3–BOB
Qonunga amal qilish va Masihga ishonish haqida
1 Ey befahm Galatiyaliklar! Kim sizlarni sehrlab qoʻydi? Axir, Iso Masihning xochga mixlangani koʻz oʻngingizda aniq tasvir etilmaganmidi?! 2 Sizlardan faqatgina bir narsani soʻrab bilmoqchiman! Xoʻsh, sizlar Ruhni qanday qilib oldingizlar: qonunga amal qilish orqalimi yoki eshitganlaringizga ishonish orqalimi? 3 Sizlar shunchalik befahmmisizlar? Ruh qudrati bilan yangi hayot boshlagan ekansiz, endi uni oʻz insoniy kuchingiz bilan kamolga yetkazmoqchimisiz? 4 Tatib koʻrganlaringizning hammasi behuda ketdimi? Nahotki rostdan ham behuda ketgan boʻlsa?! 5 Xudo sizlarga Oʻz Ruhini ato etib, orangizda moʻjizalar yaratmoqda. Nima deb oʻylaysiz: U buni qonunga amal qilganingiz uchun qilyaptimi yoki eshitganlaringizga ishonganingiz uchunmi?!
6 Muqaddas bitiklarda Ibrohim haqida shunday yozilgan: “U Xudoga ishondi, mana shu ishonchi uchun Xudo uni solih deb bildi.” 7 Shundan bilinglarki, kim imonli boʻlsa, oʻsha inson Ibrohimning avlodi deb hisoblanadi. 8 Xudo dastavval Ibrohimga: “Barcha xalqlar sen orqali baraka topadilar” , deb Xushxabar keltirgan. Muqaddas bitiklardagi bu soʻzlar shuni koʻrsatadiki, Xudo gʻayriyahudiylarni imon orqali oqlaydi. 9 Shuning uchun kim imonli boʻlsa, Xudoga ishongan Ibrohim qatori Xudoning barakasidan bahramand boʻladi.
10 Qonunga amal qilish orqali Xudoni mamnun qilmoqchi boʻlganlarning hammasi laʼnat ostidadir. Axir, Muqaddas bitiklarda: “Qonun kitobidagi amrlarning hammasini toʻliq bajarmaganlar laʼnat ostidadir!” deb yozilgan–ku! 11 Shunday ekan, koʻrinib turibdiki, qonunga amal qilish bilan hech kim oʻzini Xudo oldida oqlay olmaydi, zotan, solih inson imon tufayli hayotga ega boʻladi . 12 Qonunni bajarish imonga asoslanmagan, qonunda faqatgina amrlarning hammasini bajarganlarga hayot vaʼda qilingan .
13 Masih esa bizni qonun laʼnatidan xalos qildi. U xochga mixlanganda bizning oʻrnimizga laʼnatlandi. Axir, Muqaddas bitiklarda: “Yogʻochga qoqilgan har bir kishi laʼnatidir” , deb yozilgan–ku! 14 Shu yoʻsin gʻayriyahudiylar ham Iso Masih orqali Xudoning Ibrohimga vaʼda qilgan barakalaridan bahramand boʻladilar, biz ham imon orqali Xudo vaʼda qilgan Ruhni olamiz.
Xudoning vaʼdasi va qonunning gʻoyasi
15 Birodarlar! Hayotdan bir misol keltiray: odamning vasiyati tasdiqlangandan keyin uni hech kim bekor qilolmaydi va unga hech narsa qoʻsholmaydi. 16 Endi esa Xudoning Ibrohimga va uning zurriyotiga bergan vaʼdalariga qaraylik. Muqaddas bitiklarda Ibrohimga: “Sening zurriyotlaringga ”, deb aytilmagan, aksincha, “Sening zurriyotingga” , deb aytilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, vaʼdada koʻpchilik emas, balki bir Kishi, yaʼni Masih nazarda tutilgan. 17 Shuni aytmoqchimanki, Xudo Ibrohim bilan ahd tuzgandan soʻng 430 yil oʻtgach, qonun berildi. Ammo tasdiqlangan ahdni qonun kuchdan qoldirmadi, demak, Xudoning vaʼdasini bekor qilmadi. 18 Agar Xudoning inʼomi insonlarning qonunga amal qilishiga koʻra, beriladigan boʻlsa, demak, vaʼdaga koʻra, berilmaydi. Ibrohimga esa Xudo Oʻz inʼomini vaʼda boʻyicha berdi.
19 Unday holda qonun nima uchun berilgan? Qonun gunohkorligimizni koʻrsatish uchun berilgan. Ibrohimning vaʼda qilingan Zurriyoti kelmaguncha, bu qonun joriy boʻlishi kerak edi. Qonun farishtalar tomonidan , bir vositachi orqali xalqqa berildi. 20 Vaholanki, odam bir oʻzi ish qilganda, vositachi kerak boʻlmaydi. Tanho boʻlgan Xudo esa vaʼda berganda hech bir vositachisiz beradi.
21 Xoʻsh, qonun Xudoning vaʼdalariga zidmi? Aslo! Agar abadiy hayot ato qilishga qodir bir qonun berilgan boʻlsa edi, unda shubhasiz qonunga amal qilish bilan oqlansa boʻlar edi. 22 Ammo Muqaddas bitiklarga koʻra, butun borliq gunohning tutqunidir . Shuning uchun vaʼda faqat Iso Masihga ishonish orqali roʻyobga chiqadi va imonlilarga nasib boʻladi.
23 Imon yoʻli ayon boʻlishidan avval, biz qonun nazorati ostidagi tutqunlar edik. Oʻsha imon ayon boʻlishini kutayotgan edik. 24 Boshqacha aytganda, qonun Masihga boshlovchi murabbiyimiz edi. Endi esa biz Masihga boʻlgan imon orqali oqlanamiz. 25 Imon yoʻli ayon boʻlgan ekan, biz endi murabbiyning tarbiyasida emasmiz.
Masihga ishonganlar Xudoning farzandlaridir
26 Endi sizlar Iso Masihga boʻlgan imoningiz orqali Xudoning farzandisizlar. 27 Sizlar suvda choʻmdirilib, Masih bilan birlashdingiz. Har biringiz Masihga burkanib oldingiz. 28 Endi na yahudiy, na yunon bor, na qul, na ozod bor, na erkak, na ayol bor. Sizlar Iso Masihga tegishli boʻlganingiz uchun hammangiz birsizlar. 29 Sizlar Masihniki ekansizlar, demak Ibrohimning ham zurriyotisizlar, berilgan vaʼdaning barakalaridan bahramand boʻlasizlar.