21–BOB
Qullar toʻgʻrisida qonun–qoidalar
1 Egamiz yana Musoga aytdi: “Sen ularga yetkazadigan qonun–qoidalar quyidagicha:
2 Agar ibroniy erkak sizlarga qul boʻlib sotilsa , u sizlarga olti yil xizmat qilsin. Yettinchi yili esa u ozod boʻlsin, qarzi yoʻq deb hisoblansin. 3 Uni sotib olganingizda, boʻydoq boʻlsa, boʻydoqligicha chiqib ketsin. Agar u uylangan boʻlsa, xotini ham u bilan birga ketsin. 4 Agar xoʻjayini oʻsha qulni uylantirib qoʻygan va xotini farzand koʻrgan boʻlsa, xotini va bolalari xoʻjayinnikida qolib, bir oʻzi chiqib ketsin. 5 Lekin qul:
— Men xoʻjayinimni, xotinimni va bolalarimni yaxshi koʻraman, ozod boʻlib chiqib ketmayman, — deb aytsa, 6 xoʻjayini uni hakamlar huzuriga olib kelsin. Xoʻjayin uning qulogʻini eshikka yoki eshik kesakisiga qoʻyib, bigiz bilan teshsin. Oʻshanda bu odam umrining oxirigacha xoʻjayiniga qul boʻlib qoladi.
7 Biror odam oʻz qizini choʻrilikka sotsa, u qiz, erkaklar singari, olti yil tugamaguncha ozod boʻlmaydi. 8 Agar qiz birortasiga sotilsa–yu, oʻsha odam unga uylanishni niyat qilgan boʻlsa, ammo u qizni yoqtirmay qolsa, qiz otasiga qaytarib sotilsin. Xoʻjayin qizni begonalarga sotishi mumkin emas. Aks holda, kelishuvni bekor qilishga olib kelgan boʻlardi. Xoʻjayin qizni sotib olganda, oʻrtada kelishuv boʻlgan. 9 Bordi–yu, qizni oʻgʻliga choʻri qilib sotib olib bergan boʻlsa, unga qiziday muomala qilsin. 10 Agar xoʻjayin choʻriga uylanib, soʻngra boshqa xotinga uylangan boʻlsa, choʻrini oziq–ovqat yoki kiyim–kechakdan, yo xotini sifatida u bilan yotishdan mahrum qilmasin. 11 Agar oʻsha odam ana shu uch yoʻlni choʻriga qilmasa, choʻri qarz boʻlmasdan, pul toʻlamay ketaversin.
Zoʻravonlik toʻgʻrisida qonun–qoidalar
12 Birortasi boshqasini urib oʻldirib qoʻysa, urgan odamning jazosi oʻlimdir. 13 Lekin birortasi qasddan qilmay, Men, Xudoyingiz, shunga yoʻl qoʻygan boʻlsam, u qochib boradigan joyni Men tayinlayman. 14 Bordi–yu, birortasi boshqa bir odamni hiyla bilan qasddan oʻldirsa, jonini saqlash uchun Menga atalgan qurbongohga qochib borsa , uni qurbongohdan olib chiqib oʻlimga hukm qilish lozim.
15 Oʻz otasi yoki onasiga qoʻl koʻtarganning jazosi oʻlimdir.
16 Kimki birortasini oʻgʻirlab, oʻgʻirlagan odamini sotib yuborsa yoki hali ham ushlab turgan boʻlsa, oʻshaning jazosi oʻlimdir.
17 Kimki otasini yoki onasini xoʻrlasa, oʻsha odamning jazosi oʻlimdir.
18 Ikki kishi janjallashib, biri ikkinchisini tosh yoki musht bilan ursa–yu, u oʻlmay, toʻshakka yotib qolsa, 19 lekin oʻrnidan turib, tayoq bilan uydan chiqa olsa, urgan odam javobgar boʻlmasin. Faqat jarohatlangan odamga yoʻqotgan vaqti, davolanishi uchun pul toʻlasin.
20 Birortasi oʻz qulini yoki choʻrisini tayoq bilan urib oʻldirib qoʻysa, kaltaklangan odam uning qoʻlidan oʻlsa, urgan odam jazolanishi lozim. 21 Lekin xoʻjayin qul yoki choʻrini ursa–yu, u bir–ikki kundan keyin oʻlib qolsa, xoʻjayin jazolanmasin. Oʻz mulkidan ayrilgani unga yetarli jazodir.
22 Urishayotgan odamlar homilador ayolni turtib yuborsalar, ayol chala tugʻib qoʻysa–yu , unga boshqa ziyon yetmasa, ziyon yetkazgan odam oʻsha ayolning eri talab qilgan va hakamlar belgilagan miqdordagi zararni toʻlashi lozim. 23 Agar boshqa zarar yetgan boʻlsa, jon evaziga jon, 24 koʻz evaziga koʻz, tish evaziga tish, qoʻl evaziga qoʻl, oyoq evaziga oyoq, 25 kuyuk evaziga kuyuk, yara evaziga yara, lat yeyish evaziga lat yetkazish bilan javob bersin .
26 Kimki qul yoki choʻrisining koʻziga urib koʻr qilib qoʻysa, koʻzi evaziga uni ozodlikka chiqarsin. 27 Quli yoki choʻrisining tishini sindirsa ham, uni tishi evaziga ozodlikka chiqarsin.
Egalarning masʼuliyati toʻgʻrisida qonun–qoidalar
28 Agar erkak yoki ayolni buqa suzib oʻldirsa, buqa toshboʻron qilib oʻldirilsin. Goʻshti esa tanovul qilinmasin. Lekin buqaning egasi aybdor hisoblanmasin. 29 Biroq buqa ilgari ham suzongʻich boʻlsa–yu, egasi buni bila turib, buqasini nazorat qilmagan boʻlsa, buqa biror erkak yoki ayolni suzib oʻldirsa, buqa toshboʻron qilib oʻldirilsin. Buqaning egasiga ham jazo oʻlimdir. 30 Ammo buqa egasiga oʻz hayotini saqlab qolishi uchun pul toʻlagani ijozat berilsa, u talab qilingan mablagʻni toʻlashi lozim. 31 Oʻgʻil bolani suzsa ham, qiz bolani suzsa ham, shu qonun amal qilsin. 32 Agar buqa qul yoki choʻrini suzsa, uning xoʻjayiniga buqa egasi oʻttiz boʻlak kumush toʻlasin. Buqa esa toshboʻron qilinsin.
33 Birortasi chuqur kovlab, ustini yopib qoʻymasa yoki yopiq chuqurning ustini ochib qoʻysa–yu, oʻsha chuqurga mol yoki eshak tushib ketsa, 34 chuqurning egasi oʻlgan hayvonning egasiga tovon toʻlasin. Hayvonning jasadi esa chuqur egasiniki boʻlsin.
35 Agar birortasining buqasi boshqasining buqasini suzib oʻldirib qoʻysa, tirik buqani sotib, pulini teng boʻlishsin. Oʻlgan buqani ham teng boʻlishsin. 36 Ammo buqa ilgari ham suzongʻich boʻlsa–yu, egasi buni bila turib, buqasini nazorat qilmagan boʻlsa, buqa evaziga buqa bilan tovon toʻlashi kerak. Oʻlgan buqani esa oʻziga olsin.