23–BOB
Soxta va chin taqvodorlik
1 Shundan keyin Iso olomonga va shogirdlariga gapirdi: 2 “Qonunni izohlash huquqi Tavrot tafsirchilari va farziylarga berilgan. 3 Shu bois ularga quloq solinglar, aytganini qilinglar, ammo qilganini qilmanglar! Chunki ular oʻzlari aytganlarni qilmaydilar. 4 Ular koʻtarib boʻlmaydigan ogʻir yukni birovlarga yuklaydilar, oʻzlari esa yordam berish uchun hatto barmogʻini ham qimirlatmaydilar. 5 Hamma ishlarini boshqalar koʻrsin deb qiladilar. Peshanalariga taqqan nishonalarini kattaroq, kiyimlarining popuklarini uzunroq qiladilar. 6 Shuningdek, ziyofatlarda toʻrga chiqishni va sinagogalarda yaxshi joylarda oʻtirishni yoqtiradilar. 7 Bozorlarda odamlar ularga salom berishlarini, «ustoz» deb murojaat etishlarini yaxshi koʻradilar.
8 Ammo sizlarni hech kim «ustoz» deb chaqirmasin, chunki hammangizning bitta Ustozingiz bor. Sizlar esa bir teng birodaru opa–singilsizlar. 9 Yer yuzida hech kimni ota deb aytmang, chunki sizlarning samoda yagona Otangiz bor. 10 Hech kim sizlarni «yoʻlboshchi» deb ham aytmasin, chunki sizlarning yakkayu yagona yoʻlboshchingiz Masihdir. 11 Orangizda kim bosh boʻlsa, sizlarga xizmat qilsin. 12 Zotan, oʻzini oʻzi yuksaltirgan kamsitiladi, oʻzini past tutgan esa yuksaltiriladi.
Iso Tavrot tafsirchilariga va farziylarga taʼna qiladi
13-14 Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar odamlar kirmasin deb, Osmon Shohligi eshiklarini berkitib qoʻyyapsizlar. U yerga oʻzlaringiz ham kirmayapsizlar, kirmoqchi boʻlganlarni ham kirgizmayapsizlar .
15 Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar hech boʻlmasa bir kishini oʻz diningizga kiritish uchun dengizu quruqlikni kezib chiqasizlar. Niyatingizga erishganingizda esa, uni oʻzingizdan besh battar doʻzaxi odam qilasizlar.
16 Ey koʻr yetakchilar, holingizga voy! Sizlar: «Kim Maʼbad haqi deb qasam ichsa, u qasamini bajarmasa ham boʻladi, ammo kim Maʼbad oltini haqi deb qasam ichsa, oʻz qasamini bajarishi shart», deysiz. 17 Hoy koʻr nodonlar! Qaysi biri buyukroq: Maʼbadning oltinimi yoki oltinni muqaddas qilgan Maʼbadning oʻzimi?! 18 Yana sizlar shunday deb aytasizlar: «Kim qurbongoh haqi deb qasam ichsa, u qasamini bajarmasa ham boʻladi, ammo kim qurbongohdagi qurbonlik haqi deb qasam ichsa, qasamini bajarishi shart», deysizlar. 19 Shu qadar koʻr boʻlmasangiz–a! Qaysi biri buyukroq: qurbonlikmi yoki qurbonlikni muqaddas qilgan qurbongohmi? 20 Axir, qurbongoh haqi deb qasam ichgan, ham qurbongohning oʻzi, ham undagi barcha qurbonliklar haqi qasam ichgan boʻladi–ku! 21 Maʼbad haqi deb qasam ichgan esa, ham Maʼbadning oʻzi, ham Maʼbadda yashaydigan Xudo haqi qasam ichgan boʻladi. 22 Osmon haqi deb qasam ichgan esa, osmondagi Xudoning taxti va taxtda oʻtirgan Xudoning Oʻzi haqi qasam ichgan boʻladi.
23 Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Sizlar yalpiz, ukrop va ziradan ushr berasizlar, ammo qonunning adolat, shafqat va imon kabi eng muhim taʼlimotlarini pisand qilmaysizlar. Bularning birini bajara turib, ikkinchisini ham tashlab qoʻymasligingiz kerak edi. 24 Hoy koʻr yetakchilar! Sizlar ichimligingizdan chivinni suzib olasizlar , ammo tuyani butunligicha yutib yuborasizlar!
25 Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Sizlar piyolayu laganingizning sirtini tozalaysizlar–u, ammo ichi ochkoʻzlik va xudbinlikka toʻla. 26 Ey koʻr farziy! Sen, avvalo, piyola va laganning ichini tozalab ol, shunda ularning sirti ham toza boʻladi.
27 Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Chunki sizlar ohaklangan qabrlarga oʻxshaysizlar: qabrlarning tashqi tomoni chiroyli, ammo ichi murdalarning suyaklariga va har xil iflosliklarga toʻla. 28 Shu singari, sizlar ham tashqi tomondan boshqalarga taqvodor boʻlib koʻrinasiz, ammo ichingiz ikkiyuzlamachilikka va gunohga toʻla.
Soxta taqvodorlar oladigan jazo
29 Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar paygʻambarlarga maqbaralar qurib, taqvodorlarning qabrlarini bezatib, 30 shunday deysizlar: «Agar ota–bobolarimiz davrida biz ham yashaganimizda edi, ularga qoʻshilishib paygʻambarlarning qonini toʻkmagan boʻlardik.» 31 Bu bilan sizlar paygʻambarlarni qatl qilganlarning oʻgʻillari ekaningizni tan olyapsizlar. 32 Ota–bobolaringiz boshlagan ishni oxiriga yetkazinglar endi!
33 Hoy ilonlar, zaharli ilonlar zoti! Sizlar doʻzax jazosidan qanday qochib qutulasiz?! 34 Ana shu sababdan Men oldingizga paygʻambarlarni, donishmandu ustozlarni yuboraman. Ammo sizlar ularning baʼzilarini oʻldirasizlar, baʼzilarini xochga mixlaysizlar, boshqalarini esa sinagogalaringizda qamchilab, shaharma–shahar quvgʻin qilasizlar. 35 Natijada oʻldirilgan hamma begunoh odamlarning qoni uchun sizlar jazolanasizlar. Aybsiz Hobilning toʻkilgan qonidan tortib, qurbongoh bilan Maʼbad orasida siz oʻldirgan Barxiyo oʻgʻli Zakariyoning qoni sizning gardaningizda boʻladi. 36 Ha, sizlarga chinini aytaman: bu nasl hamma qotilliklar uchun jazo oladi.
Isoning Quddus uchun nolasi
37 Eh Quddus, Quddus! Paygʻambarlarni qatl etib, huzuriga yuborilganlarni toshboʻron qiluvchi shahar! Tovuq oʻz joʻjalarini qanotlari ostiga qanday toʻplasa, Men ham sening xalqingni bir necha marta shunday toʻplamoqchi boʻldim. Lekin sen istamading. 38 Ey Quddus aholisi, sizning Maʼbadingiz huvullab qoladi. 39 Sizga shuni aytay: «Egamiz nomidan keladigan Inson baraka topsin» , deb aytmaguningizcha, Meni koʻrmaysizlar.”