20–BOB
Iso tiriladi
1 Yakshanba kuni erta saharda, kun yorishmasdan, Magdalalik Maryam qabrning oldiga kelib, qabr ogʻzidagi toshning agʻdarilganini koʻrdi. 2 Soʻng u yugurib, Butrus va Isoning sevikli shogirdi oldiga borib dedi:
— Hazratimizning jasadini qabrdan olib ketishibdi. Uni qayerga qoʻyishganini bilmaymiz.
3 Butrus va boshqa shogird qabr tomon joʻnashdi. 4 Ikkovi birga yugurib ketishdi. Ammo u shogird Butrusdan tezroq yugurib, qabrga birinchi boʻlib yetib keldi. 5 U engashib ichkariga qaradi–da, u yerda yotgan kafanni koʻrdi. Lekin qabrga kirmadi. 6 Uning orqasidan Butrus yetib kelib, qabrga kirdi. U yerda yotgan kafanni 7 va Isoning boshiga oʻralgan roʻmolni koʻrdi. Ammo roʻmol kafan bilan birga emas, alohida joyga yigʻishtirib qoʻyilgan edi. 8 Shunda avval kelgan shogird ham qabrga kirdi. Koʻrgandan keyingina ishonch hosil qildi. 9 Chunki ular Muqaddas bitiklardagi, Iso oʻlikdan tirilishi kerak degan soʻzlarni shu paytgacha tushunmagan edilar.
Iso Maryamga zohir boʻladi
10 Shundan soʻng shogirdlar yana oʻz uylariga qaytib ketdilar. 11 Maryam esa qabrning tashqarisida turganicha, yigʻlar edi. Yigʻlayotib, bir egilib qabr ichiga qaradi. 12 Shunda oq kiyim kiygan ikki farishtani koʻrib qoldi. Biri Isoning jasadi yotgan joyning bosh tomonida, ikkinchisi esa oyoq tomonida oʻtirgan edi. 13 Ular Maryamga:
— Ey ayol, nega yigʻlayapsan? — deyishdi.
— Hazratimning jasadini olib ketishibdi, Uni qayerga qoʻyishganini bilmayman, — dedi u. 14 Shunday dedi–yu, orqasiga burilib, u yerda turgan Isoni koʻrdi. Lekin Uning Iso ekanligini bilmadi.
15 — Ey ayol, nega yigʻlayapsan? Kimni qidiryapsan? — deb soʻradi undan Iso. Maryam Uni bogʻbon deb oʻyladi. Unga shunday dedi:
— Taqsir, agar Uni siz olib ketgan boʻlsangiz, qayerga qoʻyganingizni menga ayting, men borib Uni olay.
16 Iso unga:
— Maryam! — dedi.
Maryam Isoga qayrilib qaradi–da, oramiychalab :
— Ravvuniy! — dedi. (Ravvuniy “ustozim” demakdir.)
17 — Meni ushlab turma! — dedi Iso Maryamga. — Men samoviy Otaning oldiga chiqib ketyapman. Sen borib birodarlarimga gaplarimni yetkaz: “Men Otamning oldiga chiqib ketyapman. U sizlarning ham Otangizdir. U Mening Xudoyim va sizlarning Xudoyingizdir.”
18 Shunda Magdalalik Maryam shogirdlarning oldiga borib:
— Men Rabbimiz Isoni koʻrdim! — dedi. Soʻng Isoning unga aytgan gaplarini ularga yetkazdi.
Iso shogirdlariga zohir boʻladi
19 Oʻsha yakshanba kuni oqshomda shogirdlar toʻplangan edilar. Ular yahudiylardan qoʻrqib, uyning eshiklarini qulflab olgan edilar. Shu payt Iso keldi, oʻrtalarida turib shogirdlariga:
— Sizlarga tinchlik boʻlsin! — dedi. 20 Soʻng ularga qoʻllarini va biqinini koʻrsatdi. Shogirdlar Rabbimiz Isoni koʻrib, xursand boʻlib ketdilar.
21 Iso yana ularga dedi:
— Sizlarga tinchlik boʻlsin! Osmondagi Otam Meni dunyoga yuborgani singari, Men ham sizlarni dunyoga yuboryapman.
22 Shunday deb, ularning ustiga pufladi–da:
— Muqaddas Ruhni qabul qilinglar, — dedi. 23 — Sizlar kimning gunohlarini kechirsangizlar, u kechiriladi. Kimning gunohlarini kechirmasangizlar, u kechirimsiz qolaveradi.
Iso bilan Toʻma
24 Iso kelganda oʻn ikki shogirddan biri Toʻma, yaʼni Didimus shogirdlar orasida yoʻq edi. 25 Boshqa shogirdlar unga:
— Biz Rabbimiz Isoni koʻrdik, — deyishdi. Toʻma ularga shunday dedi:
— Uning qoʻllaridagi mix chandiqlarini oʻzim koʻrmagunimcha, mix chandiqlariga barmogʻimni tekkizmagunimcha, biqiniga qoʻlim bilan tegib koʻrmagunimcha ishonmayman.
26 Keyingi yakshanba kuni Isoning shogirdlari yana uyda toʻplangan edilar. Bu safar Toʻma ham ular bilan birga edi. Uyning eshiklari qulf edi. Shunga qaramay Iso kirdi, oʻrtalarida turib:
— Sizlarga tinchlik boʻlsin! — dedi. 27 Keyin Toʻmaga qarab:
— Barmogʻingni bu yoqqa tekkiz! Qoʻllarimni koʻr. Qoʻlingni uzatib, biqinimga tegib koʻr. Ikkilanishni bas qil, ishon! — dedi. 28 Toʻma Isoga:
— Yo Rabbim, Xudoyim! — dedi. 29 Iso unga shunday dedi:
— Sen Meni koʻrganing uchun ishonding. Meni koʻrmay ishonganlar naqadar baxtlidir!
Kitobning mohiyati
30 Isoning bu kitob tarkibiga kiritilmagan yana koʻp moʻjizali alomatlariga shogirdlar guvoh boʻlganlar. 31 Kitobga kiritilgan moʻjizalar esa sizlar uchun yozilgan. Toki sizlar Isoning Masih, Xudoning Oʻgʻli ekanligiga ishonib, bu imoningiz tufayli hayotga ega boʻlinglar.