24–BOB
Iflos qozon
1 Surgun boʻlgan paytimizning toʻqqizinchi yili oʻninchi oyining oʻninchi kunida Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2 “Ey inson, bu kunning sanasini yozib qoʻy, chunki Bobil shohi bugun Quddusni qamal qildi . 3 Bu isyonkor xalqimga matal soʻzlab ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: oʻchoqqa oʻt yoqing, qozonga suv quying. 4 Qozon ichiga eng yaxshi goʻshtlardan — son va yelka goʻshtlaridan soling, ilikli suyaklar bilan qozonni toʻldiring. 5 Suruvning sara qoʻchqoridan soʻying, oʻchoqqa koʻproq oʻtin yigʻing, qozondagi suvni qaynating, goʻshtu suyaklarni obdan pishiring.
6 Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: qotillar shahri Quddusning holiga voy! Bu shahar qasmoqli qozon kabidir, uning qasmogʻi ketmaydigan boʻlib qolgan. Qani, qozonni bir chekkadan boʻshating, qoʻlingizga nima ilinsa, olib ketavering. 7 Shahar ichida qotillik qilindi, odamlarning qoni qoyatoshga toʻkildi. Oʻsha qon yerga toʻkilganda edi, tuproq bilan koʻmilib ketardi. 8 Men qonni oʻsha qoya ustida qoldirdim, uni yashirib boʻlmaydi. Men uni koʻrganimda gʻazabim alanga oladi, u Meni qotillardan qasos olishga undaydi.
9 Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: qotillar shahri Quddusning holiga voy! Men Oʻzim oʻtinni baland qilib uyaman. 10 Qani, koʻproq shox–shabbalarni yigʻayin, katta olov yoqayin! Goʻsht obdan pishsin, shoʻrvasi qaynab yoʻq boʻlsin . Suyaklar esa olovda yonib kuyib ketsin. 11 Qozonni boʻshatayin, koʻmir ustiga qoʻyayin! Temir qozonni qizarguncha qizdirayin. Ichidagi iflosliklari erib ketsin, qasmoqlari olovda kuyib, yoʻq boʻlsin. 12 Eh, Oʻzimni behuda urintiribman. Qozonning qalin qasmogʻi ketmadi. Uni qasmogʻi bilan olovga tashlanglar!
13 Ey Quddus, sen behayoliging bilan oʻzingni bulgʻading. Men seni tozalab koʻrdim, ammo sen haromligingcha qolding. Endi ustingga Oʻz qahrimni sochmagunimcha sen poklanmaysan. 14 Men, Egang, shunday dedim. Aytganlarimni amalga oshiradigan vaqt keldi. Endi Oʻzimni tutib turmayman. Senga achinmayman, Oʻz shaxtimdan qaytmayman. Tutgan yoʻllaringga, qilgan qilmishlaringga yarasha seni jazolayman. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.»”
Hizqiyolning xotini olamdan oʻtadi
15 Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 16 “Ey inson, Men oʻlat yuborib, seni koʻzing quvonchidan judo qilaman. Ammo sen aza tutma, faryod qilma, koʻz yosh toʻkma. 17 Ingragan tovush chiqarma, oʻlgan aziz odaming uchun motam tutma. Sallangni yechma, oyoq yalang yurma. Yuzingni yopma, taʼziyaxonalarda yeyiladigan ovqatdan yema.” 18 Ertalab men xaloyiqqa gapirdim. Oʻsha kuni kechqurun esa mening xotinim olamdan oʻtdi. Ertasi kuni men Xudoning aytganini qildim.
19 Odamlar mendan:
— Nimaga bunday qilyapsan? Bu bilan bizga biron narsa aytmoqchimisan? — deb soʻradilar.
20 Men ularga shunday javob berdim:
— Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qilib, 21 Isroil xalqiga shu gaplarni aytib qoʻyishimni buyurdi: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda: faxrlanadigan qoʻrgʻoningiz, koʻzingiz quvonchi, yuragingiz orzusi boʻlmish muqaddas maskanimni Men harom qildiraman. Quddusda qolgan oʻgʻil–qizlaringiz qilichdan halok boʻladi. 22 Shunda Hizqiyol nima qilgan boʻlsa, sizlar ham shuni qilasizlar. Sizlar yuzingizni yopmaysizlar, taʼziyaxonalarda yeyiladigan ovqatdan yemaysizlar, 23 sallangizni yechmaysizlar, oyoq yalang yurmaysizlar, aza tutmaysizlar, faryod qilmaysizlar. Gunohlaringiz sizlarni adoyi tamom qiladi, dardingizni bir–biringizga ingrab aytasizlar. 24 Hizqiyol sizlar uchun bir alomat boʻladi, u hozir nima qilayotgan boʻlsa, sizlar ham shuni qilasizlar. Oʻsha vaqt kelganda bu ishlarni Men, Egangiz Rabbiy, qilganimni bilib olasizlar.”
25 Egamiz menga shunday dedi: “Ey inson, Men xalqimning qoʻrgʻonini, zavqu shuhratini, koʻz quvonchi, yurak orzusi boʻlmish Maʼbadni vayron qilgan kunim oʻgʻil–qizlarini ham qirdirib tashlayman. 26 Qirgʻindan qochib qutulgan bir odam oʻsha kuni yoningga keladi. U boʻlib oʻtgan voqealarni senga soʻzlab beradi. 27 Shunda sen yana tilga kirasan . Kelgan oʻsha odam bilan gaplashasan, boshqa sukut saqlamaysan. Xullas, xalqim uchun bir alomat boʻlasan, shunda Egangiz Men ekanligimni ular bilib oladilar.”