16–BOB
Yusuf avlodining ulushi
1 Yusuf avlodlariga berilgan ulushning janubiy chegarasi Yerixo shahrining yonidagi Iordan daryosidan, Yerixo bulogʻining sharqidagi joydan boshlanadi. Keyin chegara Yerixoning oldidan oʻtib, shimoli–gʻarbdagi Yahudo adirlari orqali qirlardagi Baytil shahrigacha choʻziladi. 2 Keyin Baytil, yaʼni Luzdan ham oʻtib , Orux xalqiga tegishli boʻlgan Otroʻt–Adargacha boradi. 3 Chegara u yerdan gʻarbdagi Yaflet avlodining yerigacha choʻzilib, Pastki Bayt–Xoʻrongacha boradi. Keyin chegara Gezer shahrigacha borib, Oʻrta yer dengizining oldida tugaydi.
4 Yusuf avlodlari boʻlgan Manashe va Efrayim qabilalari mana shu yerlarni ulush qilib oldilar.
Efrayim qabilasiga berilgan yerlar
5 Efrayim qabilasining urugʻlariga quyidagi yerlar berildi: bu yerlarning janubiy chegarasi Otroʻt–Adarda boshlanadi–da, gʻarb tomonga, Tepadagi Bayt–Xoʻrongacha choʻzilib, 6-7 Oʻrta yer dengizining oldida tugaydi. Sharqiy chegarasi Mixmatitdan janub tomonga boradi, Tanat–Shiloʻ, Yonox, Otaroʻt, Naro shaharlaridan oʻtib, Iordan daryosining Yerixoga yaqin boʻlgan joyida tugaydi. 8 Shimoliy chegarasi esa Tappuxdan gʻarbga boradi. Keyin Kanax soyligi boʻylab choʻzilib, Oʻrta yer dengizida tugaydi. Mana shu yerlarni Efrayim qabilasi ulush qilib oldi.
9 Efrayim qabilasiga yana Manashe hududida joylashgan bir nechta shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlar ham berildi. 10 Ammo Efrayim qabilasi Gezerda yashayotgan Kanʼon xalqini quvib chiqarmadi. Bu xalq bugungi kungacha Efrayim qabilasi orasida yashaydi, lekin ular qarol boʻlib xizmat qilishga majbur qilinganlar.