uchun mendan yuz oʻgirasan,
Meni Oʻz dushmaning deb hisoblaysan?
25 U yoqdan–bu yoqqa uchib yurgan bargni qoʻrqitasanmi,
Quruq somonni taʼqib qilasanmi?
26 Menga qarshi achchiq ayblar keltiryapsan,
Yoshligimdagi gunohlarimni eslatyapsan.
27 Oyoqlarimni kishanlab,
Yurgan yoʻllarimni poylaysan,
Hatto har bir qadamimni oʻlchaysan.
28 Evoh, inson chirik narsaday,
Kuya yegan kiyimday yoʻq boʻlib ketadi.