10–BOB
Iso — yaxshi choʻpon
1 Iso dedi: “Sizlarga chinini aytayin: kim qoʻy qoʻrasiga eshikdan kirmay, boshqa yoʻldan oshib tushsa, u oʻgʻri va bosqinchidir. 2 Eshikdan kirgan odam esa qoʻylarning choʻponidir. 3 Qorovul unga eshikni ochib beradi. Qoʻylar uning ovoziga quloq soladi. U esa oʻz qoʻylarini nomma–nom chaqirib, tashqariga olib chiqadi. 4 U oʻz qoʻylarini qoʻradan olib chiqqanda, ularning oldida boraveradi. Qoʻylar esa unga ergashadi, chunki ular choʻponning ovozini biladilar. 5 Begona kishiga esa ergashmaydilar. Aksincha, begonaning ovozini tanimay, undan qochadilar.”
6 Iso bu matalni aytib berganda, tinglovchilar U nima demoqchi ekanligini tushunmadilar. 7 Shu sababdan Iso yana dedi: “Sizlarga chinini aytay: Men qoʻylar uchun eshikman. 8 Mendan oldin kelganlarning hammasi oʻgʻri va bosqinchi edilar. Lekin qoʻylar ularga quloq solmadilar. 9 Men eshikman. Kim Men orqali kirsa, najot topadi. U kirib chiqib, yaylov ham topadi. 10 Oʻgʻri faqat oʻgʻirlash, boʻgʻizlash, barbod qilish uchun keladi. Men esa ularga hayot, farovon hayot berish uchun kelganman.
11 Men yaxshi choʻponman. Yaxshi choʻpon qoʻylari uchun jonini fido qiladi. 12 Yollangan odam esa qoʻylarning na choʻponi, na egasidir. U boʻrining kelganini koʻrgach, qoʻylarni tashlab qochadi. Boʻri esa qoʻylarni talab, tumtaraqay qiladi. 13 Yollangan odam shunchaki yollangan boʻlgani uchun va qoʻylar haqida qaygʻurmagani uchun qochadi.
14-15 Men yaxshi choʻponman. Osmondagi Otam Meni va Men Otamni bilganimday, Men qoʻylarimni bilaman, ular ham Meni biladilar. Men qoʻylarim uchun jonimni fido qilaman. 16 Bu qoʻrada boʻlmagan boshqa qoʻylarim ham bor. Ularni ham olib kelishim kerak. Ular ham Mening ovozimga quloq soladi, shunda bir suruv, bir choʻpon boʻladi. 17 Men jonimni qaytib olishim uchun uni fido qilaman, shu bois Otam Meni yaxshi koʻradi. 18 Hech kim jonimni Mendan tortib ololmaydi. Men Oʻz ixtiyorim bilan uni fido qilaman. Jonimni berishga va uni qaytarib olishga hokimiyatim bor. Buni Menga Otam buyurgan.”
19 Isoning bu soʻzlari tufayli, yahudiylar orasida yana kelishmovchilik kelib chiqdi. 20 Oralaridan koʻpchilik:
— Uni jin uribdi, U aqldan ozgan! Nega Unga quloq solyapsizlar? — der edilar. 21 Boshqalari esa:
— Bu jin urganning soʻzlari emas. Jin koʻr odamning koʻzlarini ocha olarmidi?! — deb aytishardi.
Isoni rad qilishadi
22 Oʻsha vaqtda Quddusda Maʼbadni bagʻishlash bayrami nishonlanayotgan edi. Qish fasli edi. 23 Iso Maʼbadda Sulaymon ayvoni degan joyda aylanib yurar edi. 24 Yahudiylar Uning atrofini oʻrab oldilar.
— Qachongacha bizni ikkilantirasiz? Agar Masih boʻlsangiz, bizga ochigʻini ayting, — deyishdi.
25 Iso ularga javob berdi:
— Men sizlarga aytdim, ammo sizlar ishonmayapsizlar. Osmondagi Otam nomidan qilayotgan ishlarim kimligimni koʻrsatib turibdi. 26 Sizlar esa ishonmayapsizlar, chunki sizlar Mening qoʻylarimdan emassizlar. 27 Mening qoʻylarim ovozimga quloq soladi. Men ularni taniyman, ular esa Menga ergashib yurishadi. 28 Men ularga abadiy hayot beraman, ular hech qachon halok boʻlmaydilar. Hech kim ularni Mening qoʻlimdan tortib ololmaydi. 29 Ularni Menga bergan Otam hammadan buyukdir. Otamning qoʻlidan ularni tortib olishga hech kimning kuchi yetmaydi. 30 Men va Otam birmiz.
31 Yahudiylar yana Isoni toshboʻron qilmoqchi boʻldilar.
32 — Men sizlarga Ota buyurgan koʻp xayrli ishlarni koʻrsatdim, ularning qaysi biri uchun Meni toshboʻron qilmoqchisizlar? — deb soʻradi Iso. 33 Yahudiylar Unga shunday deyishdi:
— Xayrli ishingiz uchun emas, kufrligingiz uchun Sizni toshboʻron qilmoqchimiz. Siz odam boʻla turib Oʻzingizni Xudo deyapsiz!
34 Iso shunday javob qaytardi:
— Sizlar oʻzlaringiz doim oʻqiydigan Muqaddas bitiklarda : “Aytdimki, hammangiz xudolarsiz” , deb yozilgan emasmi?! 35 Oʻzlaringiz bilasizlar: Muqaddas bitiklarni oʻzgartirib boʻlmaydi. Xudoning kalomini olgan odamlar “xudolar” deb atalgan–ku! 36 Meni esa Otam Oʻzi uchun ajratib olib, dunyoga yuborgan. Men “Xudoning Oʻgʻliman ” deganim uchun kufrlik qilgan boʻlamanmi?! 37 Agar Men Otamning ishlarini qilmayotgan boʻlsam, Menga ishonmay qoʻya qolinglar. 38 Bordi–yu, Uning ishlarini qilayotgan boʻlsam, Menga ishonmasangiz ham, qilayotgan ishlarimga ishoninglar. Shunda Ota Menda va Men Otada ekanimni bilib, anglab olasizlar.
39 Ular yana Isoni ushlab olishga harakat qildilar, ammo Iso ularning changalidan qutulib qoldi.
40 Soʻng Iso Iordan daryosining sharq tomoniga, ilgari Yahyo odamlarni choʻmdirib yurgan joyga qaytib borib, u yerda qoldi. 41 Uning oldiga koʻp odamlar kelishardi. Ular shunday deb aytishardi: “Yahyo hech qanday moʻjizali alomat koʻrsatmagan edi, lekin Yahyoning bu Odam haqida aytgan hamma gapi toʻgʻri chiqdi.” 42 Shunday qilib, oʻsha yerdagi koʻp odamlar Isoga ishondilar.