35–BOB
Shabbat kuni toʻgʻrisidagi amr
1 Soʻngra Muso Isroil xalqining butun jamoasini toʻplab, ularga gapirdi:
— Sizlarga Egamizning amri shunday: 2 “Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun esa Egamizga atab ajratilgan Shabbat kunidir. Bu kunda hamma ishlaringizdan tininglar. Kimki Shabbat kuni ishlasa, oʻsha odamning jazosi oʻlimdir. 3 Shabbat kuni bironta maskaningizda ham olov yoqmanglar.”
Muqaddas chodir yasash uchun tayyorgarlik
4 Keyin Muso Isroil xalqining butun jamoasiga aytdi:
— Egamiz sizlarga quyidagilarni amr etdi: 5 “Men, Egangizga chin koʻngildan nazr qilmoqchi boʻlgan odam oʻz nazrini olib kelsin. Xalq Menga quyidagilarni nazr qilsin: oltin, kumush, bronza, 6 shuningdek, koʻk, safsar va qirmizi rangli iplar, mayin zigʻir matosi, echki juni, 7 qizilga boʻyalgan qoʻchqor terisi, yumshoq teri , akas yogʻochi , 8 moychiroqlar uchun zaytun moyi, muqaddas qiladigan moy uchun ziravorlar, xushboʻy tutatqi uchun ziravorlar, 9 efod va koʻkrakpechga taqiladigan aqiq hamda boshqa qimmatbaho toshlar. 10 Oralaringizdan mohir ustalar kelib, Men, Egangiz, amr qilgan Muqaddas chodirni yasashsin. Chodir quyidagi ashyolardan iborat boʻlsin:

11 Chodirning ichki qavati, uning yopinchiqlari, ilgaklari, romlari, tambalari, ustunlari va tagliklari,
12 Sandiq, uning xodalari, qopqogʻi va Sandiqni toʻsib turadigan ichki parda,
13 xontaxta, uning xodalari, hamma buyumlari va unga qoʻyiladigan muqaddas nonlar ,
14 yorugʻ boʻlishi uchun chiroqpoya, uning buyumlari, moychiroqlari va moychiroqlar uchun zaytun moyi,
15 tutatqi qurbongohi va uning xodalari,
muqaddas qiladigan moy va xushboʻy tutatqi,
Muqaddas chodirga kiraverishdagi parda,
16 qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh, uning bronza panjarasi, xodalari va hamma buyumlari,
qoʻlyuvgich va uning tagligi,
17 hovlini toʻsib turadigan pardalar, pardalarni ushlab turadigan ustunlar, ustunlarning tagliklari va hovliga kiraverishdagi parda,
18 Muqaddas chodir bilan hovli uchun qoziqlar va arqonlar,
19 ruhoniy Horun va uning oʻgʻillari Muqaddas xonada xizmat qilganda kiyadigan, ajoyib qilib tikilgan muqaddas liboslar.”
Xalq Muqaddas chodir uchun nazrlar olib keladi
20 Shunday qilib, Isroil xalqining butun jamoasi Musoning yonidan qaytib ketdi. 21 Yuragi zavqqa toʻlgan har bir odam borib, Uchrashuv chodirini va Chodirda doimiy xizmatlarda foydalaniladigan ashyolarni qilish uchun, muqaddas ruhoniylik liboslarini tikish uchun Egamizga nazrlar olib kelishdi. 22 Shunday qilib, yuragi zavq–shavqqa toʻlgan barcha erkagu ayollar turli xil oltin taqinchoqlarni — jigʻa, sirgʻa, uzuk, marjonlarni olib kelishdi. Bularni Egamizga bagʻishlaganlarini koʻrsatish uchun ular oltin taqinchoqlarini yuqoriga koʻtardilar. 23 Kimda koʻk, safsar va qirmizi ip, mayin zigʻir matosi, echki juni, qizilga boʻyalgan qoʻchqor terisi, yumshoq teri boʻlsa, olib keldi. 24 Kim kumush yoki bronzani Egamizga nazr qilishga qodir boʻlsa, uni olib kelib, Egamizga nazr qildi. Kimda akas yogʻochi boʻlsa, Chodirni va uning ashyolarini tayyorlashda foydalangani olib keldi. 25 Ip yigirishga mohir ayollar oʻz qoʻllari bilan yigirgan koʻk, safsar va qirmizi ipni hamda mayin zigʻirdan yigirilgan ipni nazr qilib olib kelishdi. 26 Echki junidan ip yigirishga mohir ayollar yuragi zavqqa toʻlib, echki junidan ip yigirib olib keldilar. 27 Oqsoqollar efod va koʻkrakpechga taqish uchun aqiq va boshqa qimmatbaho toshlar, 28 shuningdek, moychiroqlar, muqaddas qiladigan moy uchun ziravorlar, xushboʻy tutatqi uchun ziravorlar va zaytun moyi olib kelishdi. 29 Yuragi zavq–shavqqa toʻlgan Isroil xalqining erkagu ayollari Muso orqali Egamiz amr etgan hamma ishni bajargani Egamizga koʻngildan chiqarib nazrlar olib kelishdi.
Muqaddas chodirni yasaydigan mohir ustalar
30 Keyin Muso Isroil xalqiga aytdi : “Ana, Egamiz Yahudo qabilasidan Urining oʻgʻli, Xurning nabirasi Bazalilni tanladi. 31 Egamiz uni Oʻz Ruhi bilan toʻldirib, hunarmandchilikning hamma turi boʻyicha mohir va idrokli qildi, qobiliyat ato etdi. 32 U ajoyib badiiy bezaklar qilishga va bularga oltin, kumush va bronza bilan ishlov berishga, 33 qimmatbaho toshlarni oʻyishga, ularga ishlov berib jihozlashga, yogʻoch oʻymakorligiga, badiiy hunarmandchilikka layoqatli qildi. 34 Egamiz Bazalilga va Dan qabilasidan Oxisamaxning oʻgʻli Oxoliyovga oʻz mahoratini boshqalarga oʻrgatish iqtidorini ato qildi. 35 Bu odamlar har qanday ishni bajara olsin deb, Egamiz ularga mahorat ato qildi. Ular har qanday ashyodan har turli buyumlar qilishga qodirdir. Ular ijod qilib, buyumlar yasay oladilar, toʻqishni biladilar, koʻk, safsar, qirmizi iplardan foydalanib, mayin zigʻir matosiga naqsh solishni biladilar. Ular har turli ishlarni bajarishga mohir hunarmanddirlar.