3–BOB
Sardis shahridagi imonlilar jamoatiga
1 “Sardisdagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz:
Xudoga xizmat qiladigan yetti ruhni Boshqaruvchi, qoʻlida yetti yulduzni Tutguvchi shunday demoqda: sening ishlaringni bilaman. Seni tirik deyishadi, ammo oʻliksan. 2 Sening ishlaring Xudoyim nazarida tugal emasligini bildim. Uygʻon! Jamoating nobud boʻlmoqda. Imonini saqlab qolganlarga qoʻshilib, jamoatingni mustahkamla. 3 Nimani eshitib oʻrgangan boʻlsang eslagin. Oʻshalarga rioya qilgin. Gunohlaringdan tavba etgin. Agar uygʻonmasang, Men ustingga oʻgʻriday bostirib kelaman. Sen esa qaysi soatda kelishimni bilmaysan. 4 Biroq Sardisda oʻz kiyimlarini bulgʻamagan bir necha odamlaring qolgan. Ular Men bilan birga oq kiyimda yuradilar, ular bunga loyiqdirlar. 5 Gʻolib kelganlar ular singari, shunday oq kiyim kiyadilar. Men ularning nomlarini hayot kitobidan oʻchirmayman, Otam Xudo va Uning farishtalari oldida nomlarini tan olaman.
6 Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin.”
Filadelfiya shahridagi imonlilar jamoatiga
7 “Filadelfiyadagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz:
Shoh Dovudning kaliti muqaddas va haq Zotdadir. U eshikni ochganda, uni hech kim bekita olmaydi. U bekitganda, hech kim ocholmaydi. Oʻsha Zot shunday demoqda: 8 sening ishlaringni bilaman. Mana, oldingda bir eshik ochdim, uni hech kim bekita olmaydi. Kuching kamligini Men bilaman. Shunga qaramay, sen soʻzimga rioya qilding, Mendan tonmading. 9 Shayton toʻdasidan boʻlganlarni nima qilishimni oʻzing koʻrasan. Ular oʻzlarini Xudoning xalqi deb ataydilar, ammo gaplari yolgʻon, ular Xudoning xalqi emaslar . Men ularni shunday koʻyga solamanki, kelib sening oyogʻingga yiqiladilar. Men seni qanchalik sevganimni bilib oladilar. 10 Sen Mening sabrli boʻlish haqidagi amrimga itoat etding. Shunday ekan, yer yuzida yashovchilarni sinash uchun yuboriladigan kulfat vaqtidan Men seni asrayman. 11 Men tezda kelaman. Imoningda mahkam tur, toki hech kim tojingni tortib olmasin. 12 Gʻolib kelganlarni Men Xudoyimning Maʼbadida ustun qilaman. Shunda ular zinhor Maʼbadni tark etmaydilar. Ularning peshanalariga Men Xudoyimning nomini va Xudoyimga qarashli shaharning nomini yozaman. Bu shahar — Xudoyim samodan yuboradigan yangi Quddusdir. Gʻolibning peshanasiga Men Oʻzimning yangi nomimni ham yozaman.
13 Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin.”
Laodikiya shahridagi imonlilar jamoatiga
14 “Laodikiyadagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz:
Ishonchli va haq Shohid, Xudo yaratgan borliqning Asoschisi , Omin deb nom olgan Zot shunday demoqda: 15 sening ishlaringni bilaman, sen na sovuq va na issiqsan . Eh, qaniydi, yo sovuq, yo issiq boʻlsang! 16 Sen issiq ham, sovuq ham emas, balki iliq boʻlganing uchun Men seni qusib yuboraman. 17 Sen: «Boyman, oʻzimga toʻqman, hech narsadan kam–koʻstim yoʻq», — deysan. Aslida esa ayanchli, achinarli ahvolda ekaningni, qashshoq, koʻr va yalangʻoch ekaningni bilmaysan! 18 Senga maslahat beraman: boyishing uchun Mendan olovda toblangan oltinni sotib ol. Sharmandali yalangʻochligingni yopish uchun egningga oq kiyim, koʻrishing uchun koʻzlaringga surtadigan malhamni Mendan sotib ol . 19 Men kimni sevsam, aybini koʻrsataman, tarbiyalayman. Shunday ekan, shijoatli boʻl, gunohlaring uchun tavba qil.
20 Mana, Men eshik oldida turib, taqillatyapman. Kim ovozimni eshitib eshikni ochsa, Men oʻshaning oldiga kiraman. Men u bilan va u Men bilan ovqatni baham koʻramiz. 21 Gʻolib kelganlarni Men yonimda, taxtimda oʻtirishga haqli qilaman. Zotan, Men ham gʻolib kelganimda Otam Xudo bilan birga Uning taxtida oʻtirdim.
22 Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin.”