2–BOB
Naximiyo Quddusga boradi
1 Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yili , Nison oyi edi. Bir kuni shohga sharob keltirildi. Men sharobni olib kirib, unga uzatdim. Shoh qarshisida men hech qachon gʻamgin ahvolda boʻlmagandim. 2 Shuning uchun shoh mendan soʻradi:
— Nega gʻamgin koʻrinasan? Kasalga oʻxshamaysan–ku! Yuragingda biror darding boʻlsa kerak–a?
Men qattiq qoʻrqib ketdim, 3 shunga qaramay shohga dedim:
— Shoh hazratlarining umrlari uzoq boʻlsin. Ota–bobolarimning qabrlari joylashgan shahar tashlandiq boʻlib, oʻsha shaharning darvozalari yondirib yuborilsa–yu, nega gʻamgin boʻlmayin?! 4 — Shoh mendan:
— Tilaging nima? — deb soʻradi. Shunda men Samoviy Xudoga ibodat qilib, 5 shohga shunday javob berdim:
— Agar shoh hazratlari maʼqul topsalar, bu qulingiz shoh hazratlaridan marhamat topgan boʻlsa, meni Yahudo yurtiga — ota–bobolarimning qabrlari joylashgan shaharga yuborsalar, deb iltimos qilmoqchi edim, toki men u shaharni qaytadan qurayin.
6 Malika ham shohning yonida oʻtirgan edi. Shoh mendan:
— Qancha vaqt yoʻl yurasan? Qachon qaytib kelasan? — deb soʻradi. Men unga qachon qaytib kelishimni aytdim. Shoh menga marhamat qilib, ijozat berdi. 7 Soʻngra men shohga yana dedim:
— Agar shoh hazratlari maʼqul deb topsalar, Furot daryosining gʻarbidagi viloyat hokimlariga maktublar yozib berilsa, toki Yahudoga kirib borishim uchun ular menga ijozat berishsin. 8 Yana shoh hazratlari oʻrmon qorovuli Osifga ham maktub yozib, unga koʻrsatmalar bersalar, u menga daraxtlar kesib bersin. Maʼbad yonidagi qalʼa darvozalari uchun, shahar devori va oʻzim yashaydigan uy uchun kerak boʻladigan yogʻoch bilan u meni taʼminlasin.
Men nima soʻragan boʻlsam, shoh hammasiga ijozat berdi, chunki Xudoyimning marhamati menga yor edi.
9 Shoh bir necha lashkarboshisini va otliq sipohlarini menga hamroh qilib joʻnatdi. Men Furot daryosining gʻarbidagi viloyat hokimlari huzuriga borib, ularga shohning maktublarini berdim. 10 Bayt–Xoʻronlik Sanballat va Ommonlik malay Toʻviyo: “Isroil xalqining manfaati uchun jon kuydiradigan bittasi kelibdi” degan gapni eshitib, gʻoyat gʻazablandilar.
Naximiyo Quddus devorini koʻzdan kechiradi
11 Shunday qilib, men Quddusga yetib keldim. Oradan uch kun oʻtgach, 12 tunda oʻrnimdan turdim, yonimga bir nechta sheriklarimni olib, tashqariga chiqdim. Lekin Quddus haqidagi Xudo koʻnglimga solgan rejamni hech kimga aytmadim. Men mingan eshakdan boʻlak boshqa birorta hayvonni oʻzimiz bilan olmadik. 13 Men tunda Soylik darvozasi orqali shahardan chiqib, Ajdar bulogʻiga , u yerdan Goʻng darvozasiga bordim. Vayron boʻlib yotgan Quddus devorini, yonib ketgan darvozalarini koʻzdan kechirdim. 14 Soʻngra Buloq darvozasiga va Shoh hovuziga bordim. Lekin minib borayotgan eshagim vayronalar orasidan yoʻl topa olmadi. 15 Shu sababdan men Qidron soyligiga tushdim. Soylik boʻylab chiqib borib, oʻsha yerdan devorni koʻzdan kechirishda davom etdim. Soʻng ortimga qaytib, Soylik darvozasi orqali shaharga kirdim.
16 Qayerga borganimni, nima qilayotganimni shahar amaldorlari bilmasdilar. Men yahudiylarga, ruhoniylarga, yoʻlboshchilarga, amaldorlarga va ishda qatnashadigan boshqa odamlarga hali hech gap aytmagandim. 17 Nihoyat, endi ularga shunday dedim: “Qanchalar kulfatda qolganimizni oʻzlaringiz koʻrib turibsizlar! Quddus vayron boʻlib yotibdi, shaharning darvozalari yonib ketgan. Kelinglar, shahar devorini qaytadan quraylik, sharmandali ahvolimizdan qutulaylik.” 18 Xudoyimning marhamati menga yor boʻlganini va shohning menga aytgan gaplarini ularga aytib berdim. Ular: “Qurilishni boshlaylik”, deyishdi. Shunday qilib, ular ishni boshlashga tayyor boʻldilar.
19 Bayt–Xoʻronlik Sanballat, Ommonlik malay Toʻviyo va Arabistonlik Gashim buni eshitib, bizning ustimizdan kuldilar, nafrat bilan shunday dedilar:
— Bu qilayotganlaringiz nimasi?! Sizlar shohga qarshi isyon koʻtaryapsizlarmi?!
20 Men ularga shunday javob berdim:
— Samoviy Xudo ishimizning barorini beradi. Biz, Uning qullari, devorni qayta qurishni boshlaymiz. Ammo sizlar bizga gaplaringizni oʻtkaza olmaysizlar, qoʻlingizdan hech narsa kelmaydi. Sizlar bizning diniy marosimlarimizda ham qatnasha olmaysiz.