17–BOB
Isoning qiyofasi oʻzgaradi
1 Oradan olti kun oʻtdi. Iso yoniga faqat Butrus, Yoqub va Yoqubning ukasi Yuhannoni olib, baland bir toqqa chiqdi. 2 U yerda, ularning koʻz oʻngida Isoning qiyofasi oʻzgardi: yuzi quyoshday porlab, kiyimlari koʻzni qamashtiradigan darajada oppoq boʻlib qoldi. 3 Birdaniga ularga Muso bilan Ilyos zohir boʻlishdi. Ular Iso bilan gaplashdilar. 4 Butrus Isoga dedi:
— Hazrat, yaxshi ham shu yerda ekanmiz! Istasangiz, uchta chayla yasayman : bittasi Sizga, bittasi Musoga, bittasi Ilyosga.
5 U shu gapini tugatmagan ham ediki, birdaniga oppoq bulut paydo boʻlib, hammalariga soya soldi. Bulut orasidan shunday ovoz keldi:
— Bu Mening sevikli Oʻgʻlimdir, Undan mamnunman . Unga quloq solinglar!
6 Shogirdlar ovozni eshitganlarida, shunchalik qoʻrqib ketdilarki, yerga yuz tuban yiqildilar. 7 Iso esa kelib, ularga qoʻl tekkizdi–da:
— Turinglar, qoʻrqmanglar! — dedi. 8 Ular boshlarini koʻtarib, yolgʻiz Isodan boshqa hech kimni koʻrmadilar.
9 Togʻdan tushayotganlarida Iso ularga buyurdi:
— Inson Oʻgʻli oʻlib tirilmaguncha, bu koʻrganlaringizni hech kimga aytmanglar.
10 Shogirdlari Undan soʻradilar:
— Nega Tavrot tafsirchilari, Masihdan oldin Ilyos kelishi kerak , deb aytadilar?
11 Iso ularga shunday javob berdi:
— Toʻgʻri, avvalo Ilyos kelib, hamma narsani tiklashi kerak. 12 Biroq Men sizlarga shuni aytaman: Ilyos allaqachon kelgan . Ammo odamlar uni tanimay, uni xohlaganicha xoʻrladilar . Xuddi shunga oʻxshab, Inson Oʻgʻli ham odamlar qoʻlida koʻp azob chekadi.
13 Shunda shogirdlar tushundilarki, Iso ularga Yahyo choʻmdiruvchi toʻgʻrisida gapirayotgan ekan.
Jinga chalingan bolaga Iso shifo beradi
14 Iso shogirdlari bilan olomon oldiga kelganda, bir odam Isoning oldida tiz choʻkib:
15 — Hazrat, — dedi, — oʻgʻlimga rahm qiling! Uning tutqanoq kasali bor, qattiq azob chekmoqda. U koʻpincha olovga yoki suvga yiqilib tushadi. 16 Oʻgʻlimni shogirdlaringiz oldiga olib kelgandim, ammo ular davolay olmadilar.
17 Iso shunday dedi:
— Ey imonsiz va buzuq avlod! Qachongacha sizlar bilan birga boʻlishim kerak?! Sizlarga yana qancha toqat qilishim kerak?! Bolani bu yerga olib kelinglar!
18 Iso jinga doʻq qildi. Jin bolaning ichidan chiqib ketdi, shu zahoti bola sogʻayib qoldi.
19 Shogirdlar Iso bilan yolgʻiz qolganlarida, Undan:
— Nega biz jinni quvib chiqara olmadik? — deb soʻradilar. 20-21 Iso javob berib dedi:
— Yetarli imoningiz yoʻqligi uchun shunday boʻldi. Sizlarga chinini aytayin: agar zigʻirday imoningiz boʻlib, shu toqqa: “Bu yerdan u yerga koʻch”, — deb aytsangiz, togʻ koʻchadi. Sizlar uchun imkonsiz narsa boʻlmaydi .
22 Iso shogirdlari bilan Jalila hududiga qaytib kelgandan keyin, ularga dedi:
— Inson Oʻgʻli odamlar qoʻliga tutib beriladi. 23 Uni oʻldirishadi, uchinchi kuni esa U tiriladi.
Shogirdlar nihoyatda gʻamgin boʻlib qoldilar.
Maʼbad soligʻi
24 Iso bilan shogirdlari Kafarnahumga kelganlarida, Maʼbad soligʻini yigʻuvchilar Butrusning oldiga kelib:
— Ustozingiz Maʼbad soligʻini toʻlamaydimi? — deb soʻradilar.
25 — Toʻlaydi! — deb javob berdi Butrus.
Butrus uyga kelgach, Iso birinchi boʻlib gapirdi:
— Butrus , sening fikring qanday? Bu dunyo shohlari soliq va bojni kimdan yigʻadilar? Oʻzinikilardanmi yoki begonalardanmi?
26 — Begonalardan–da, — deb javob berdi Butrus.
— Demak, oʻzinikilar soliqdan ozod ekan–da, — dedi Iso. 27 — Ammo ularni norozi qilmaylik. Koʻlga borib qarmoq tashla. Birinchi ilingan baliqni olib ogʻzini ochsang, kumush tangani topasan. Tangani olib, ikkovimiz uchun soliq toʻla.