3–BOB
Xudo sirli rejasini ayon qiladi
1 Mana, Iso Masih haqi siz — gʻayriyahudiylarga qilgan xizmatim sababli mahbus boʻlganman. 2 Xudo Oʻz inoyatini sizlarga yetkazish vazifasini menga topshirdi. Sizlar albatta bu haqda eshitgansizlar. 3 Yuqorida qisqacha yozganimday, Xudo bu sirni menga vahiy orqali maʼlum qildi. 4 Sizlar yozganlarimni oʻqib, Masih haqidagi sirni qanday fahmlaganimni tushunib olasizlar. 5 Bu sir oldingi nasllarga ayon qilinmagan edi. Endi esa Muqaddas Ruh orqali Xudoning muqaddas havoriylari va paygʻambarlariga ayon qilindi. 6 Bu sirning mohiyati quyidagichadir: gʻayriyahudiylar ham Xushxabarga ishonib, Iso Masih orqali Xudo Oʻz xalqiga ato qiladigan barakalarga sherik boʻladilar. Ular bilan birga bir tana aʼzolari boʻlib, Xudoning Oʻz xalqiga bergan vaʼdasidan bahramand boʻladilar.
7 Xushxabarni tarqatish xizmati menga Xudoning inoyati boʻyicha topshirildi. Bu inoyatni Xudo menga Oʻzining kuch–qudrati orqali berdi. 8 Men Xudoning azizlari orasida eng arzimagani edim. Masihning aql bovar qilmas boyligi haqidagi Xushxabarni gʻayriyahudiylarga yetkazishim uchun menga Xudoning inoyati berildi. 9 Xudoning sirli rejasini endi hammaga oshkor qilish vazifasi menga yuklandi. Butun borliqni yaratgan Xudo bu sirni asrlar davomida pinhon tutgan edi. 10 Oʻzining koʻp qirrali donoligi imonlilar jamoati orqali samoviy kuchlaru saltanatlarga maʼlum boʻlishi uchun Xudo shunday qildi. 11 Xudoning Rabbimiz Iso Masih orqali roʻyobga chiqargan azaliy maqsadi shu edi.
12 Biz Iso Masih tufayli va Unga boʻlgan imonimiz tufayli Xudoning huzuriga dadillik va toʻla jasorat bilan yaqinlashish imkoniga egamiz. 13 Shunday ekan, sizlardan oʻtinaman, mening azob–uqubatlarimni deb, ruhingiz hech tushmasin. Aksincha, sizlar uchun chekkan azob–uqubatlarim bilan faxrlaninglar.
Pavlusning ibodati
14 Yuqorida aytib oʻtganlarim haqida oʻylaganimda, samoviy Otamiz oldida tiz choʻkib, ibodat qilaman. 15 Yer yuzidagi va osmonu falakdagi har bir jonzotning hayot manbai samoviy Otadir. 16 Mening toat–ibodatlarim quyidagichadir: Xudo Oʻzining ulugʻvor boyligi bilan sizlarga kuch–qudrat berib, Oʻz Ruhi bilan ichki borligʻingizni baquvvat qilsin. 17 Imoningiz orqali Masih yuragingizdan joy olsin. 18-19 Sizlar ildizi chuqur daraxtday boʻling, Xudoning sevgisi sizlarni barqaror qilsin. Xudoning barcha azizlari bilan birga, Masihning aql bovar qilmas sevgisi qanchalik keng, qanchalik cheksiz, qanchalik yuksak va teran ekanligini toʻla anglab, bilib olinglar. Shunda hayotingiz Xudoning kamolotiga toʻlib–toshadi.
20 Xudo hayotimizda amal qilayotgan qudrati bilan biz soʻragan yoki tasavvur qilganlarimizni va hatto xayolimizga kelmaganlarni ham bajarishga qodirdir. 21 Imonlilar jamoati va Iso Masih orqali Xudoga nasllar osha to abad shon–sharaflar boʻlsin! Omin.