24–BOB
Yoshuaning Shakamda soʻzlagan nutqi
1 Keyin Yoshua barcha Isroil qabilalarini, ularning oqsoqollarini, boshliqlarini, hakamlarini va nazoratchilarini Shakamga chaqirtirdi. Ular Xudoning huzuriga keldilar. 2 Yoshua butun xalqqa shunday dedi:
— Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Qadimda sizlarning ajdodlaringiz, jumladan, Terah va uning oʻgʻillari Ibrohim hamda Naxoʻr Furot daryosining narigi tomonida yashaganlar. Ular boshqa xudolarga xizmat qilganlar. 3 Men sizlarning ota–bobongiz boʻlgan Ibrohimni Furotning narigi tomonidagi yerdan olib chiqib, butun Kanʼon yurti boʻylab boshlab bordim. Ibrohimning naslini koʻpaytirdim. Ibrohimga Isʼhoqni berdim. 4 Isʼhoqqa esa Yoqub va Esovni berdim. Esovga yashash uchun Seir togʻlarini berdim. Yoqub va uning farzandlari esa Misrga bordilar. 5 Keyin Muso va Horunni Misrga yuborib, Misr xalqining boshiga falokatlar keltirdim. Oʻshandan keyin sizlarni Misrdan olib chiqdim. 6 Ota–bobolaringiz Qizil dengizga yetib keldi. Misrliklar esa aravakashlari va jang aravalari bilan ularni Qizil dengizgacha quvib bordilar. 7 Ota–bobolaringiz Menga iltijo qilganlarida, Men Misrliklar va ota–bobolaringiz orasiga zulmat tushirdim. Misrliklarning ustiga dengiz suvlarini bostirib, ularni choʻktirdim. Misrni qay ahvolga solganimni sizlar oʻz koʻzingiz bilan koʻrdingiz. Undan keyin sizlar sahroda uzoq vaqt yashadingiz. 8 Keyin Men sizlarni Iordan daryosining sharq tomonidagi yurtga olib keldim. U yerda Amor xalqi yashar edi. Ular sizlarga qarshi chiqib jang qildi. Men sizlarga ularning ustidan gʻalaba ato qildim. Ularni sizlarning oldingizdan qirib tashladim, sizlar ularning yerlarini egallab oldingiz. 9 Keyin Moʻab shohi — Zippur oʻgʻli Boloq sizlarga qarshi jangga chiqdi. Isroil xalqini laʼnatlasin deb, u Bavoʻr oʻgʻli Balomni chaqirtirdi . 10 Ammo Men Balomga quloq solmadim, aksincha, u oʻz ixtiyoriga qarshi sizlarni duo qildi. Shunday qilib, Men sizlarni Boloqning qoʻllaridan qutqardim. 11 Sizlar Iordandan oʻtib, Yerixoga kelganingizda, Yerixo aholisi sizlarga qarshi jang qildi. Amor, Pariz, Kanʼon, Xet, Girgosh, Xiv va Yobus xalqlari ham sizlarga qarshi urush qildi. Men sizlarga ularning ustidan gʻalaba berdim. 12 Ikki Amor shohini vahimaga soldim–da, quvib yubordim . Bu gʻalabaga sizlar oʻz qilichu kamoningiz bilan erishmadingiz. 13 Men sizlarga oʻzingiz ishlov bermagan yerlarni berdim. Endi sizlar oʻzingiz qurmagan shaharlarda yashayapsizlar, oʻzingiz ekmagan uzumzoru zaytun bogʻlarining mevasini yeyapsizlar.”
14 Yoshua gapida davom etib, shunday dedi:
— Endi Egamizdan qoʻrqing, Unga sodiq boʻlib, doimo chin dildan xizmat qiling. Ajdodlaringiz Furot daryosining narigi tomonida va Misrda sajda qilgan xudolarning tasvirlarini uloqtirib yuboring, faqatgina Egamizga xizmat qiling. 15 Agar Egamizga xizmat qilishni maʼqul koʻrmasangiz, kimga xizmat qilishingizni bugun tanlang. Furot daryosining narigi tomonida yashagan paytda sajda qilgan xudolaringizga xizmat qilasizlarmi? Yoki oldin Amor xalqlariga tegishli boʻlgan yerlarda yashayotganingiz uchun endi ularning xudolariga xizmat qilasizlarmi? Bugun tanlang. Men va oilam esa Egamizga xizmat qilamiz.
16 Xalq shunday javob berdi:
— Xudo saqlasin! Biz hech qachon boshqa xudolarga xizmat qilish uchun Egamizni tashlab ketmaymiz! 17 Bizni va ota–bobolarimizni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egamiz Xudodir. U qilgan moʻjizalarni biz oʻz koʻzimiz bilan koʻrdik. Turli xalqlarning orasidan oʻtganimizda, qayerga bormaylik, U bizni himoya qildi. 18 Mana shu yurtda yashagan Amor va boshqa xalqlarning hammasini Egamiz bizning oldimizdan haydab yubordi. Shuning uchun ham biz Egamizga xizmat qilamiz, U bizning Xudoyimizdir.
19 Yoshua xalqqa shunday dedi:
— Egamiz Muqaddas Xudodir. U sizning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham koʻrmaydigan Xudodir. Egamizga sodiq qolish oson, deb oʻylamanglar. Agar Unga qarshi bosh koʻtarsangiz yoki gunoh qilsangiz, U sizlarni kechirmaydi. 20 Egamiz sizlarga shuncha yaxshilik qilgan boʻlsa ham, agar Uni tashlab, boshqa xudolarga xizmat qilsangiz, U boshingizga kulfat keltirib, sizlarni qirib tashlaydi.
21 Xalq Yoshuaga shunday dedi:
— Yoʻq, boshqa xudolarga xizmat qilmaymiz, biz Egamizga xizmat qilamiz!
22 Shunda Yoshua xalqqa dedi:
— Sizlar, Egamizga xizmat qilamiz, deb qaror qildingiz. Bunga oʻzingiz guvohsiz.
— Ha, guvohmiz, — deb javob berdi xalq.
23 Yoshua:
— Unday boʻlsa, orangizdagi begona xudolarning tasvirlarini uloqtirib yuboringlar, butun qalbingiz bilan Isroil xalqining Xudosi — Egamizga bogʻlaninglar, — dedi.
24 Xalq Yoshuaga shunday dedi:
— Egamiz Xudoga xizmat qilamiz, Unga quloq solamiz.
25 Oʻsha kuni Yoshua Shakamda xalq bilan ahd tuzib, ular bajarishlari uchun qonun–qoidalar berdi. 26 Yoshua bu soʻzlarni Xudo Oʻz xalqiga bergan qonunlar bayon etilgan kitobga yozdi. Keyin katta tosh olib, uni Egamizga atalgan sajdagohdagi eman daraxtining tagiga yodgorlik qilib oʻrnatdi. 27 Yoshua butun xalqqa shunday dedi:
— Qaranglar, mana shu tosh Egamiz bizga aytgan hamma gaplarni eshitdi, shuning uchun agar Egamizga bergan vaʼdamizda turmasak, bu tosh bizga qarshi guvoh boʻladi.
28 Shundan keyin Yoshua xalqni ularga ulush qilib bergan yerlarga yubordi.
Yoshua va Elazar vafot etadilar
29 Birmuncha vaqtdan keyin Egamizning quli Yoshua 110 yoshga kirib vafot etdi. 30 Uni Timnat–Serax shahrida dafn qildilar. Bu shahar unga ulush qilib berilgan boʻlib , Gash togʻining shimolida, Efrayim qirlarida joylashgan edi.
31 Yoshua davrida Isroil xalqi Egamizga xizmat qilar edi. Ular Yoshuaning oʻlimidan soʻng, Egamiz Isroil uchun qilgan hamma ishlarini koʻrgan oqsoqollar davrida ham Egamizga itoat qilishar edi.
32 Isroil xalqi Misrdan chiqqanda Yusufning suyaklarini oʻzlari bilan olgan edi . Ular mana shu suyaklarni Shakamda koʻmishdi. Yoqub bu yerni Shakamning otasi Xamoʻrning oʻgʻillaridan yuz boʻlak kumushga sotib olgan edi . Oʻsha yer Yusuf avlodlarining ulushi boʻlib qoldi.
33 Horun oʻgʻli Elazar ham vafot etdi. Elazarning oʻgʻli Finxazga Efrayim qirlaridagi Givo shahri ulush qilib berilgan edi. Elazar oʻsha joyga dafn qilindi.