1–BOB
1 Bashorat. Malaki paygʻambar orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi soʻzlarni ayon qildi.
Xudoning Isroil xalqiga boʻlgan sevgisi
2 Egamiz shunday deydi:
— Men sizlarni sevdim. Sizlar esa: “Bizga sevgingni qanday namoyon qilding?” deb soʻraysizlar. Esov Yoqubning akasi emasmidi?! — deydi Egamiz. — Shunday boʻlsa–da, Men Yoqubni yaxshi koʻrib, 3 Esovdan nafratlandim. Esovga berilgan qirlarni xarob qildim, meros boʻlgan oʻsha yerlarini chiyaboʻrilarga berdim.
4 Bordi–yu, Edom xalqi :
— Shaharlarimiz vayron boʻldi, ammo biz ularni tiklab olamiz, — degudek boʻlsalar, Sarvari Olam ularga shunday javob beradi:
— Shaharlarini tiklasinlar, Men esa ularni yana vayron qilaveraman. Shunda odamlar Edom haqida: “Bu yovuzlar yurti, Egamiz ulardan abadiy gʻazablangan”, deb aytadigan boʻlishadi. 5 Ey Isroil xalqi, buni sizlar oʻz koʻzingiz bilan koʻrib: “Egamizning qudrati yurtimizning chegaralari bilan cheklanmas”, deb aytadigan boʻlasiz.
Egamiz ruhoniylarga tanbeh beradi
6 Sarvari Olam shunday deydi:
— Ey ruhoniylar, oʻgʻil otasini hurmat qiladi–ku! Xizmatkor xoʻjayinidan qoʻrqadi–ku! Agar Men Otangiz boʻlsam, nega Meni hurmat qilmaysiz? Agar Xoʻjayiningiz boʻlsam, nega Mendan qoʻrqmaysiz? Sizlar Meni xoʻrlayapsiz. Yana: “Qanday qilib Seni xoʻrlabmiz?” deb soʻraysiz. 7 Sizlar qurbongohimga harom nazrlar olib kelib, Meni xoʻrlayapsiz. Yana: “Qanday qilib Seni haqorat qilibmiz?” deb soʻraysiz. Sizlar: “Egamizning dasturxonini pisand qilmasa ham boʻladi”, deb aytasiz. Shu orqali Meni haqoratlagan boʻlasiz. 8 Koʻr molni qurbonlik qilayotganingiz toʻgʻrimi?! Choʻloq, kasalmand molni qurbonlik qilayotganingiz toʻgʻrimi?! Oʻshani hukmdoringizga taqdim qilib koʻring–chi. U sizlardan mamnun boʻlib, iltifot qilarmikan?! — deydi Sarvari Olam. 9 — Ey ruhoniylar, ayb oʻzingizda. Qani: “Bizga baraka ber!” deb Men, Xudoga yolvorib koʻringlar–chi. Bunday qilmishlaringiz uchun Men birontangizga baraka berarmikinman?! — deydi Sarvari Olam. 10 — Qaniydi, birortangiz Maʼbad eshiklarini yopib tashlaganingizda! Shunda ichkariga kirib qurbongohim ustida behuda olov yondirmagan boʻlar edingiz! Men sizlardan mamnun emasman, nazrlaringizni qabul qilmayman, — deydi Sarvari Olam. 11 — Zero, dunyoning u chekkasidan bu chekkasigacha boʻlgan barcha xalqlar orasida Mening nomim ulugʻlanmoqda. Butun yer yuzida Menga atab tutatqilar tutatilmoqda, halol qurbonliklar keltirilmoqda. Ha, xalqlar orasida buyukdir Mening nomim! — deydi Sarvari Olam. 12 — Sizlar esa: “Rabbiyga arzimas nazrlar keltirsak ham boʻlaveradi”, deya Mening dasturxonimni bulgʻayapsizlar. 13 Yana: “Bularning hammasidan charchab ketdik”, deya yuzlaringizni burishtiryapsizlar, — deydi Sarvari Olam. — Sizlar choʻloq, kasalmand yoki birovdan tortib olingan jonivorni qurbonlik qilasizlar! Men esa oʻshani qabul qilishim kerakmi?! — deydi Egamiz. 14 — Laʼnatisizlar! Podangizdagi bir qoʻchqorni Men, Rabbiyga atab qoʻygansizlar–u, lekin oʻrniga nuqsonli jonivorni qurbonlik qilyapsizlar. Men buyuk Shohman, — deydi Sarvari Olam. — Mening nomim xalqlar orasida izzat–ikrom bilan tilga olinar.