11–BOB
Quddusdagi imonlilar jamoatiga Butrusning xabari
1 Havoriylar va Yahudiyadagi imonlilar: “Gʻayriyahudiylar ham Xudoning kalomini qabul qilibdilar” degan xabarni eshitdilar. 2 Butrus Quddusga borganda, yahudiy imonlilar unga taʼna qildilar:
3 — Siz sunnatsiz odamlarnikida mehmon boʻlibsiz, ular bilan birga yeb–ichibsiz!
4 Shunda Butrus ularga yuz bergan voqeani batafsil tushuntira boshladi:
5 — Men Yaffa shahrida ibodat qilayotgan edim, bir payt hushimdan ketib, vahiy koʻribman. Osmondan katta dasturxonga oʻxshash bir narsa toʻrt burchagidan osilgan holda oldimga tushib keldi. 6 Men oʻsha narsaning ichiga yaxshilab qaradim va unda turli xil chorva va yovvoyi hayvonlarni, sudralib yuruvchilar va qushlarni koʻrdim. 7 Oʻshanda bir ovoz menga: “Tur, Butrus, soʻyib yegin” deganini eshitdim. 8 Men shunday javob berdim: “Aslo unday qilmayman, Egam! Men hech qachon harom yoki nopok narsalarni ogʻzimga olmaganman!” 9 Ammo oʻsha ovoz ikkinchi marta eshitilib: “Xudo halol deb aytgan narsalarni sen harom deb aytmasliging kerak”, deb osmondan gapirdi. 10 Bu suhbat uch marta takrorlandi. Shunda dasturxonga oʻxshash oʻsha narsa yana osmonga olindi. 11 Xuddi shu paytda Qaysariyadan yuborilgan uchta odam men turgan uyga yetib kelgan edi. 12 Muqaddas Ruh menga: “Hech ikkilanmay bu odamlar bilan birga bor”, deb aytdi. Bu olti birodar men bilan birga borib, oʻsha odamning uyiga kirdi. 13 U odam uyida farishta paydo boʻlganini, uning oʻzi bu farishtani koʻrganini bizga soʻzlab berdi. Farishta unga shunday debdi: “Yaffaga odam yuborib, Butrus degan odamni chaqirtirib kel. 14 U senga aytadigan xabar orqali oʻzing va oilang najot topasizlar.” 15 Men gapimni boshlashim bilanoq, Muqaddas Ruh oldin bizni qamrab olgani singari, ularni ham qamrab oldi. 16 Shunda men Rabbimiz Isoning: “Yahyo suvga choʻmdirgan edi, sizlar esa Muqaddas Ruhga choʻmdirilasizlar” degan soʻzlarini esladim . 17 Biz Rabbimiz Iso Masihga imon keltirganimizda, Xudo bizga bergan inʼomni ularga ham bergan boʻlsa, men kim boʻlibmanki, Xudoga qarshilik qilsam?!
18 Ular bu soʻzlarni eshitib, jim boʻlib qoldilar. Soʻng Xudoga hamdu sano aytib:
— Xudo hatto gʻayriyahudiylarni ham hayotga eltadigan tavbaga olib boribdi, — dedilar.
Antioxiyadagi imonlilar jamoati
19 Stefan oʻldirilgandan keyin boshlangan quvgʻinlar oqibatida imonlilar Finikiya, Kipr va Antioxiyaga tarqalib ketdilar. Ular Iso haqidagi xabarni yahudiylardan boshqa hech kimga aytmasdilar. 20 Ularning orasida Kipr va Kirineyadan Antioxiyaga kelgan baʼzi imonlilar bor edi. Ular Rabbimiz Iso toʻgʻrisida u yerdagi gʻayriyahudiylarga ham vaʼz qildilar. 21 Egamizning qudrati ularda bor edi, shuning uchun koʻpchilik imonga kelib, Rabbimizga yuz burdi. 22 Bu yangilik Quddusdagi imonlilar jamoatiga yetib keldi. Jamoatdagilar Barnaboni Antioxiyaga joʻnatdilar. 23 U kelib, Xudoning marhamatini koʻrganidan xursand boʻldi. Hammaga: “Chin yurakdan Rabbimiz Isoga sadoqatingizni saqlab qolinglar”, deb nasihat qildi. 24 U Muqaddas Ruhga va imonga toʻla, olijanob odam edi. Juda koʻp odamlar Isoni Rabbim deb imonga keldilar.
25 Shundan keyin Barnabo Shoulni izlab Tarsus shahriga ketdi. U Shoulni topgandan keyin, uni Antioxiyaga olib keldi. 26 Shunday qilib, Barnabo bilan Shoul bir yil davomida u yerdagi jamoat bilan bir joyga yigʻilib, bir qancha odamlarga taʼlim berdilar. Shogirdlarga birinchi marta Antioxiya shahrida “masihiylar” deb nom berildi.
27 Oʻsha paytda Quddusdan Antioxiyaga paygʻambarlar keldilar. 28 Ulardan biri — Xagabus degani oʻrtaga chiqib, butun olamda qattiq ocharchilik boʻlishini Muqaddas Ruh orqali bashorat qildi. (Uning bashorati Qaysar Klavdiy hukmronligi davrida amalga oshdi.) 29 Shogirdlar, imkonimiz boricha Yahudiyada yashaydigan imonli birodarlarimizga yordam joʻnatamiz, deb qaror qildilar. 30 Ular aytganlarini qilib, Barnabo va Shoul orqali Quddusdagi jamoat oqsoqollariga hadyalar yubordilar.