18–BOB
Shaxsiy masʼuliyat
1 Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2 “Nima uchun sizlar Isroil yurtida:
«Otalari nordon uzum yeyishgan edi,
Bolalarining tishi qamashdi»,
degan maqolni ishlatasizlar?
3 Men, Egangiz Rabbiy, barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, sizlar endi Isroilda bu maqolni boshqa aytmaydigan boʻlasizlar. 4 Bilib qoʻying, har bir odamning joni Menikidir. Ota–onalarning ham, bolalarning ham jonlari Menga tegishlidir. Faqat gunoh qilgan odamgina oʻladi.
5 Bordi–yu, odam solih boʻlib, adolatli va toʻgʻri ishlar qilsa, 6 Isroil xalqining butlariga sigʻinmasa, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilmasa, birovning xotini bilan zino qilmasa, hayz koʻrgan ayolga yaqinlashmasa, 7 birovga jabr qilmasa, garovga olgan narsasini qaytarib bersa, oʻgʻrilik qilmasa, ochga non, yalangʻochga kiyim bersa, 8 bergan qarzidan foiz talab qilmasa, oʻzini gunohdan tortsa, toʻgʻri hukm chiqarsa, 9 farmonlarimga rioya qilsa, qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay sadoqat bilan bajarsa, Men, Egangiz Rabbiy, aytamanki, bunday odam haqiqatan ham solih hisoblanib albatta yashaydi.
10 Endi shunday solih odamning vahshiy bir oʻgʻli bor, deb faraz qilaylik. Bordi–yu, bu yaramas oʻgʻil qotillik qilsa yoki quyidagi jinoyatlarning birortasiga qoʻl ursa: 11 otasi qilmagan ishlarni qilib, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilsa, birovning xotini bilan zino qilsa, 12 kambagʻalu mazlumlarga jabr yetkazsa, oʻgʻrilikka qoʻl ursa, garovga olgan narsani qaytarmasa, butlarga sigʻinsa, jirkanch odatlarga taqlid qilsa, 13 bergan qarzidan foiz talab qilsa, u yasharmidi?! Yoʻq! Bunday jirkanch ishlarga qoʻl urgan odamga oʻlim jazosi berilsin. U oʻz boshini oʻzi yegan boʻladi!
14 Ammo bunday fosiq kishining oʻgʻli, otasining qilgan gunohlarini koʻrsa–yu, otasiga taqlid qilmasa, 15 Isroil xalqining butlariga sigʻinmasa, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilmasa, birovning xotini bilan zino qilmasa, 16 birovga zulm oʻtkazmasa, qarzdorlaridan kafillik talab qilmasa, oʻgʻrilik qilmasa, ochga non, yalangʻochga kiyim bersa, 17 kambagʻalga jabr yetkazmasa , bergan qarzidan foiz olmasa, qonun–qoidalarimga rioya qilib, farmonlarimni bajarsa, bunday odam oʻz otasining gunohlari uchun oʻldirilmasin. U albatta yashasin. 18 Qilgan qabihliklari uchun otasining oʻzi oʻldirilsin, chunki u birodariga jabr yetkazib, narsasini oʻgʻirladi, odamlar orasida yaramas ishlar qildi.
19 Sizlar esa: «Yoʻgʻ–e, nahotki bola otasining gunohi uchun jazo tortmasa?» deb aytasizlar. Agar bola adolatli va toʻgʻri ishlar qilsa, qonun–qoidalarimning hammasini bitta qoldirmay bajarsa, u albatta yashaydi. 20 Gunoh qilgan odamgina oʻladi. Bola otasining gunohi uchun jazolanmaydi, ota ham bolasining gunohi uchun jazolanmaydi. Solih odamlar oʻz solihligiga yarasha mukofot oladilar, fosiqlar oʻz fosiqligi uchun jazo tortadilar.
21 Bordi–yu, fosiq odam qilgan gunohlaridan tavba qilsa, qonun–qoidalarimning hammasini bajarsa, adolatli va toʻgʻri ishlar qilsa, u albatta yashaydi, oʻlmaydi. 22 Men bunday odamning qilgan barcha gunohlaridan kechib yuboraman. U qilgan solih ishlari tufayli yashaydi. 23 Nahotki fosiq odamning oʻlimini istasam? — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Yoʻq! Men uning yomon yoʻldan qaytishini va yashashini istayman!
24 Yomon yoʻlga kirib ketgan solih odam–chi? Fosiqlar kabi jirkanch ishlar qilgan bunday odam yashaydimi? Yoʻq! Men uning bironta xayrli ishini esga olmayman. U Menga xiyonat qilgani uchun, gunohga qoʻl urgani uchun oʻladi.
25 Sizlar esa: «Rabbiy notoʻgʻri ish tutyapti», deb aytyapsizlar. Ey Isroil xalqi, gapimni tinglang: notoʻgʻri ish tutgan Menmi yoki sizlarmi?! 26 Bilib qoʻying, yomon yoʻlga kirib ketgan har bir solih kishi qilgan gunohi uchun oʻladi. 27 Yomon yoʻldan qaytgan fosiq esa adolatli va toʻgʻri ishlar qilsa, oʻz hayotini asrab qoladi. 28 Bunday odam tutgan yoʻli notoʻgʻri ekanligini anglab, qilgan gunohlaridan qaytgani uchun albatta yashaydi, u oʻlmaydi. 29 Shunday boʻlsa–da, Isroil xalqi: «Rabbiy notoʻgʻri ish tutyapti», deb aytyapti. Ey Isroil xalqi, qani, Menga ayting–chi, notoʻgʻri ish tutgan Menmi yoki sizlarmi?!
30 Ey Isroil xalqi, har biringizni tutgan yoʻlingizga yarasha hukm qilaman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Tavba qilinglar! Gunohlaringizdan qaytinglar! Aks holda, gunoh boshingizga halokat keltiradi . 31 Menga qarshi qilgan gunohlaringizdan voz kechinglar. Oʻzlaringiz uchun yangi yurak va yangi ruh olinglar! Nima uchun sizlar oʻlishingiz kerak, ey Isroil xalqi?! 32 Bironta odamning halok boʻlishini istamayman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Yomon yoʻldan qaytinglar, yashanglar!”