12–BOB
Shimoldagi qabilalar isyon koʻtarishadi
1 Raxabom Shakam shahriga ketdi. Jamiki Isroil xalqi ham, Raxabomni shoh qilib koʻtaramiz deb, Shakamga kelishdi. 2 Nabat oʻgʻli Yeribom bu haqda eshitib, Misrdan qaytdi . U Sulaymonning dastidan Misrga qochib ketganicha, hanuz oʻsha yerda edi. 3 Isroil xalqi odam yuborib, uni chaqirtirib keldi. Soʻng Yeribom bilan barcha Isroil jamoasi Raxabom huzuriga kelib, unga shu gapni aytishdi:
4 — Otangiz bizga ogʻir boʻyinturuq solib, ogʻir mehnat qilishga bizni majburlagan edi. Endi siz mehnatimizni yengillatib, bizni boʻyinturuqdan xalos qiling. Oʻshanda biz sizga itoat etamiz.
5 — Hozir qaytib ketaveringlar, — dedi Raxabom kelganlarga. — Uch kundan keyin yana huzurimga kelinglar.
Shunday qilib, xalq qaytib ketdi.
6 Shoh Raxabomning otasi Sulaymon hayotligi davrida oqsoqollar har doim uning oldida hoziru nozir edilar. Shoh oʻsha oqsoqollarga maslahat soldi.
— Sizlar nima deysizlar, bu xalqqa nima deb javob bersam boʻladi?
7 Oqsoqollar shohga shunday deb maslahat berishdi:
— Agar siz bu xalqqa bugun qul boʻlib xizmat qilsangiz, ularga javob berganingizda, yaxshi soʻzingizni ayamasangiz, ular sizga bir umr xizmat qiladilar.
8 Lekin shoh oqsoqollarning maslahatlarini rad qildi. Birga oʻsgan va oʻziga xizmat qilayotgan yosh yigitlar bilan maslahatlashdi. 9 Shoh oʻsha yigitlarga dedi:
— Bu xalq menga: “Otangiz bizga solgan ogʻir boʻyinturuqdan endi bizni siz xalos qiling”, deyapti. Ularga nima deb javob berayin? Sizlar qanday maslahat berasizlar?
10 Raxabom bilan birga oʻsib–ulgʻaygan yosh yigitlar unga shunday maslahat berishdi:
— Arz qilgan oʻsha xalqqa shunday deb ayt: “Mening jimjilogʻim otamning belidan ham yoʻgʻon. 11 Otam sizlarga ogʻir boʻyinturuq solgan edi, endi men undan ham battarrogʻini qilaman. Otam sizlarni qamchi bilan jazolagan ekan, men esa chayonlarga chaqtirib, jazolayman.”
12 Raxabom Yeribomga va xalqqa: “Uchinchi kuni huzurimga kelinglar”, deb aytgani uchun, xalq aytilgan paytda shoh Raxabomning huzuriga keldi. 13-14 Shoh oqsoqollarning bergan maslahatlarini pisand qilmay, yosh yigitlarning gapiga kirib, xalqqa keskin javob berdi:
— Otam sizlarga ogʻir boʻyinturuq solgan edi, endi men undan ham battarrogʻini qilaman. Otam sizlarni qamchi bilan urib jazolagan ekan, men esa chayonlarga chaqtirib jazolayman.
15 Shunday qilib, shoh xalqqa quloq solmadi. Egamizning Shiloʻlik Oxiyo orqali Nabat oʻgʻli Yeribomga bergan soʻzi bajo boʻlishi uchun Xudo bu voqeani shunday rejalashtirgan edi. 16 Isroil xalqi qarasaki, shoh gapga quloq solmayapti. Shundan keyin xalq unga shunday xitob qildi:
“Essay oʻgʻli Dovudning bizga oʻtkazib qoʻygan joyi yoʻq,
Bizning ham undan qarzimiz yoʻq!
Ey Isroil xalqi, hamma oʻz uyiga qaytsin!
Ey Dovud, endi oʻz koʻmachingga oʻzing kul tortaver!”
Shunday qilib, Isroil xalqi uylariga tarqalib ketdi. 17 Raxabom faqat Yahudo shaharlarida yashaydigan Isroil xalqi ustidangina hukmronlik qiladigan boʻlib qoldi. 18 Shoh Raxabom qarollar boshligʻi Odoniramni Isroil xalqi oldiga yuborgan edi, Isroil xalqi uni toshboʻron qilib oʻldirdi. Bu xabarni shoh Raxabom eshitdi–yu, shosha–pisha jang aravasiga minib Quddusga qochdi. 19 Isroil xalqi oʻsha kundan boshlab Dovud xonadonidan yuz oʻgirdi.
20 Isroil xalqi: “Yeribom qaytib kelibdi” degan xabarni eshitishdi–yu, odam yuborib, uni oʻzlarining huzuriga chaqirtirib kelishdi. Isroil xalqi Yeribomni butun Isroilga shoh qildi. Dovud xonadoniga sodiq boʻlgan faqat Yahudo qabilasi qoldi, boshqa hech kim bu xonadonga ergashmadi.
Shamayoning bashorati
21 Sulaymon oʻgʻli Raxabom Quddusga kelib, Yahudo va Benyamin qabilalaridan 180.000 odamni sipohlikka tanlab oldi. “Shohlikni qaytarib olaman” degan maqsadda ularni Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun tayyorladi. 22 Lekin oʻshanda Shamayo paygʻambarga Xudoning quyidagi soʻzlari ayon boʻldi: 23 “Yahudo shohi Sulaymon oʻgʻli Raxabomga hamda butun Yahudo va Benyamin qabilasiga, bu yerdagi boshqa xalqlarga shu gaplarni yetkaz: 24 «Egamiz shunday aytmoqda: qarindoshlaringiz Isroil xalqiga qarshi urush boshlamanglar! Har kim oʻz uyiga qaytsin! Chunki bu ishlar hammasi Mendan boʻldi.»”
Ular Egamizning amriga itoat etib, uylariga qaytib ketdilar.
Yeribom Xudodan yuz oʻgiradi
25 Yeribom Efrayim qirlaridagi Shakam shahrini mustahkam qilib, oʻsha yerda oʻrnashdi. U yerdan Paniyolga ketib, u shaharni ham mustahkam qildi. 26 Keyin Yeribom oʻziga oʻzi aytdi: “Shohlik yana Dovud xonadoniga qaytib qolishi mumkin. 27 Agar bu xalq Egamizning uyiga qurbonlik qilish uchun Quddusga boraversa, u paytda xalqning koʻngli yana oʻzlarining hukmdori Yahudo shohi Raxabomga chopadi, meni esa oʻldiradilar.”
28 Shundan soʻng shoh Yeribom maslahatchilari bilan kengashib, ikki oltin buzoq yasadi va xalqqa dedi:
— Ey Isroil, Quddusga borib yurishingizga hojat yoʻq! Mana, sizlarni Misrdan olib chiqqan xudolaringiz!
29 Yeribom oltin buzoqlarning birini Baytil shahriga, ikkinchisini Dan shahriga oʻrnashtirdi. 30 Xalq oltin buzoqlarga topinmoq uchun Baytilga va Danga borardi . Bu narsalar esa hammani gunohga botirdi.
31 Yeribom, bundan tashqari, begona xudolarga atab sajdagohlar qurdirdi. Levi qabilasidan boʻlmagan xalqdan ruhoniylar tayinladi.
Baytildagi qurbongoh
32-33 Yeribom Isroil xalqi uchun Baytilda nishonlanadigan bir bayram tayin qildi, bu bayram Yahudoda nishonlanadigan bayramga oʻxshash edi. Bu bayramning sanasini Yeribom oʻzicha sakkizinchi oyning oʻn beshinchi kuniga belgiladi. Oʻzi barpo qilgan sajdagohlarda xizmat qiladigan ruhoniylarni tayinladi. Oʻzi yasagan qurbongohda oʻsha bayram kuni oltin buzoqlariga atab qurbonliklar keltirdi.