8–BOB
Dovudning zafarlari
1 Birmuncha vaqt oʻtgach, Dovud yana Filistlarga hujum qilib, ularni magʻlub qildi, shu tariqa yurtni ularning hukmronligidan ozod etdi . 2 Soʻng Moʻab xalqini ham magʻlub qildi. Asirlarni yerga qator qilib yotqizib, qatorni arqon bilan oʻlchay boshladi. Bir oʻlchab, tirik qoldirdi, ikki oʻlchab oʻldirdi. Shunday qilib, Moʻab xalqining tirik qolganlari Dovudga qul boʻlib, oʻlpon toʻlaydigan boʻlishdi.
3 Zoʻvo shohi Hadadzar oʻz shohligini boshqatdan oʻrnatmoqchi boʻlib, Furot daryosi boʻylariga yurish qilgan edi. Dovud uni ham tor–mor qildi. Hadadzar Rexob deganning oʻgʻli edi. 4 Dovud Hadadzarning 1700 nafar otliq, 20.000 nafar piyoda sipohini asirga oldi. Oʻzining 100 ta jang aravasi uchun kerakli otlarni qoldirib, boshqa hamma otlarni mayib qildi.
5 Damashqdagi Oram xalqi Zoʻvo shohi Hadadzarga yordamga kelgan edi, Dovud ulardan 22.000 kishini oʻldirdi. 6 Soʻng Damashqdagi Oram xalqining shaharlariga oʻzining qoʻnolgʻalarini joylashtirdi. Oram xalqi ham Dovudga qaram boʻlib, oʻlpon toʻlaydigan boʻldi. Shunday qilib, Dovud qayerga bormasin, Egamiz uni zafarga erishtirdi. 7 Dovud Hadadzarning aʼyonlari koʻtarib yuradigan oltin qalqonlarni qoʻlga kiritib, Quddusga keltirdi. 8 Yana Hadadzarning qoʻli ostidagi Tivxat va Baroʻtay shaharlaridan koʻp bronza olib keldi.
9 Xomat shohi Toʻax “Dovud Hadadzarning butun lashkarini magʻlub qilibdi”, deb eshitib qoldi. 10 Toʻax shoh Dovudning huzuriga oʻgʻli Yoramni yuborib, uni qutladi, jangda Hadadzardan gʻolib kelgani uchun Dovudni olqishladi. Toʻax Hadadzar bilan uzoq vaqtdan beri urishib kelardi. Yoram Dovudga oltin, kumush, bronza idishlarni hadya qilib olib keldi. 11 Shoh Dovud bu inʼomlarni bosib olgan yurtlardan keltirgan oltinu kumushlar bilan birga Egamizga nazr qildi. 12 Bular Edom, Moʻab, Ommon yurtlaridan, Filist va Omolek xalqlaridan olib kelingan, Zoʻvo shohi Hadadzardan olingan oʻljalar edi.
13 Dovud Tuz vodiysida Edom xalqidan 18.000 kishini halok qilib qaytgandan soʻng, yanada dong taratdi.
14 Edom yurtining hamma yeriga oʻz qoʻnolgʻalarini joylashtirdi. Edom xalqi Dovudga qaram boʻldi. Dovud qayerga bormasin, Egamiz uni zafarga erishtirdi.
15 Dovud butun Isroilda shohlik qilar ekan, xalqini odillik bilan boshqarardi. 16 Zeruya oʻgʻli Yoʻab — lashkarboshi, Oxilud oʻgʻli Yohushafat — mushovir edi. 17 Oxitob oʻgʻli Zodoʻx bilan Abuatar oʻgʻli Oximalek — ruhoniy, Sarayo mirza edi. 18 Yohayido oʻgʻli Binayo Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilarning boshligʻi edi. Dovudning oʻgʻillari esa ruhoniy edilar.