5–BOB
Qarorgohni bulgʻaydigan odamlar
1 Musoga Egamiz aytdi: 2 “Isroil xalqiga buyur. Ular teri kasalligiga chalinganlarni, jinsiy aʼzosidan ajralma chiqqanlarni, murdalarga tegib harom boʻlganlarni qarorgohdan chiqarib yuborishsin. 3 Erkagini ham, ayolini ham qarorgohdan tashqariga chiqarib yuborishsin. Ularning dastidan qarorgoh harom boʻlmasin. Axir, Men xalqim orasida yashayman.”
4 Isroil xalqi Egamizning Musoga bergan amrini ado etib, oʻshanaqa odamlarni qarorgohdan chiqarib yubordi.
Tovon toʻlash haqida qonun
5-6 Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: Egamizga xiyonat qilgan, birodariga firib bergan har qanday erkak yoki ayol aybdor hisoblansin. 7 Bunday odam qilgan gunohini tan olsin. Jabr chekkan tomonga keltirgan zarari uchun tovon toʻlasin, buning ustiga, tovonning beshdan bir qismini ham qoʻshib bersin. 8 Bordi–yu, jabr chekkan odam vafot etgan boʻlsa va uning yaqin qarindoshi boʻlmasa, zararni qoplash uchun toʻlanadigan tovon Egamizga bagʻishlanib, ruhoniyga berilsin. Aybdor tomon tovon bilan birga bir qoʻchqorni olib kelsin. Ruhoniy qoʻchqorni qurbonlik qilib, aybdor tomonni gunohdan poklasin.
9 Isroil xalqi Egamizga atab, ruhoniyga olib kelgan har qanday ehson ruhoniyniki hisoblansin. 10 Ruhoniy qabul qilib olgan hamma ehsonlar ruhoniyning oʻziga tegishli boʻlsin.
Rashk qilgan erlar masalasi
11-12 Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: agar birontasining xotini yomon yoʻlga kirib, eriga xiyonat qilsa, 13 begona erkak bilan yotib oʻzini bulgʻasa–yu, uni hech kim tutib olmasa, bunga biror guvoh boʻlmagani uchun erining bundan xabari boʻlmasa, 14 keyinchalik eri xotinidan shubhalana boshlasa, xotini oʻzini bulgʻamagan taqdirda ham, eri undan shubhalanib, rashk qilsa, 15 er xotinini ruhoniy huzuriga yetaklab borsin. Xotini uchun toʻrt kosa arpa unini nazr qilib olib borsin. Arpa uniga zaytun moyi yoki xushboʻy tutatqi qoʻshilmasin. Bu nazr ayol aybdor yoki aybdor emasligini bilish uchun keltirilayotgan rashk nazridir.
16 Ruhoniy ayolni yetaklab, Egamiz huzuriga olib kirsin. 17 Soʻng muqaddas suvni sopol idishga quysin–da, Muqaddas chodirning ichidagi yerdan tuproq olib, suvga qoʻshsin. 18 Ayolni ruhoniy Egamiz huzuriga olib kirgandan soʻng, ayolning sochini yoysin. Uning qoʻliga rashk uchun keltiriladigan don nazrini tutqizib qoʻysin. Ruhoniyning oʻzi esa qoʻlida laʼnat keltiradigan achchiq suvni ushlab tursin. 19 Ruhoniy ayolga qasam ichtirib, unga shunday soʻzlarni aytsin: “Agar sen begona erkak bilan yotmagan boʻlsang, bulgʻanmagan, eringga xiyonat qilmagan boʻlsang, mana shu laʼnat keltiradigan achchiq suv senga hech qanday zarar yetkazmasin. 20 Agar eringga xiyonat qilib, bulgʻangan boʻlsang, eringdan boshqa odam bilan yotgan boʻlsang, 21 odamlar kimnidir laʼnatlaganda, Egam sening nomingni laʼnatga qoʻshib aytadigan qilsin. Egam seni bola tugʻa olmaydigan qilib qoʻysin . 22 Oʻsha laʼnat keltiradigan suv ichingga kirganda, seni tugʻa olmaydigan qilib qoʻysin.”
Shunda ayol: “Omin, omin”, deb aytsin.
23 Soʻng ruhoniy laʼnat soʻzlarini qogʻozga yozib, uni achchiq suvda yuvsin. 24 Toki ayol oʻsha suvni ichganda, laʼnat uning tanasiga kirib azob bersin. 25 Ruhoniy ayolning qoʻlidan rashk uchun keltirilgan don nazrini olib, bu nazrni Egamizga bagʻishlaganini koʻrsatish uchun yuqoriga koʻtarsin, soʻng qurbongohga olib borsin. 26 Don nazrining bir hovuchini qurbongoh ustida kuydirsin. U bunday qilganda hamma un Xudoga tegishli ekanini bildiradi. Keyin ayolga achchiq suvdan ichirsin. 27 Agar ayol eriga xiyonat qilib bulgʻangan boʻlsa, laʼnat keltiruvchi achchiq suv uning ichiga kirgach, qattiq azob beradi. Ayol bola tugʻa olmaydigan boʻlib qoladi. Oʻsha ayol oʻz xalqi orasida laʼnati boʻladi. 28 Agar ayol bulgʻanmagan, pok boʻlsa, hech qanday zarar koʻrmaydi, bundan keyin ham farzand koʻrishga qodir boʻladi. 29 Rashk haqidagi qonun ana shulardan iboratdir.
Xullas, xotin eriga vafo qilmay, yomon yoʻlga kirib bulgʻanganda 30 yoki eri xotinini rashk qilib, undan shubhalana boshlaganda, er xotinini Egamizning huzuriga boshlab kelsin. Ruhoniy esa yuqoridagi qonunga binoan ish tutsin. 31 Oʻshanda er gunohdan forigʻ boʻladi, ayol esa qilgan gunohi uchun jazosini tortadi.