3–BOB
Quddusdagi betartiblik
1 Sarvari Olam — Rabbiy endi Quddus va Yahudo xalqiga har turli taʼminot hamda madad bermay qoʻyadi. Ularni non va suvdan bebahra qilyapti. 2 Jangchilar va askarlardan, hakamlar va paygʻambarlardan, folbinlar va oqsoqollardan mahrum qilyapti. 3 Ellikboshi va amaldorlardan, maslahatchilardan, mohir ustalar va “dono” afsungarlardan judo qilyapti.
4 Egam aytar: “Bolalar hukmron boʻlar bu xalq ustidan,
Aqlsizlar hukmronlik qilar ular tepasidan.”
5 Xalq bir–biriga zulm qiladi,
Har kim doʻstiga dushman boʻladi.
Haqorat qilar yosh yigit oqsoqolni,
Sharmanda odam esa obroʻli odamni.
6 Odamlar oʻz yaqinini ushlab olib,
Oʻsha qarindoshiga shunday deydilar:
“Ustingda kiyiming bor ekan,
Bizga bosh boʻla qol.
Mana bu vayronalar uyumi
Sening qoʻl ostingda boʻladi.”
7 U esa oʻsha kuni qasam ichib aytar:
“Axir, men shifo bera olmayman,
Meni qilmang xalqqa boshliq,
Uyimda bor na non, na kiyim.”
Hukmning natijasi
8 Ha, Quddus ham, Yahudo ham quladi.
Xalqining tillari, ishlari Egamizga qarshidir.
Egamning shuhratini ular yerga bulgʻadi.
9 Yuzlari guvohlik berib turar,
Ular Sadoʻm kabi gunohlarini oshkor qilar.
Ha, gunohlarini ular yashirmas.
Eh, oʻzlari boshlariga keltirar kulfat!
Ularning holiga voy!
10 Solihlarga esa yaxshilik koʻrasan, deb ayting,
Ular oʻz ishlarining samarasidan lazzat topadi.
11 Ammo fosiqlarning holiga voy! Boshlarida kulfat,
Axir, qilmishlariga yarasha qaytadi oʻzlariga.
12 Yosh bolalar ezadi xalqimni,
Ayollar hukmronlik qiladi ular ustidan.
Ey xalqim, yoʻlboshchilaring seni chalkashtiradi,
Soʻqmoqlaringdan seni adashtiradi.
Egamizning daʼvosi
13 Egamiz Oʻz daʼvosini isbot qilmoqqa kirishayotir,
Ha, xalqlarni hukm qilmoqqa U qoʻzgʻalayotir.
14 Oʻz taxtiga oʻtirib Egamiz
Oʻz xalqining oqsoqollariyu
Shahzodalari bilan hukmga kirishar:
“Sizlar Mening uzumzorimni xarob qilgansiz.
Kambagʻaldan olgan oʻlja bilan toʻla uyingiz.
15 Nimasi bu?! Xalqimni ezaverasiz!
Kambagʻalni iskanjaga olaverasiz!”
Sarvari Olam — Rabbiyning soʻzidir bu.
Egamiz Quddus ayollarini ogohlantiradi
16 Egam aytar: “Magʻrurdir Quddus ayollari,
Boʻyinlarini likillatib, koʻzlarini suzib yurar,
Mayda qadam tashlab yurib,
Toʻpigʻidagi halqalarni jiringlatar.”
17 Shu bois Rabbiy yara qilar
Quddus ayollarining boshlarini,
Sharmanda qilar ochib uyatli joylarini.
18 Oʻsha kuni Rabbiy tortib olar ularning
Goʻzalligi — toʻpigʻidagi bezaklarini,
Tillaqoshlariyu zeb–ziynatlarini,
19 Sirgʻalari, bilaguzuk va harir roʻmollarini,
Tortib olar boshidagi tojini,
Bilaguzuk, marjon, xushboʻy moy, tumorlarini,
20 Muhr uzuklarini, burundagi sirgʻalarini,
21 Tortib olar shohona libosini,
Nafis koʻylaklari, nimchalari, karmonlarini,
22 Koʻzgulari, zigʻir liboslarini,
Tillaqoshlariyu harir roʻmollarini.
23 Xushboʻy hid oʻrniga ulardan sassiq hid keladi,
Kamarlar oʻrniga arqon bogʻlab yuradi,
Turmaklangan soch oʻrniga kal bosh boʻladi,
Bashang kiyim oʻrniga qanor kiyadi,
Ha, goʻzallik oʻrniga asirlik tamgʻasi boʻladi.
24 Mana, yigitlari qilichdan yiqilib qoladi,
Botir erkaklari jangda qirilib ketadi.
25 Quddus darvozalari yigʻlab, aza tutadi.
Sion boʻm–boʻsh boʻlib, yerda oʻtiribdi.