5–BOB
Xudo bilan yarashish
1 Biz imonimiz tufayli oqlanganimiz uchun Rabbimiz Iso Masih orqali Xudo bilan yarashib, tinchlikka erishdik. 2 Rabbimiz Iso Xudoning inoyati eshigini bizga ochib berdi. Biz imon tufayli bu inoyatga erishib, mahkam turamiz hamda Xudoning ulugʻvorligiga sherik boʻlish umidimiz borligidan faxrlanamiz. 3 Faqatgina oʻsha umidimiz bilan emas, balki azob–uqubatlarimiz bilan ham faxrlanamiz, chunki azob–uqubatlar sabr–toqat hosil qilishini bilamiz. 4 Sabr–toqat Xudoga maʼqul feʼl–atvorni, bunday feʼl–atvor esa umidni hosil qiladi. 5 Umidimiz bizni uyatga qoldirmaydi. Chunki bizga berilgan Muqaddas Ruh orqali yuraklarimiz Xudoning mehr–muhabbati bilan toʻlib–toshadi.
6 Ha, biz chorasiz boʻlganimizda, belgilangan vaqtda Masih biz — betavfiqlar uchun oʻldi. 7 Solih inson uchun ham oʻlishga rozi boʻladigan birorta insonni topish qiyin. Ehtimol, kimdir himmatli inson uchun oʻlishga jurʼat qilar. 8 Lekin biz hali gunohga botgan chogʻimizda, Masih biz uchun oʻldi. Shu yoʻsinda Xudo bizga boʻlgan Oʻz mehr–muhabbatini namoyon qildi. 9 Demak, biz Masihning toʻkilgan qoni tufayli oqlangan ekanmiz, albatta U bizni Xudoning qahr–gʻazabidan qutqaradi. 10 Biz hali Xudoning dushmanlari boʻlgan paytimizda, Xudo Oʻz Oʻgʻlining oʻlimi orqali bizlarni Oʻzi bilan yarashtirdi. Biz endi Xudo bilan yarashgan ekanmiz, albatta Oʻgʻlining hayoti tufayli najot topamiz. 11 Bundan tashqari, biz Rabbimiz Iso Masih tufayli Xudo bilan boʻlgan munosabatimizdan faxrlanamiz. Axir, Iso Masih orqali biz Xudo bilan yarashganmiz–ku.
Odam Atodan — oʻlim, Masihdan — hayot
12 Bir odamning dastidan dunyoga gunoh kirib keldi. Gunohdan esa oʻlim kelib chiqdi. Natijada insonlar oʻladigan boʻldi, chunki hamma gunohkordir. 13 Qonun mavjud boʻlmasdan oldin ham dunyoda gunoh bor edi, lekin qonun yoʻqligida gunoh hisobga olinmaydi. 14 Shunga qaramay, Odam Atodan Musoga qadar yashaganlarning gunohlari aynan Odam Atoning gunohiday boʻlmasa–da, oʻlim ularning ustidan hokimlik qildi.
Odam Ato keladigan Zotning timsoli boʻldi: 15 bir kishining gunohi tufayli hamma oʻladigan boʻldi, shunga oʻxshab bir Odam, yaʼni Iso Masihning inoyati orqali hamma Xudoning boy ehsonidan bahramand boʻla oladi. Biroq Xudoning ehsonini Odam Atoning gunohi bilan solishtirib boʻlmaydi. 16 Xudoning ehsoni bilan Odam Atoning gunohi orasidagi farq quyidagidan iborat: oʻsha bir gunohning oqibati mahkum qilinishga olib bordi, koʻp gunohlardan keyin berilgan ehson esa oqlanishni keltirib chiqardi. 17 Toʻgʻri, bittagina odamning gunohi tufayli, oʻsha odamning dastidan oʻlim hokimlik qila boshladi. Ammo Xudoning cheksiz inoyati bilan oqlanganlarning hammasi endi bir Odam, yaʼni Iso Masih orqali abadiy hayotda hokimlik qiladilar.
18 Shunga koʻra, bir gunoh hammani mahkum qilganday, bir solih ish tufayli hamma oqlanib, yangi hayotdan bahramand boʻla oladi. 19 Bir odamning itoatsizligi tufayli koʻp odamlar gunohkor boʻlgan boʻlsa, endi bir Kishining itoatkorligi tufayli hamma solih boʻla oladi. 20 Qonun berilgandan keyin gunoh koʻpayib ketdi. Lekin qayerda gunoh koʻp boʻlsa, Xudoning inoyati yanada koʻproq namoyon boʻladi. 21 Gunoh hokimlik qilib, bizni oʻlimga boshlar edi. Ammo biz oqlandik va Rabbimiz Iso Masih orqali abadiy hayotga egamiz. Bundan koʻrinib turibdiki, endi Xudoning inoyati hukm surmoqda.