37–BOB
Shoh Zidqiyo Yeremiyodan maslahat soʻraydi
1 Bobil shohi Navuxadnazar Yoʻshiyo oʻgʻli Zidqiyoni Yohayiqim oʻgʻli Yohayixinning oʻrniga Yahudo shohi qilib tayinladi. 2 Ammo na shoh, na aʼyonlari, na yurtdagi xalq Egamizning Yeremiyo orqali aytgan soʻzlariga quloq solar edilar.
3 Shoh Zidqiyo Shalamiyo oʻgʻli Yohuxal bilan Masiyo oʻgʻli ruhoniy Zafaniyoni Yeremiyo paygʻambarning oldiga yuborar ekan, shu gaplarni ayttirib yubordi: “Iltimos, biz uchun Egamiz Xudoga iltijo qil.” 4 Yeremiyo shu vaqtgacha qamoqqa olinmaganligi uchun xalq orasida bemalol yurar edi. 5 Shu orada firʼavn lashkari Misrdan chiqdi . Quddusni qamal qilib turgan Bobilliklar bu xabarni eshitishgach, Quddusdan chekindilar.
6 Shunda Egamiz soʻzini Yeremiyoga ayon qildi. 7 Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Xudoning soʻzini bilmoqchi boʻlib, ikkovingizni oldimga yuborgan Yahudo shohiga shunday deb ayting: sizlarga yordam bermoqchi boʻlib kelayotgan firʼavn lashkari oʻz yurti — Misrga qaytib ketadi. 8 Bobilliklar esa Quddusga qaytib kelib, shaharga qarshi jang qiladilar. Ular shaharni qoʻlga olib, yondirib yuboradilar.”
9 Egamiz yana shunday demoqda: “Bobilliklar endi qaytib kelishmaydi, deb oʻzlaringizni aldamanglar, chunki ular albatta qaytib kelishadi. 10 Bordi–yu, sizlar Bobilliklarning butun lashkarini magʻlub qilganingizda ham, ularning chodirlarida qolgan yaradorlar kelib, shahringizga oʻt qoʻygan boʻlardi.”
Yeremiyo zindonga tashlanadi
11 Firʼavn lashkari yaqinlashib kelayotgani uchun Bobilliklar Quddusdan chekindilar. 12 Shunda Yeremiyo Benyamin hududidagi xalq orasida oʻziga tegishli yer ulushini koʻrish uchun Quddus shahridan ketmoqchi boʻldi. 13 U Quddusning Benyamin darvozasiga yetib kelgach, soqchilar boshligʻi Yiriyo:
— Sen Bobilliklarning oldiga qochib ketmoqchisan, — deb uni qamoqqa oldi. Yiriyo Shalamiyoning oʻgʻli, Xanoniyoning nevarasi edi.
14 — Yolgʻon! — dedi Yeremiyo, — men Bobilliklarning oldiga qochmoqchi emasman.
Ammo Yiriyo Yeremiyoning gapiga quloq solishni istamadi, uni hibsga olib, aʼyonlarning oldiga olib bordi. 15 Aʼyonlar Yeremiyodan gʻazablanib, uni kaltaklashdi. Soʻng kotib Yoʻnatanning zindonga aylantirilgan uyiga qamab qoʻyishdi. 16 Shunday qilib, Yeremiyo uzoq vaqt zindon hujralaridan birida yotdi.
17 Oradan vaqt oʻtdi. Shoh Zidqiyo Yeremiyoni saroyiga chaqirtirib:
— Egamizdan biron xabar bormi? — deb yashirincha soʻradi.
— Ha, bor, — dedi Yeremiyo. — Siz Bobil shohining qoʻliga tushasiz. 18 Nega ular meni zindonga tashlashdi? Men aʼyonlaringizga va bu xalqqa qarshi nima gunoh qilibman?! — dedi yana u. 19 — “Bobil shohi sizga hujum qilmaydi, yurtimizga u tajovuz qilmaydi”, deb bashorat qilgan paygʻambarlaringiz qani?! 20 Yolvoraman, olampanohim, iltijoimni rad etmang, meni kotib Yoʻnatanning uyiga qaytarib yubormang. U yerda adoyi tamom boʻlaman.
21 Shoh Zidqiyo, Yeremiyoni soqchilar hovlisiga qamab qoʻyinglar, shaharda non qolmaguncha, har kuni unga novvoy rastasidan bittadan non olib beringlar, deb buyurdi. Shunday qilib, Yeremiyo soqchilar hovlisida qoldi.