15–BOB
Ahd sandigʻini olib kelishga tayyorgarlik
1 Dovud oʻzi uchun Dovud qalʼasida uylar barpo qildi. Xudoning Sandigʻi uchun ham joy tayyorlab, chodir qurdi. 2 Keyin u shunday amr berdi: “Xudoning Sandigʻini faqat levilar koʻtarib yursin. Zero, Egamiz Oʻz Sandigʻini koʻtarib yurish uchun levilarni tanlagandir. Ularni Oʻziga abadiy xizmat qilish uchun tanlab olgandir.”
3 Dovud oʻzi tayyorlagan joyga Egamizning Sandigʻini olib kelish uchun jamiki Isroil xalqini Quddusda toʻpladi. 4 Soʻngra quyidagi Horun naslini va levilarni yigʻdi:
5 Qohot naslidan — urugʻboshi Uriyol va u bilan birga uning 120 nafar qarindoshi,
6 Marori naslidan — urugʻboshi Osoyoh va u bilan birga 220 nafar qarindoshi,
7 Gershon naslidan — urugʻboshi Yoʻel va u bilan birga 130 nafar qarindoshi,
8 Elizofon naslidan — urugʻboshi Shamayo va u bilan birga 200 nafar qarindoshi,
9 Xevron naslidan — urugʻboshi Eliyol va u bilan birga 80 nafar qarindoshi,
10 Uziyol naslidan — urugʻboshi Ominadav va u bilan birga 112 nafar qarindoshi.
11 Dovud ikkala ruhoniyni — Zodoʻx bilan Abuatarni, levilardan Uriyol, Osoyoh, Yoʻel, Shamayo, Eliyol va Ominadavni chaqirib, 12 ularga dedi: “Sizlar Levi qabilasining urugʻboshilarisiz. Shunday ekan, Isroil xalqining Xudosi — Egamizning Sandigʻini men tayyorlagan joyga olib kela olishingiz uchun oʻzlaringizni va levi birodarlaringizni poklanglar . 13 Oldingi safar Sandiqni levilar olib kelmagani uchun Egamiz Xudo bizdan qattiq gʻazablangan edi . Ha, biz Undan Sandiqni qanday olib kelishimiz kerakligini soʻramagan edik.”
14 Ruhoniylar va levilar Isroil xalqining Xudosi — Egamizning Sandigʻini olib kelish uchun oʻzlarini pokladilar. 15 Ular Egamizning Muso orqali bergan amriga muvofiq , Xudoning Sandigʻini xodalar bilan yelkalariga ortib, koʻtarib ketdilar.
16 Bulardan tashqari, Dovud Levi qabilasining urugʻboshilariga, qarindoshlaringiz orasidan sozandalarni tayinlang, deb buyurgan edi. Ular arfa, lira va zillarni chalib, bu musiqa asboblarining joʻrligida shodiyona qoʻshiqlar aytishlari kerak edi. 17 Levilar Marori urugʻidan quyidagi sozandalarni tayinlagan edilar: Yoʻel oʻgʻli Xaman, Barxiyo oʻgʻli Osif va Qushayo oʻgʻli Etxan. 18 Ularning yordamchilari qilib quyidagilar tayinlangan edi: Zakariyo, Yaziyol , Shamiromoʻt, Yoxiyol, Unno, Eliyob, Binayo, Masiyo, Mattitiyo, Elifaleh, Mixniyo hamda darvozabonlar Obidadom va Yaviyol. 19 Sozandalardan Xaman, Osif va Etxan bronza zillar chalishlari kerak edi. 20 Zakariyo, Aziyol, Shamiromoʻt, Yoxiyol, Unno, Eliyob, Masiyo va Binayo arfalarni chalishlari kerak edi . 21 Mattitiyo, Elifaleh, Mixniyo, Obidadom, Yaviyol va Ozaziyo esa sakkiz torli liralarni chalib, kuy ijrosida yetakchilik qilishlari kerak edi.
22 Levilarning boshligʻi Xonaniyo mohir sozanda boʻlgani uchun uni qoʻshiqchilar rahbari qilib tayinlagan edilar. 23-24 Ahd sandigʻini qoʻriqlash uchun Barxiyo, Elqana, Obidadom va Yoxiyo tayinlangan edilar. Ruhoniylar Shabaniyo, Yoshafat, Natanil, Emosay, Zakariyo, Binayo va Eliazar Xudoning Sandigʻi oldida karnaylar chalib borishlari kerak edi.
Ahd sandigʻi Quddusga keltiriladi
25 Dovud, Isroil oqsoqollari va mingboshilar Egamizning Ahd sandigʻini Obidadomning uyidan olib kelish uchun katta tantana bilan ketdilar. 26 Ahd sandigʻini koʻtarib kelayotgan levilarga Xudoning Oʻzi yordam berdi. Shu sababdan ular yettita buqa va yettita qoʻyni qurbonlik qildilar. 27 Sandiqni koʻtarib kelayotgan barcha levilar, qoʻshiqchilar va qoʻshiqchilar rahbari Xonaniyo singari, Dovud ham mayin zigʻirdan toʻqilgan rido kiyib olgan edi. Dovud ridodan tashqari ruhoniylarning muqaddas libosini ham kiygan edi. 28 Shunday qilib, butun Isroil xalqi sevinchli xitoblar bilan, arfa va lira kuylari hamda burgʻu, karnay, zillar sadolari ostida Egamizning Ahd sandigʻini olib keldi.
29 Ular Egamizning Sandigʻini Dovud qalʼasiga olib kirishayotganda, Shoulning qizi Mixal derazadan qarab turgan edi. U sakrab oʻynayotgan shoh Dovudni koʻrdi–yu, oʻz koʻnglida uni past koʻrdi.