7–BOB
1 Elishay aytdi:
— Egamizning soʻzini eshitinglar: U shunday demoqda: “Ertaga xuddi shu paytda Samariya darvozasi oldida yarim togʻora yaxshi un bir kumush tangadan , bir togʻora arpa ham bir kumush tangadan sotiladi.”
2 Shohning eng yaqin amaldori shu yerda edi. U Elishayga:
— Hatto Egamiz osmonning qopqasini ochib, yomgʻir yogʻdirganda ham shunday boʻlmas–ov, — dedi. Shunda Elishay:
— Sen koʻzing bilan koʻrasan, lekin senga nasib qilmaydi, — dedi.
Qamal tugaydi
3 Shu vaqtda shahar darvozasi tashqarisida teri kasalligiga chalingan toʻrtta odam: “Oʻlimimizni kutib, shu yerda oʻtiraveramizmi?!” deb bir–biriga gapirdi. 4 “Agar shaharga kiradigan boʻlsak, u yerda ocharchilik boʻlyapti, biz ham oʻsha yerda oʻlib ketamiz. Shu yerda oʻtiraversak ham oʻlamiz. Yaxshisi, Oram lashkarining qarorgohiga boraylik. Agar bizni tirik qoldirishsa, yashaymiz, oʻldirishsa, oʻlamiz.” 5 Ular oqshom payti Oram lashkarining qarorgohiga bormoqchi boʻlishib, otlanishdi. Oram lashkarining qarorgohi chekkasiga kelib qarasalar, u yerda birorta ham odam yoʻq ekan.
6 Rabbiy Oram lashkariga jang aravalarining taqir–tuqurini, otlarning kishnashini, koʻp lashkarning shovqin–suronini eshittirgan edi. Ular bir–birlariga: “Isroil shohi bizga qarshi hujum qilgani Xet va Misr lashkarlarini yollaganga oʻxshaydi”, dedilar. 7 Ular oqshom payti jonlarini qutqarish uchun chodirlarini, otlarini, eshaklarini, butun qarorgohni shundayicha tashlab qochib qolgan edilar.
8 Oʻsha kasal odamlar qarorgohga kelib, bir chodirga kirdilar. Chodirda yeb–ichib, u yerdan kumush, oltin, kiyim–kechaklarni olib ketib, yashirib qoʻydilar. Keyin qaytib kelib boshqa chodirga kirdilar, u yerdan ham topganlarini olib borib yashirdilar.
9 Soʻngra ular bir–birlariga aytdilar:
— Biz toʻgʻri ish qilmayapmiz. Bu kun — xushxabarlar yuz bergan kundir. Agar biz sustkashlik qilib, tong otishini kutsak, jazoga tortilishimiz aniq. Ketdik, shoh saroyiga borib xabar beraylik.
10 Kasal odamlar borib, shahar darvozabonlarini chaqirdilar–da, ularga shunday dedilar:
— Biz Oram lashkarining qarorgohiga borgan edik. U yerda na biror tirik jon bor, na biror inson tovushi eshitiladi. Faqat bogʻlovliq otlar, eshaklar turgan ekan. Chodirlarni, qanday turgan boʻlsa, shundayligicha tashlab ketibdilar.
11 Darvozabonlar jar solib bu xushxabarni shoh saroyiga yetkazdilar. 12 Shoh tunda oʻrnidan turib, lashkarboshilariga shunday dedi:
— Oram lashkari qanday reja tuzayotganlarini sizlarga aytib qoʻyay. Biz qahatchilikni boshdan kechirayotganimizni ular biladi. Shahardan chiqqanimizdan keyin, bizni tiriklayin qoʻlga olib, shaharga yorib kirishni rejalashtirgan. Shu maqsadda dalada pistirma qoʻyish uchun qarorgohdan chiqib ketgan.
13 Shohning aʼyonlaridan biri dedi:
— Shu paytgacha qancha odam oʻldi, shaharda qolganlarimiz ham baribir oʻlimga mahkummiz! Endi bir nechta odamni yuboraylik. Ular shaharda qolgan otlardan beshtasini olsin va borib, ahvolni bilib kelsin.
14 Ular ikkita otliq odamni tayyorladilar. Shoh oʻsha odamlarni Oram lashkari izidan joʻnatar ekan: “Borib, nima boʻlganini bilib kelinglar”, dedi.
15 Otliqlar Oram lashkarining izidan Iordan daryosigacha borishdi. Yoʻl boʻyi kiyim–kechak, buyumlar sochilib ketgan edi. Bu narsalarni Oram lashkari shoshib–pishib qochayotganlarida tashlab ketgan edilar. Yuborilgan odamlar qaytib kelib, shohga xabar berdilar.
16 Xalq Oram lashkarining qarorgohiga borib, u yerni talon–taroj qildi. Egamiz aytganiday, yarim togʻora yaxshi un bir kumush tangadan, bir togʻora arpa ham bir kumush tangadan sotildi.
17 Shoh oʻsha yaqin amaldorini darvozaga tayinlagan edi. Xalq amaldorni darvoza oldida bosib, yanchib oʻtib ketdi, amaldor oʻldi. Shoh paygʻambar huzuriga borganda, paygʻambar boʻladigan hodisalarni unga oldindan aytgan edi. 18 Hammasi paygʻambar aytganiday boʻldi. U shohga: “Ertaga xuddi shu paytda Samariya darvozasi oldida yarim togʻora yaxshi un bir kumush tangadan, bir togʻora arpa bir kumush tangadan sotiladi”, degan edi. 19 Amaldor esa paygʻambarga: “Hatto Egamiz osmonning qopqasini ochib, yomgʻir yogʻdirganda ham, shunday boʻlmas–ov”, deb javob bergan edi. Elishay esa unga: “Sen koʻzing bilan koʻrasan, lekin senga nasib qilmaydi”, degandi. 20 Shunday qilib, aytilgan voqea yuz berdi: xalq oʻsha amaldorni darvoza oldida bosib, yanchib oʻtib ketdi, amaldor oʻldi.