14–BOB
Muqaddas Ruh ato qiladigan inʼomlardan foydalanish
1 Sevgining payida boʻlinglar, shuningdek, Muqaddas Ruh beradigan inʼomlarni olishga, ayniqsa insonlarga Xudoning soʻzini yetkazishga intilinglar. 2 Kim nomaʼlum tilda gapirsa, insonlarga emas, Xudoga gapiradi, chunki uni hech kim tushunmaydi. U Ruhdan ilhomlanib, sirlarni gapiradi. 3 Xudoning soʻzini yetkazadiganlar esa odamlarni imonda mahkam turishga undaydilar, ularga dalda beradilar, yupatadilar. 4 Odam nomaʼlum tilda gapirganda, faqatgina oʻzining imonini mustahkamlaydi. Xudoning soʻzini odamlarga yetkazadigan inson esa butun jamoatning imonini mustahkamlaydi. 5 Hammangiz ham nomaʼlum tillarda gapirishingizni istayman, lekin boshqalarga Xudoning soʻzini yetkazadigan inson boʻlishingizni undan ham koʻproq xohlayman. Chunki Xudoning soʻzini aytish odamlarga koʻproq foyda keltiradi, lekin nomaʼlum tilda gapirganning soʻzlari talqin qilinsa, bu ham jamoatning imonini mustahkamlaydi.
6 Xoʻsh, birodarlarim, men sizlarning oldingizga kelib, nomaʼlum tilda gapirsam–da, lekin aytganlarim sizlarga hech qanday tushuncha, bilim bermasa, Xudoning soʻzini yetkazmasa va yoʻl–yoʻriq koʻrsatmasa, men sizlarga qanday foyda keltirgan boʻlaman? 7 Hatto jonsiz cholgʻu asboblari ham, masalan, nay yoki chang, farqli bir sado chiqarmasa, nay yoki changda qanday musiqa chalinayotganini odam qayerdan biladi? 8 Agar burgʻu noaniq bir sado bersa, kim jangga tayyorgarlik koʻrishni boshlaydi? 9 Shunga oʻxshab, agar sizlarning gapingiz tushunarsiz boʻlsa, tinglovchilaringiz nima gapirganingizni qanday bilib oladilar? Sizlar havoga gapirganday boʻlasizlar.
10 Dunyoda tillar koʻp va xilma–xildir, ulardan birortasi ham maʼnosiz emas. 11 Agar men biror tilni tushunmasam, u tilda gapirayotgan odam uchun men ajnabiyman, u ham men uchun ajnabiydir. 12 Modomiki, sizlar Ruh beradigan inʼomlarga ega boʻlishga intilayotgan ekansizlar, butun jamoatning imonini mustahkamlaydigan inʼomga boy boʻlish payida boʻlinglar. 13 Shuning uchun nomaʼlum tilda gapirgan odam oʻzining aytganlarini talqin qilish qobiliyatini olish uchun ham ibodat qilsin. 14 Agar men nomaʼlum tilda ibodat qilsam, ruhim ibodat qiladi, ongim esa bunda ishtirok etmaydi. 15 Xoʻp, bundan qanday xulosa chiqaraman? Ruhim bilan ibodat qilaman, ongim bilan ham ibodat qilaman. Ruhim bilan hamdu sano aytaman, ongim bilan ham hamdu sano aytaman. 16 Aks holda, agar sen ruhing bilan nomaʼlum tilda hamdu sano aytsang, atrofdagilar qanday qilib sening shukrona ibodatingga qoʻshilib “omin” deb ayta oladi? Ular sening aytayotganlaringni tushunmaydi–ku! 17 Shu tarzda shukrona aytganing yaxshi, lekin bu atrofdagilarning imonini mustahkamlamaydi–ku! 18 Xudoga shukurki, nomaʼlum tillarda men hammangizdan ham koʻproq gapiraman. 19 Imonlilar jamoatida esa nomaʼlum tilda minglab soʻzlarni gapirgandan koʻra, boshqalarga nasihat qilish uchun tushunarli beshtagina soʻz aytishni afzal bilaman.
20 Ey birodarlarim, yosh bolalarday fikr qilmanglar. Aksincha, yomonlikka kelganda chaqaloqdek boʻlib, aql–idrokka kelganda esa yetuk insonlar boʻlinglar. 21 Muqaddas bitiklarda quyidagiday yozilgan:

“Egamiz shunday demoqda:
«Men bu xalqqa oʻzga tillarda,
Begona xalqlarning ogʻzi orqali gapiraman,
Ammo shunda ham ular Menga quloq solmaydilar.»”

22 Demak, nomaʼlum tillar imonlilar uchun emas, balki imonsizlar uchun alomatdir. Xudoning soʻzini yetkazish inʼomi esa imonsizlar uchun emas, imonlilar uchun alomatdir. 23 Agar imonlilar jamoati bir joyda yigʻilib, hammasi nomaʼlum tillarda gapirayotgan boʻlishsa, u yerda bundan bexabar boʻlganlar, yaʼni imonsizlar boʻlsa, ular: “Bular jinni boʻlib qolibdi”, deb aytmaydimi?! 24 Ammo hamma Xudoning soʻzini tushunarli ravishda boshqalarga yetkazib berayotgan boʻlsa, u yerdagi imonsiz odam ularning aytganlarini eshitadi. Shundan keyin yuragini tekshirib koʻradi–da, gunohkor ekanligiga amin boʻladi. 25 Uning yuragidagi sirlari fosh boʻladi. Shunda u muk tushib: “Chindan ham Xudo sizlar bilan ekan”, deydi–da, Xudoga sajda qiladi.
Jamoat yigʻilishlaridagi tartib–qoida
26 Endi, birodarlar, bundan qanday xulosa chiqaramiz? Birga yigʻilganingizda, baʼzilar sano aytadi, baʼzilar taʼlim beradi, baʼzilar Xudoning soʻzini boshqalarga yetkazadi, baʼzilar nomaʼlum tillarda gapiradi, yana baʼzilar esa ularning aytganlarini talqin qiladi. Bularning hammasini imonlilar jamoatining imonini mustahkamlash niyatida qilsinlar. 27 Agar baʼzilar nomaʼlum tillarda gapirmoqchi boʻlsa, ikki kishi, eng koʻpi bilan uch kishi navbat bilan gapirsin, ularning aytganlari talqin qilinsin. 28 Agar taʼbir qiluvchi boʻlmasa, nomaʼlum tilda gapirayotgan odam jamoatda sukut saqlab, oʻziga va Xudoga gapirsin.
29 Shuningdek, ikki yoki uchta odam boshqalarga Xudoning soʻzini yetkazsin, qolganlar esa aytilganlarga baho bersinlar. 30 Oʻtirganlardan biriga Xudoning soʻzi kelsa, oʻsha paytda gapirayotgan odam jim boʻlsin. 31 Shunda hamma birin–ketin Xudoning soʻzini boshqalarga yetkaza oladi, toki hamma taʼlim va dalda olsin. 32 Xudoning xabarini yetkazayotganda inson oʻz ruhini boshqara oladi. 33 Axir, Xudo tartibsizlik Xudosi emas, balki tinchlik Xudosidir. Barcha jamoatlarda, Xudoning aziz xalqi orasida bu namoyon boʻlib turibdi.
34 Jamoatda ayollar sukut saqlasin. Axir, ularga gapirish uchun ijozat berilmagan, Muqaddas bitiklarda yozilganiday, ular itoatkor boʻlishlari kerak. 35 Agar ular biror narsani bilmoqchi boʻlsalar, uyda oʻz erlaridan soʻrasinlar. Imonlilar jamoatida ayol kishining gapirishi adabsizlikdir.
36 Ey Korinflik birodarlar, Xudoning soʻzi sizdan kelib chiqqanmi?! Nahotki u faqatgina sizlarga yetib borgan boʻlsa?! 37 Agar biror kishi: “Menda Xudoning soʻzini yetkazish inʼomi bor” yoki “Ruhdan maxsus bir inʼom olganman”, deb oʻylasa, mening yozganlarim Rabbimiz Isoning amri ekanligini eʼtirof etsin. 38 Ammo ular buni tan olmasalar, ularga eʼtibor bermanglar.
39 Shunday ekan, birodarlarim, boshqalarga Xudoning soʻzini yetkazishga intilinglar, boshqalarning nomaʼlum tillarda gapirishiga toʻsqinlik qilmanglar. 40 Faqat hammasi odob va tartib bilan qilinsin.