10–BOB
Isroil xalqi janubdagi shohlarni magʻlub qiladi
1 Quddus shohi Odonisidiq eshitdiki, Yoshua Ay shahrini qoʻlga kiritibdi, uni butunlay vayron qilibdi, Yerixo va uning shohini nimalar qilgan boʻlsa, Ay shahrini va uning shohini ham shunday qilibdi. Givonliklar ham Isroil xalqi bilan sulh tuzganini, endi ular bilan tinch–totuv yashayotganlarini Odonisidiq eshitib, 2 juda qoʻrqib ketdi. Axir, Givon shahri ulkan shahar boʻlib, oʻz shohiga ega boʻlgan shaharlarday katta, Ay shahridan ham kattaroq edi–da. Givon aholisining barcha erkaklari ham juda mohir jangchi edilar. 3 Xevron shohi Xoʻxam, Yarmut shohi Pirom, Laxish shohi Yofiya va Eglon shohi Dabir Quddus shohi Odonisidiqdan shunday xabar olishdi: 4 “Kelib, menga yordam bering. Birga Givonga hujum qilaylik, chunki ular Yoshua va butun Isroil xalqi bilan sulh tuzibdi.” 5 Shunda Quddus shohi, Xevron shohi, Yarmut shohi, Laxish shohi va Eglon shohi — Amor xalqlarining beshala shohlari kuchlarini yigʻdilar. Barcha qoʻshinlari bilan Givonni oʻrab olib, hujum qildilar.
6 Givonliklar Yoshuaga — Gilgaldagi qarorgohga shunday xabar yubordilar: “Qirlardagi hamma Amor shohlari oʻz qoʻshinlari bilan bizlarga qarshi chiqishdi. Qullaringizni tark etmang! Tez kelib bizlarni qutqaring, bizga yordam bering.” 7 Yoshua butun lashkari bilan Gilgaldan chiqdi. Ularning orasida eng zoʻr jangchilar ham bor edi. 8 Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Ulardan qoʻrqma, ularni sening qoʻlingga berganman, ularning birortasi ham senga bas kela olmaydi.” 9 Yoshua oʻz lashkari bilan Gilgaldan chiqqandan keyin tuni bilan yoʻl bosib, Amor qoʻshinlarining ustiga toʻsatdan bostirib bordi. 10 Butun Isroil lashkari oldida Egamiz Amor qoʻshinlarini vahimaga soldi. Isroil lashkari Givonda ularning koʻplarini qilichdan oʻtkazdi. Bayt–Xoʻronga chiqadigan yoʻl bilan quvib, to Ozikah va Makkedoga yetib borguncha yoʻlda Amor qoʻshinlarini yoʻq qildi.
11 Ular Isroil lashkaridan qochib, Bayt–Xoʻrondan pastga tushayotganlarida, to Ozikahga yetgunlaricha Egamiz osmondan ularning ustiga yirik–yirik doʻl yogʻdirgan edi. Ularning koʻplari doʻl ostida halok boʻldi. Isroil lashkarining qilichidan halok boʻlganlardan koʻra, doʻl urib oʻlganlar koʻproq edi.
12 Egamiz Amor xalqlarini Isroil lashkarining qoʻliga bergan kuni Yoshua Egamizga gapirib, butun Isroil xalqi oldida shunday dedi:
“Ey quyosh, tek turgin Givon shahrida,
Ey oy, sen esa Oyjavlon vodiysida .”
13 Xalq oʻz dushmanlaridan qasos olmaguncha, quyosh ham, oy ham qimirlamay, osmonda toʻxtab turaverdi. “Yoshur” kitobida shu haqida yozilgan. Quyosh osmonning oʻrtasida toʻxtab, kun boʻyi botmay turdi. 14 Oʻsha kuni Isroil xalqi uchun Egamizning Oʻzi jang qildi. Undan oldin ham, keyin ham Egamiz insonning iltijosiga javob bergan bunday kun boʻlmagan.
15 Shundan keyin Yoshua va butun lashkar Gilgaldagi qarorgohga qaytib ketishdi.
Yoshua janubdagi beshta shohni oʻldiradi
16 Beshala shoh qochib, Makkedodagi gʻorga yashirinib olishgan edi. 17 Yoshuaga: “Beshta shoh topildi, ular Makkedodagi gʻorning ichiga yashirinib olishgan ekan”, deb aytishdi. 18 Yoshua shunday dedi: “Katta toshlar olib, gʻorning ogʻzini yopinglar. Shohlar chiqib ketmasligi uchun u yerga qoʻriqchilar tayinlanglar, 19 lekin hammangiz ham oʻsha yerda qolib ketmang. Dushman lashkarlarini quvib, ularga orqadan hujum qiling. Ular oʻz shaharlariga kirishlariga yoʻl qoʻymang, chunki Egangiz Xudo dushmanlarni sizning qoʻlingizga bergan.” 20 Yoshua va butun Isroil lashkari dushmanlarning deyarli hammasini qilichdan oʻtkazdi. Faqat bir–ikkitasigina oʻz mustahkam shaharlariga qochib borib, tirik qoldi. 21 Butun Isroil lashkari Makkedodagi qarorgohga sogʻ–salomat qaytib bordi. Shundan keyin oʻsha yerdagilardan hech kim Isroil xalqiga qarshi gapirishga jurʼat eta olmadi.
22 Yoshua: “Gʻorning ogʻzini ochib, beshta shohni mening oldimga olib kelinglar”, deb buyurdi. 23 Uning aytganini qilib, beshta shohni — Quddus, Xevron, Yarmut, Laxish va Eglon shaharlarining shohlarini gʻordan olib chiqib, uning oldiga olib kelishdi. 24 Yoshua butun Isroil jangchilarini yigʻib, oʻsha beshta shohni yerga yotqizdi. Jangchilarning boshliqlariga esa shunday dedi: “Yaqinroq kelib, oyoqlaringizni shohlarning boʻyinlariga qoʻyinglar.” Ular kelib, oyoqlarini shohlarning boʻyinlariga qoʻydilar. 25 Yoshua gapida davom etdi: “Endi qoʻrqmang, vahimaga tushmang, faqatgina dadil va botir boʻlinglar. Egamiz sizga qarshi chiqadigan hamma dushmanlarni shu koʻyga soladi.” 26 Shundan keyin Yoshua shohlarni oʻldirib, ularning jasadlarini tik oʻrnatilgan beshta xodaning uchiga qoqtirdi. Jasadlar kechgacha xodalarda osilib turdi. 27 Quyosh botganda, Yoshuaning buyrugʻiga koʻra, shohlarning jasadlarini xodalardan tushirib, ilgari oʻsha shohlar yashiringan gʻorning ichiga tashladilar. Gʻorning ogʻzini esa katta–katta toshlar bilan yopib qoʻydilar. Oʻsha toshlar bugungacha oʻsha yerdadir.
Yoshua janubdagi shaharlarni vayron qiladi
28 Yoshua oʻsha kuni Makkedo shahrini bosib oldi, uning aholisini shohi bilan birga qilichdan oʻtkazdi. Shahardagi har bir kishini yoʻq qildi, u yerda birorta ham tirik jon qolmadi. Yerixoning shohini nima qilgan boʻlsa, Makkedoning shohini ham shunday qildi.
29 Keyin Yoshua butun Isroil lashkari bilan Makkedodan Libna shahriga borib, Libnaga hujum qildi. 30 Egamiz Libna va uning shohini ham Isroil lashkarining qoʻliga berdi. Ular butun shahar aholisini qilichdan oʻtkazib, birorta ham tirik jon qoldirmadilar. Yerixo shohini nima qilishgan boʻlsa, Libna shohini ham shunday qilishdi.
31 Yoshua va barcha Isroil jangchilari Libnadan Laxish shahriga bordilar. Shaharni qurshovga olib, hujum qilishdi. 32 Egamiz Laxishni Isroil lashkarining qoʻliga berdi. Ular ikkinchi kuni shaharni bosib olishdi. Xuddi Libnadagiday bu shaharning ham butun aholisini qilichdan oʻtkazishdi.
33 Gezer shahrining shohi Xoʻrom Laxish shahriga yordamga kelgan edi, Yoshua Xoʻromni va uning butun qoʻshinini birorta ham tirik jon qoldirmay yoʻq qildi.
34 Isroil lashkari Yoshua bilan Laxishdan chiqib Eglon shahriga bordi. Uni ham qurshovga olib, hujum qildi. 35 Xuddi Laxishdagiday Eglonni ham bir kun ichida bosib olib, uning barcha aholisini yoʻq qildi.
36 Bundan keyin Yoshua bilan Isroil lashkari Eglondan Xevron shahriga borishdi. Oʻsha shaharga hujum qilishdi. 37 Xevronni qoʻlga olib, uning shohini, butun aholisini, hatto atrofidagi qishloqlarning aholisini ham butunlay yoʻq qildilar. Xuddi Eglondagiday bitta ham tirik jon qoldirishmadi.
38 Keyin Yoshua butun Isroil lashkari bilan Davir shahriga borib, unga hujum qildi. 39 Shaharni qoʻlga kiritib, uning shohi, butun aholisi va hatto atrofidagi qishloqlarning aholisini ham butunlay yoʻq qildi. Xevron, Libna shaharlari va ularning shohlariga nima qilgan boʻlsa, Davir va uning shohini ham xuddi shunday qilib, shaharda birorta ham tirik jonzot qoldirmadi.
40 Yoshua butun yurtni — qirlarniyu Nagav choʻlini , gʻarbdagi qir etaklarini, sharqdagi qir yon bagʻirlarini bosib oldi va u yerlarning shohlarini magʻlub qildi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz buyurganday, Yoshua hech kimni tirik qoldirmadi, hammani qirib tashladi. 41 Yoshua Kadesh–Barnadan Gʻazogacha boʻlgan shaharlarni, butun Goʻshen yerlarini , shimoldagi Givongacha boʻlgan yerlarni bosib oldi. 42 Yoshua bu shohlar va ularning yerlarini bir yurishdayoq bosib oldi, chunki Isroil xalqining Xudosi — Egamiz Oʻz xalqi uchun jang qildi. 43 Keyin Yoshua Isroil lashkari bilan birga Gilgaldagi qarorgohga qaytib bordi.