4–BOB
Soxta ustozlarning yolgʻon taʼlimoti fosh etiladi
1 Xudoning Ruhi yaqqol aytyaptiki, oxirgi zamonlarda baʼzi odamlar imondan qaytadilar. Ular yolgʻonchi ruhlarga va jinlar taʼlimotiga quloq soladilar. 2 Bunday taʼlimotni tarqatgan odamlar riyokor va yolgʻonchidirlar. Ularning vijdoni oʻlgan, goʻyo qizdirilgan temir bilan kuydirilib yoʻq qilingan. 3 Ular uylanishni va erga tegishni man etadilar, maʼlum ovqatlarni taqiqlaydilar. Holbuki, bu ovqatlarni Xudo bergan. Haqiqatni bilib olgan imonlilar Unga shukrona aytib, yeyishlari uchun yaratgan. 4 Chunki Xudo yaratgan har bir narsa yaxshidir. Biz hech bir taomni taqiqlamay, shukrona aytib, hammasini yeyishimiz lozim. 5 Biz ovqatimiz uchun Xudoga shukurlar aytganimizda, Xudo barcha ozuqani halol deb eʼlon qilganini eʼtirof etgan boʻlamiz.
Iso Masihning sodiq xizmatkori boʻlgin
6 Sen bu nasihatlarimni birodarlaringga oʻrgatsang, Iso Masihning layoqatli xizmatkori boʻlasan. Oʻzing rioya qilayotgan sogʻlom taʼlimotni va imonimizning aqidalarini oʻzlashtirib, ruhan oziqlanib borasan. 7 Safsataboz kampirlarga xos bemaʼni afsonalardan yuz oʻgir. Xudojoʻy boʻlishga astoydil harakat qil. 8 Axir, shunday bir maqol bor–ku: “Jismoniy mashq tana uchun foyda berar, xudojoʻylik esa har tomonlama foyda keltirar, u dunyoyu bu dunyoda hayot baxsh etar.” 9 Bu gap toʻgʻri va asoslidir, u har jihatdan qabul qilinishga loyiqdir. 10 Odamlar abadiy hayotga ega boʻlishlari uchun biz jon–jahdimiz bilan xizmat qilyapmiz . Barhayot Xudoga umid bogʻlaganmiz. U barcha insonlarning, ayniqsa imonlilarning Najotkoridir .
11 Sen birodarlarga taʼlim bergin, bu oʻgitlarga rioya qilishlarini ularga oʻrgatgin. 12 Yoshsan deb, hech kim seni kamsitmasin. Aksincha, hammaning hurmatini qozonish uchun sen soʻzda, yurish–turishda, mehr–oqibatda, imonda va axloqda imonlilarga oʻrnak boʻlgin. 13 Men oldingga borgunimcha jamoatda Muqaddas bitiklarni ovoz chiqarib oʻqishga , nasihat va taʼlim berishga vaqtingni bagʻishla. 14 Oʻzingga berilgan inʼomga eʼtiborli boʻl, uni ishga sol. Axir, sen bu inʼomingni aytilgan bashoratlar va oqsoqollar ustingga qoʻl qoʻyib qilgan duolari natijasida olgansan.
15 Aytganlarimning hammasini amalda qoʻlla. Oʻzingni bu vazifaga sidqidildan bagʻishla, shunda sen Xudoning yoʻlida shaxdam qadam bilan, ildamlab borayotganingni hamma koʻradi. 16 Hayot tarzingga, nimalar oʻrgatayotganingga eʼtibor qil. Bu faoliyatingni astoydil davom ettir, shunday qilsang, oʻzingni ham, tinglovchilaringni ham qutqarasan.