1–BOB
Elqana va uning Shiloʻdagi oilasi
1 Efrayim qirlarida joylashgan Rama shahrida bir odam yashardi. Uning ismi Elqana boʻlib, Efrayim qabilasining Zuf urugʻidan boʻlgan Yeroxam deganning oʻgʻli edi. Yeroxam — Elixuning oʻgʻli, Elixu — Toʻxuning oʻgʻli, Toʻxu — Efrayim qabilasiga mansub boʻlgan Zufning oʻgʻli edi. 2 Elqananing Xanna va Paninna ismli ikki xotini boʻlib, Paninnaning bolalari bor edi–yu, Xanna befarzand edi.
3 Elqana har yili Sarvari Olamga sajda qilib, qurbonlik keltirmoq uchun oʻz shahridan Shiloʻga borardi. Shiloʻda Elax degan odamning Xoʻfnax va Finxaz degan ikki oʻgʻli boʻlib, ular Egamizning ruhoniylari edilar.
4 Elqana qurbonlik qilgan kuni xotini Paninnaga, oʻgʻillari bilan qizlariga bir ulushdan bersa, 5 Xannaga esa yaxshi joyidan bir ulush berardi . Chunki Egamiz Xannani bepusht qilib qoʻygan boʻlsa ham, Elqana uni yaxshi koʻrardi. 6 Xannani Egamiz befarzand qilib qoʻygani uchun, kundoshi Paninna Xannaga qattiq ozor berib xafa qilardi. 7 Har yili Xanna Egamizning uyiga borganda ham shu voqea yuz berardi: Xannani kundoshi xafa qilar, u esa yigʻlab hech narsa yemasdi. 8 Eri Elqana esa:
— Xanna, nega yigʻlayapsan, nimaga ovqat yemayapsan? — derdi. — Nimaga bu qadar gʻamginsan? Sen uchun men oʻnta oʻgʻildan ham afzal emasmanmi?!
Xanna va ruhoniy Elax
9 Bir kuni ular Shiloʻda yeb–ichib boʻlganlaridan keyin, Xanna oʻrnidan turdi. Ruhoniy Elax Egamizning uyi eshigi yonidagi kursida oʻtirgan edi. 10 Xanna dili xufton, achchiq–achchiq yigʻlab, Egamizga ibodat qilib, 11 shunday vaʼda berdi:
— Ey Sarvari Olam! Shu choʻringning qaygʻusiga nazar solib, uni yodga olsang, choʻringni unutmay, unga bir oʻgʻil ato etsang, oʻsha oʻgʻlimni umrbod Senga nazr qilgan boʻlardim , uning boshiga ustara tegmasdi.
12 Xanna Egamiz huzurida uzoq vaqt ibodat qildi. Elax esa uning ogʻziga qarab turardi. 13 Xanna ichida gapirar, ovozi eshitilmas, faqat lablari qimirlardi. Shuning uchun Elax Xannani mast boʻlsa kerak, deb oʻyladi:
14 — Qachongacha sarxush boʻlib yurasan?! Endi sharobdan voz kech! — dedi.
15 — Yoʻq, unday emas, hazratim, — dedi Xanna. — Men koʻngli gʻamga toʻla bir ayolman. Na sharob ichganman, na boʻza. Faqat yuragimdagini Egamga toʻkib solyapman. 16 Bu choʻringizni allaqanday yaramas xotin deb oʻylamang. Gʻam–qaygʻularim koʻpligidan, shu paytgacha ibodat qilyapman.
17 — Eson–omon bor, — dedi Elax. — Isroil xalqining Xudosi tilagingni bajo keltirsin.
18 — Men, choʻringizni iltifotingizga sazovor biling, — dedi Xanna. Soʻng borib ovqat yedi, endi chehrasi gʻamgin emas edi.
Shomuil tugʻiladi va Xudoga bagʻishlanadi
19 Ertasiga Elqana oilasi bilan tong saharda turib, Egamizga sajda qilishdi. Keyin Ramaga — uylariga qaytib kelishdi. Elqana xotini Xanna bilan qovushdi. Egamiz Xannaga marhamat qildi. 20 Xanna homilador boʻldi va vaqt–soati yetib oʻgʻil tugʻdi. “Uni Egamizdan tilab oldim”, deb otini Shomuil qoʻydi.
21 Elqana Egamizga atab yillik qurbonlik marosimini oʻtkazish va vaʼdasini ado etish uchun oilasi bilan birga Shiloʻga bordi. 22 Xanna bu safar bormadi. U eriga:
— Goʻdak koʻkrakdan chiqqandan keyin olib boraman, u Egamizning huzurida boʻlib, Unga xizmat qiladi, umr boʻyi oʻsha yerda qoladi, — dedi.
23 — Senga nima maʼqul boʻlsa, shunday qilaver, — dedi Elqana. — Goʻdak koʻkrakdan chiqquncha shu yerda boʻl. Egamiz Oʻz vaʼdasini bajo qilsin .
Xanna uyda qolib, oʻgʻli koʻkrakdan chiqquncha, uni emizdi. 24 Kichkintoy koʻkrakdan chiqdi. Soʻng Xanna uch yoshli buqa , bir togʻora un va bir mesh sharob olib, oʻgʻlini Egamizning Shiloʻdagi uyiga olib keldi. Bola hali yosh edi. 25 Buqani soʻyishgandan keyin, bolani Elaxning oldiga olib kelishdi.
26 — Ey hazrat, meni eslaysizmi? — dedi Xanna. — Shu yerda, huzuringizda turib Egamga ibodat qilgan oʻsha ayol menman. 27 Men mana shu bola uchun Egamga iltijo qilgan edim, Egam tilagimni bajo qildi. 28 Shuning uchun uni Egamga bagʻishladim, umr boʻyi Unga atalgan boʻlsin, dedim.
Ular shu yerda Egamizga sajda qildilar.