30–BOB
Shoh Hizqiyo Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayramini nishonlaydi
1-4 Isroil xalqi Fisih ziyofatini oʻz vaqtida — birinchi oyda nishonlay olmagan edi, chunki koʻp ruhoniylar oʻzlarini hanuz poklamagan va odamlarning aksariyat qismi Quddusga yigʻilmagan edi. Shuning uchun shoh Hizqiyo, uning aʼyonlari va Quddusdagi jamoa Fisih ziyofatini ikkinchi oyda nishonlashga qaror qildilar. Shoh Hizqiyo butun Isroil va Yahudo xalqiga, shuningdek, Efrayim va Manashe qabilalariga bu haqda xabar joʻnatib, ularni Isroil xalqining Xudosiga — Egamizga atalgan Fisih ziyofatini nishonlash uchun Egamizning Quddusdagi uyiga taklif qildi.
5 Janubdagi Bershebadan tortib, to shimoldagi Dan shahrigacha boʻlgan Isroil hududlarida istiqomat qilgan hamma odamlar Fisih ziyofatini nishonlash uchun Quddusga taklif qilindi. Negaki bu ziyofat ancha vaqtdan beri, qonunda koʻrsatilganday, butun xalq tomonidan nishonlanmagan edi. 6 Choparlar shoh va uning aʼyonlari nomidan yozilgan maktubni butun Isroil va Yahudo xalqlariga yetkazdilar. Maktubda quyidagilar bitilgan edi:
“Ey Ossuriya bosqinchilaridan omon qolgan Isroil xalqi! Ibrohimning, Isʼhoqning va Yoqubning Xudosi — Egamizga qaytinglar, shunda U ham sizga qaytadi. 7 Egasi Xudoga xiyonat qilgan ota–bobolaringizga va Isroillik qarindoshlaringizga oʻxshamanglar. Oʻzingiz koʻrib turganingizday Xudo ularni qattiq jazoladi. 8 Ota–bobolaringiz singari qaysar boʻlmanglar, Egamizga boʻysuninglar, Uning Maʼbadiga kelinglar. Egamiz Maʼbadni abadiy muqaddas qilgan. Egangiz Xudoga sajda qilinglar, ana shunda U gʻazabidan tushadi. 9 Agar Egamizga qaytsangiz, qarindoshu bola–chaqalaringizni asir qilgan bosqinchilar ularga rahm qiladilar, uylariga qaytib kelishlariga yoʻl qoʻyadilar. Zotan, Egangiz Xudo inoyatli va rahmdildir. Unga qaytsangiz, U sizdan yuzini oʻgirmaydi.”
10 Shunday qilib, choparlar to shimoldagi Zabulun hududigacha boʻlgan Efrayim va Manashe hududlaridagi hamma shaharlarga kirib chiqdilar. Lekin odamlar zaharxandalik bilan ularni masxara qildilar. 11 Faqat Osher, Manashe va Zabulun qabilasidan baʼzilari itoat etib, Quddusga keldilar. 12 Yahudo xalqini esa Xudo birlashtirib, ularga shoh va aʼyonlarning koʻrsatmasini bajarishga xohish bergan edi. Bu koʻrsatma Egamizning amriga asoslangan edi.
13 Ikkinchi oyda Xamirturushsiz non bayramini nishonlash uchun juda koʻp xalq Quddusga yigʻildi. 14 Ular Quddusdagi hamma begona qurbongohlarni va hamma tutatqi qurbongohlarini qoʻporib, Qidron soyligiga uloqtirib tashladilar. 15 Ikkinchi oyning oʻn toʻrtinchi kuni esa Fisih qoʻzilarini soʻydilar. Oʻzlarini poklamagan ruhoniylar va levilar uyatli ahvolda qolganidan poklanish marosimini ado etib, kuydiriladigan qurbonliklarini Egamizning uyiga olib keldilar. 16 Soʻng ular Xudoning odami Musoning qonuniga muvofiq Maʼbadda oʻz joylarini egalladilar. Ruhoniylar levilarning qoʻlidan qurbonlik qonini olib, qurbongohga sepdilar. 17 Xalqdan koʻpchiligi oʻzlarini poklamagani uchun Fisih qoʻzisini qurbon qila olmadilar. Bunday odamlarning Fisih qoʻzisini soʻyish va Egamizga atash vazifasini levilarning oʻzlari bajardilar. 18 Efrayim, Manashe, Issaxor va Zabulun qabilasidan kelganlarning aksariyati oʻzlarini poklamagan boʻlsalar–da, Xudoning qonuniga zid ravishda Fisih taomidan tanovul qildilar. Lekin Hizqiyo ular uchun quyidagicha ibodat qildi: “Ey Egam, muruvvating ila bu bandalaringni kechir. 19 Ular poklanish marosimini ado etmagan boʻlsalar–da, ey Egamiz, ular Senga chin yurakdan sajda qilishga qaror etganlar. Axir, Sen ota–bobolarining Xudosisan.” 20 Hizqiyoning ibodatini Egamiz eshitib, xalqni kechirdi, ularga zarar yetkazmadi.
21 Quddusda toʻplangan xalq katta xursandchilik bilan yetti kun davomida Xamirturushsiz non bayramini nishonladi. Levilar va ruhoniylar har kuni sozlarning baland kuylari joʻrligida Egamizni madh qildilar. 22 Hizqiyo Egamizga xizmat qilishda mohirlik koʻrsatgan hamma levilarni ruhlantirdi. Xullas, xalq tinchlik nazrlarini qurbon qildi, ota–bobolarining Xudosiga — Egamizga shukronalar aytib, yetti kun bayram taomini tanovul qildi.
Ikkinchi bayram
23 Butun jamoa bayramni yana yetti kun nishonlashga qaror qildi. Shunday qilib, ular yana yetti kun xursandchilik bilan bayram qildilar. 24 Yahudo shohi Hizqiyo jamoaga qurbonlik qilish uchun 1000 ta buqa va 7000 ta qoʻy berdi. Shoh aʼyonlari esa 1000 ta buqa va 10.000 ta qoʻy berdilar. Juda koʻp ruhoniylar oʻzlarini pokladilar. 25 Yahudo xalqi, ruhoniylar, levilar, Isroil xalqi, Isroil va Yahudoda istiqomat qilayotgan musofirlar oʻzlarida yoʻq xursand edilar. 26 Quddusda katta xursandchilik hukm surardi. Isroil shohi Dovud oʻgʻli Sulaymon zamonidan beri Quddusda bunday voqea yuz bermagan edi. 27 Soʻngra ruhoniylar va levilar turib, xalqni duo qildilar. Ularning ibodati Xudoning samodagi muqaddas makoniga yetib, ijobat boʻldi.