20–BOB
Shebaning isyoni
1 Oʻsha paytda Benyamin qabilasidan Sheba degan yaramas bir odam shu yerda — Gilgalda edi. U Bixri deganning oʻgʻli edi. Sheba burgʻu chalib, shunday xitob qildi:

“Essay oʻgʻli Dovudning bizga oʻtkazib qoʻygan joyi yoʻq,
Bizning ham undan qarzimiz yoʻq!
Ey Isroil erlari, hamma oʻz uyiga qaytsin!”

2 Shundan keyin jamiki Isroil odamlari Dovudni tark etib, Shebaga ergashib, ketib qolishdi. Yahudo xalqi esa oʻzlarining shohiga sodiq qolib, Iordan daryosidan Quddusgacha unga hamroh boʻlishdi.
3 Shoh Dovud Quddusdagi saroyiga yetib borgach, saroyga qarab turinglar deb, qoldirib ketgan oʻnta kanizagini alohida uyda saqlashni buyurdi. Dovud ularni boqdi, lekin birortasi bilan birga boʻlmadi . Kanizaklar esa umrlarining oxirigacha nazorat ostida, beva xotinlar kabi yashadilar.
4 Shundan keyin shoh Dovud oʻz lashkarboshisi Emosaga:
— Uch kun ichida Yahudo xalqini huzurimga chaqirib kel, oʻzing ham shu yerda boʻl, — dedi. 5 Emosa Yahudo xalqini chaqirib kelishga ketdi. Ammo belgilangan vaqtda qaytib kelmadi. 6 Shundan soʻng Dovud boshqa lashkarboshisi Abushayga dedi:
— Endi Sheba bizga Absalomdan ham ogʻirroq kulfat keltiradi. Mening odamlarimni olib, Shebaning orqasidan quvla. Aks holda, u mustahkam shaharga oʻrnashib olib, bizdan yashirinadi.
7 Oʻsha zahoti Abushay Shebani tutib kelish uchun Quddusdan chiqdi. U Yoʻabni va uning odamlarini, Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilarni , hamma botir sipohlarni yoniga oldi. 8 Ular Givondagi katta qoyaning yoniga yetib borganda, Emosani uchratib qoldilar. Yoʻab jang kiyimlarini kiyib olgan edi. Kiyimining ustidan kamar bogʻlagan, xanjarini qiniga solib, kamariga osib olgan edi. U Emosaning oldiga soʻrashish uchun qadam tashladi–yu, yashirincha xanjarini qinidan sugʻurdi.
Yoʻab Emosaga:
9 — Yaxshimisan, inim? — dedi–yu, goʻyo uni oʻpmoqchi boʻlib, oʻng qoʻli bilan Emosaning soqolidan ushladi. 10 Emosa Yoʻabning narigi qoʻlida xanjar borligini sezmay qoldi. Yoʻab xanjarini Emosaning qorniga tiqdi, Emosaning ichak–chovogʻi yerga toʻkildi. Ikkinchi marta xanjar urishiga hojat qolmadi, Emosaning joni chiqib boʻlgan edi.
Shundan keyin Yoʻab bilan akasi Abushay Shebani quvlashda davom etishdi. 11 Yoʻabning odamlaridan biri Emosaning jasadi tepasida turib:
— Yoʻabga kim sodiq boʻlsa, kim Dovud tarafida boʻlsa, Yoʻabning orqasidan borsin, — dedi. 12 Emosaning jasadi qonga belanib yoʻlning oʻrtasida yotar, har bir odam jasadga yaqinlashganda, uning tepasida toʻxtab qolardi. Yoʻabning gapirgan oʻsha odami bu ahvolni koʻrib, Emosaning jasadini sudrab, yoʻl yoqasidagi dalaga olib borib tashladi, ustiga kiyim tashlab qoʻydi. 13 Jasad yoʻldan olib tashlangandan soʻng, hamma Shebani quvlab, Yoʻabning ortidan ketdi.
14 Shu orada Sheba Isroil qabilalarining hamma yerlarini bosib oʻtib, Ovil–Bayt–Maxo shahriga yetib keldi. Bixri urugʻining hammasi Shebaga ergashib, shaharga kirib olishdi. 15 Soʻng Yoʻab va uning hamma odamlari Ovil–Bayt–Maxoga bordilar, oʻsha shaharni qamal qilib, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydilar va tepaga chiqib devorteshar qurol bilan devorni yiqita boshladilar. 16 Shu payt bir dono ayol shahar ichkarisidan ovoz berdi:
— Eshitinglar! Quloq solinglar! Yoʻabni aytib yuboringlar, bu yoqqa kelsin, u bilan gaplashmoqchiman.
17 Yoʻab ayolga yaqinroq bordi.
— Yoʻab sizmisiz? — soʻradi ayol.
— Ha, menman, — dedi Yoʻab.
— Bu choʻringizning soʻzlarini eshiting! — dedi ayol.
— Qulogʻim senda, — dedi Yoʻab.
18 Ayol gapida davom etdi:
— Qadimdan “Ovil shahrida maslahat qilinglar” degan gap boʻlardi, shunga rioya qilib, hamma har qanday ishlarini hal qilishardi. 19 Biz Isroilning tinchligini istagan sodiq kishilarmiz. Siz esa Isroilda onaday boʻlgan shaharni vayron qilmoqchisiz. Nimaga Egamning merosini yoʻq qilish sizga kerak boʻlib qoldi?
20 — Xudo saqlasin! — dedi Yoʻab, — vayron qilmoqchi yoki butunlay yoʻq qilmoqchi emasman. 21 Hecham unday emas. Efrayim qirlaridan Bixri oʻgʻli Sheba degan odam shoh Dovudga qarshi isyon koʻtargan edi. Faqat oʻshani bersangizlar boʻldi, men shahardan tinchgina ketaman.
— Uning boshini devordan oshirib, sizga tashlashadi, — dedi ayol.
22 Soʻng ayol butun shahar ahliga oʻzining dono gaplarini yetkazdi. Shahar ahli Shebaning boshini kesib, devordan oshirib Yoʻabga tashladi. Yoʻab burgʻusini chaldi. Yoʻabning odamlari shahardan chiqib, uylariga qaytib ketishdi. Yoʻab ham Quddusga — shohning yoniga joʻnadi.
Dovudning aʼyonlari
23 Yoʻab butun Isroil qoʻshinining lashkarboshisi edi. Yohayido oʻgʻli Binayo esa Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilarning sardori edi. 24 Odoniram qarollar ustidan masʼul, Oxilud oʻgʻli Yohushafat mushovir edi. 25 Shavo — kotib, Zodoʻx bilan Abuatar — ruhoniy, 26 Yovirlik Ero ham Dovudning ruhoniysi edilar.