1–BOB
Hayot behudadir
1 Quyidagilar Dovud oʻgʻli, Quddusda hukmronlik qilgan Voizning soʻzlaridir.

2 “Behuda! Behuda!
— deydi Voiz. —
Hammasi behudadir!”

3 Odam bu dunyoda qilgan mehnatidan
Qanday foyda topar?
4 Avlod kelib, avlod ketar,
Bu dunyo esa shundayligicha qolaverar.
5 Quyosh chiqib yana botar,
Chiqqan joyiga qaytishga shoshar.
6 Shamol janubga esar,
Shimol tarafga yelar,
Takror–takror aylanib,
Oʻz yoʻlidan yuraverar.
7 Barcha daryolar dengizga oqar,
Dengiz esa hech toʻlmas,
Shunda ham oʻz makoni sari
Oqaverar daryolar.
8 Hamma narsa charchatar, holdan toydirar,
Ularni tasvirlashga soʻzlar ham yetmas.
Koʻzlarimiz koʻraverar, ammo toʻymas,
Quloqlarimiz eshitaverar, ammo qoniqmas.
9 Oldin nima boʻlgan boʻlsa, yana sodir boʻlgay,
Nima qilingan boʻlsa, yana qaytarilgay,
Bu dunyoda hech qanday yangi narsa yoʻq.

10 Biror narsa bormidiki, biz bu haqda: “Qaranglar, bu yangilik–ku!” — deb ayta olsak?! U oldindan bor edi, biz tavallud topmasdan oldin ham shu yerda edi. 11 Qadimda boʻlganlar esga olinmas, hatto bundan keyin boʻladiganlar ham kelajakda eslanmas.
Voizning tajribasi
12 Men, Voiz, Isroil ustidan Quddusda shohman. 13 Oʻzimni donolik bilan izlanishga, mana shu dunyoda boʻlayotgan hamma ishlarni tushunishga bagʻishladim. Xudo insonga bergan bu ish qanday qaygʻuli–a! 14 Men bu dunyoda boʻlayotgan hamma narsani koʻrdim, qaranglar, hammasi behuda, shamolning orqasidan quvishday ekan.

15 Egri narsani toʻgʻrilab boʻlmas,
Yoʻq narsani sanab boʻlmas.

16 Oʻzimga shunday dedim: “Mana, men buyuk boʻlib, donolikda mendan oldin Quddusda hukmronlik qilganlarning hammasidan oʻzib ketdim. Koʻp donolik orttirdim, ilmu maʼrifatni yaxshilab oʻrgandim.” 17 Donolik va ilm–maʼrifatning foydasi telbalik va ahmoqlikdan ustunligini anglab yetishga oʻzimni bagʻishladim, ammo bu ham shamolning orqasidan quvishday ekanligini tushundim.

18 Qaygʻu ham ortarkan, donolik qancha koʻp boʻlsa,
Dard koʻpayar ekan gar bilim oshsa.