8–BOB
Egamiz Quddusni qayta qurishga vaʼda beradi
1 Sarvari Olam menga Oʻz soʻzini ayon qildi. 2 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Men Quddusga qattiq achinib ketdim. Uning dushmanlariga boʻlgan gʻazabim alangaday yonmoqda.” 3 Egamizning kalomi shudir: “Men Quddusga qaytaman, Sion Mening maskanim boʻladi. Shunda Quddus sadoqatli shahar deb ataladi. Mening togʻim — Sarvari Olamning togʻi muqaddas togʻ deb ataladi.” 4 Sarvari Olam shunday demoqda: “Cholu kampirlar yana Quddus koʻchalarida oʻtiradilar. Yoshi ulugʻ boʻlgani uchun ularning qoʻllarida hassalari boʻladi. 5 Shaharning koʻchalari oʻynayotgan bolalar bilan toʻladi.”
6 Sarvari Olamning kalomi shudir: “Balki bularning hammasi xalqimdan qolganlariga imkonsizday tuyular. Ammo bu ishlar Men uchun imkonsiz emas”, — demoqda Sarvari Olam.
7 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Men sharq va gʻarbda sarson boʻlgan Oʻz xalqimni qutqaraman. 8 Ularni yana Quddusda yashashlari uchun olib kelaman. Ular Mening xalqim boʻladi, Men esa ularning Xudosi boʻlaman. Ularni sadoqat va odillik bilan boshqaraman.”
9 Sarvari Olam shunday demoqda: “Dovyurak boʻlinglar, endi sizlar paygʻambarlarning soʻzlarini eshityapsizlar. Maʼbadim, yaʼni Uyimning qayta qurilishi uchun poydevor qoʻyilayotganda, oʻsha paygʻambarlar shu yerda edilar. 10 Ha, oʻsha kunlardan oldin odam va hayvonlarning ter toʻkib qilgan mehnatlari zoye ketardi, ular yaxshi hosil ololmas edilar . Dushmanlar xalqqa tinchlik bermasdi. Men hammani bir–biriga qarshi qilib qoʻygan edim. 11 Ammo endi, ey xalqimning qolganlari, Men sizlar bilan oldingiday munosabatda boʻlmayman, — demoqda Sarvari Olam. 12 — Sizlar tinchlikda urugʻlaringizni ekasizlar. Toklaringiz serhosil boʻladi. Yer hosil beradi, osmondan shudring tushadi. Sizlarni Men mana shular bilan barakalayman. 13 Ey Yahudo va Isroil xalqi, sizlar boshqa xalqlar orasida laʼnatlangan xalqning ramzi edingizlar. Endi bunday boʻlmaydi! Men sizlarni qutqaraman. Sizlar baraka ramzi va manbai boʻlasizlar. Qoʻrqmanglar! Dadil boʻlinglar!”
14 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ota–bobolaringiz Mening jahlimni chiqarganda boshlariga ofat keltiraman, degandim. Oʻz fikrimdan qaytmadim, — demoqda Sarvari Olam. 15 — Qoʻrqmanglar, ey Quddus va Yahudo xalqi! Endi Men sizlarga yaxshilik keltiraman, deb qaror qildim. 16 Quyidagi aytganlarimni qilishingiz kerak: bir–biringizga haqiqatni ayting. Hukm qilganingizda odil qaror chiqarib, tinchlik oʻrnating. 17 Bir–biringizga qarshi yovuz rejalar tuzmang, yolgʻon qasam ichmang. Men bulardan nafratlanaman.” Sarvari Olamning kalomi shudir.
18 Sarvari Olam menga Oʻz soʻzini ayon qildi. 19 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ey Yahudo xalqi, toʻrtinchi, beshinchi, yettinchi va oʻninchi oylar endi azayu roʻza vaqti emas, balki sizlar uchun shodu xurramlik va quvnoq bayramlar davri boʻladi. Sizlar haqiqat va tinchlikni sevinglar.”
20 Sarvari Olam shunday demoqda: “Hali boshqa shaharlarda yashaydigan odamlar ham Quddusga keladi. 21 Bir shaharning aholisi ikkinchi shaharda yashovchilarning oldiga borib: «Biz ketyapmiz, yuringlar, Egamizdan iltifot soʻraylik, Sarvari Olamga sajda qilaylik», deb aytadi.” 22 Koʻp ellar va kuchli xalqlar Sarvari Olamdan iltifot soʻragani va Unga sajda qilgani Quddusga keladilar. 23 Sarvari Olamning kalomi shudir: “Oʻsha kunlarda turli tillarda gapiruvchi, har xil ellarga mansub boʻlgan oʻn kishi bir yahudiyni ushlab oladi. Uning kiyimidan mahkam tutadilar–da, unga: «Biz sen bilan boraylik. Axir, Xudo sizlar bilan ekanini eshitdik», deb aytadilar.”