27–BOB
Isroildagi harbiy tuzum
1 Quyida Isroil xalqining urugʻboshilari, mingboshilari va yuzboshilarining, shuningdek, ularning sardorlari roʻyxati berilgan. Bu sardorlar shohning xizmatida boʻlib, har yili bir oy davomida vazifasini oʻtayotgan harbiy qismlar uchun masʼul edilar. Har bir qism 24.000 odamdan tashkil topgan edi.

2 Birinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Zabdiyol oʻgʻli Yoshuvam edi. 3 Yoshuvam Paraz naslidan edi.
4 Ikkinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Oxoʻva urugʻidan boʻlgan Doʻdoʻ edi. Doʻdoʻning oʻng qoʻl yordamchisi Mixloʻt edi.
5 Uchinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Binayo edi. U ruhoniy Yohayidoning oʻgʻli boʻlib, 6 “Oʻttiz qahramon” orasidagi bahodir jangchilardan biri edi. “Oʻttiz qahramon”ning sardori ham ana shu Binayo edi. Binayoning oʻgʻli Omizabod qismning bosh qoʻmondoni edi.
7 Toʻrtinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Yoʻabning ukasi Osoyil edi. Osoyildan keyin oʻgʻli Zabadiyo otasining oʻrnini egalladi.
8 Beshinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Shamhut edi. U Yizro urugʻidan edi.
9 Oltinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Taxuvalik Ixesh oʻgʻli Ero edi.
10 Yettinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Palonlik Xalez edi. U Efrayim qabilasidan edi.
11 Sakkizinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Xushalik Sibaxay edi. Sibaxay Zerax urugʻidan edi.
12 Toʻqqizinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Onotoʻtlik Abuazar edi. Abuazar Benyamin qabilasidan edi.
13 Oʻninchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Natufolik Maxray edi. Maxray Zerax urugʻidan edi.
14 Oʻn birinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Piratonlik Binayo edi. Binayo Efrayim qabilasidan edi.
15 Oʻn ikkinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Natufolik Xaled edi. Xaled Oʻtniyol urugʻidan edi.
Isroil qabilalarining yoʻlboshchilari
16 Isroil qabilalarining yoʻlboshchilari quyidagilar edi:

Ruben qabilasining yoʻlboshchisi — Zixri oʻgʻli Eliazar,
Shimoʻn qabilasining yoʻlboshchisi — Maxo oʻgʻli Shafatiyo,
17 Levi qabilasining yoʻlboshchisi — Kamuvol oʻgʻli Xashaviyo,
Horun naslining yoʻlboshchisi — Zodoʻx,
18 Yahudo qabilasining yoʻlboshchisi — Dovudning akasi Elixu,
Issaxor qabilasining yoʻlboshchisi — Mikoyil oʻgʻli Omri,
19 Zabulun qabilasining yoʻlboshchisi — Obodiyo oʻgʻli Yishmayo,
Naftali qabilasining yoʻlboshchisi — Ozriyol oʻgʻli Yarimoʻt,
20 Efrayim qabilasining yoʻlboshchisi — Ozaziyo oʻgʻli Xoʻsheya,
Gʻarbdagi Manashe qabilasining yarmiga yoʻlboshchi — Podiyo oʻgʻli Yoʻel,
21 Giladdagi Manashe qabilasining yarmiga yoʻlboshchi — Zakariyo oʻgʻli Eddo,
Benyamin qabilasining yoʻlboshchisi — Abnur oʻgʻli Yasiyol,
22 Dan qabilasining yoʻlboshchisi — Yeroxam oʻgʻli Ozariyol.

Isroil qabilalarining yoʻlboshchilari ana shulardan iborat edi.
23 Dovud Isroil xalqini sanab chiqqanda, yigirma yoshdan pastini roʻyxatga kiritmagan edi, chunki Egamiz: “Isroil xalqini osmondagi yulduzlar kabi koʻpaytiraman”, deb vaʼda bergan edi. 24 Zeruya oʻgʻli Yoʻab xalqni sanashni boshlagandi–yu, lekin oxiriga yetkazmagandi . Xalq sanalgani uchun Egamiz Isroilga gʻazabini sochgandi . Shu sababdan bu sanoqning natijasi shoh Dovudning yilnomasiga kiritilmadi.
Shoh mulkini boshqaruvchilar
25 Odil oʻgʻli Ozmobit saroy xazinaboni edi.
Uzziyo oʻgʻli Yoʻnatan esa qolgan hamma yerdagi — shaharlardagi, qishloqlardagi va qalʼalardagi xazinalar uchun masʼul edi.
26 Xalub oʻgʻli Ezri yerga ishlov beradigan dehqonlar uchun masʼul edi.
27 Ramalik Shimax uzumzorlar uchun masʼul edi.
Shafomlik Zabdi sharob omborlari uchun masʼul edi.
28 Gederlik Baalxanon Yahudo qir etaklaridagi zaytunzorlar va shikamora–anjirzorlar uchun masʼul edi.
Yoʻsh zaytun moyi omborlari uchun masʼul edi.
29 Sharonlik Shitray Sharon tekisligida boqiladigan podalar uchun masʼul edi.
Adlay oʻgʻli Shofot vodiylarda boqiladigan podalar uchun masʼul edi.
30 Ismoil urugʻidan Obil tuya podalari uchun masʼul edi.
Mironoʻtlik Yoxidayo eshak podalari uchun masʼul edi.
31 Hojar urugʻidan Yoziz qoʻy suruvlari uchun masʼul edi.

Ana shularning hammasi shoh Dovud mulkini nazorat qilar edilar.
Dovudning shaxsiy maslahatchilari
32 Dovudning amakisi Yoʻnatan donishmand odam boʻlib, maslahatchi va tafsirchi edi. Xaxmoʻn oʻgʻli Yoxiyol shoh oʻgʻillarining murabbiysi edi. 33 Oxitofel shohning maslahatchisi edi. Orux urugʻidan Xushay shohning doʻsti edi. 34 Oxitofeldan keyin uning oʻrniga Binayo oʻgʻli Yohayido va Abuatar maslahatchi boʻldi. Yoʻab shoh qoʻshinining lashkarboshisi edi.