7–BOB
Xomon dorga osiladi
1 Shoh va Xomon malika Ester bilan yeb–ichish uchun unikiga kelishdi. 2 Ular ikkinchi kuni ham sharobxoʻrlik qilishayotganda, shoh Esterga yana aytdi:
— Qanday istaging bor, malika Ester? Istaging qondiriladi. Qanday iltimosing bor, malikam? Yarim shohlikni soʻrasang ham, beriladi.
3 Shundan keyin malika Ester gapirdi:
— Shoh hazratlari! Agar oʻzlari mendan mamnun boʻlsalar, agar shohim maʼqul koʻrsalar, istagim shuki, jonimni saqlab qolsinlar, tilagim shuki, mening xalqim joniga rahm qilsinlar! 4 Men va mening xalqim yer yuzidan yoʻq qilinish uchun, oʻldirilish va qirilish uchun sotilganmiz . Agar biz qul va choʻri qilib sotilganimizda edi, ovozimni chiqarmasdim. Oʻsha dushmanning qilmishi uchun shohimizni bezovta qilish arzimas ish boʻlardi.
5 Shoh Axashverash malika Esterdan:
— Kim u? Qani oʻsha odam? Kim shunday qilishga jurʼat etdi? — deya soʻradi.
6 — Zararkunanda, gʻanim, yovuz Xomon! — dedi Ester.
Shu zahoti Xomon shoh bilan malika qarshisida vahimaga tushdi. 7 Shoh gʻazab bilan dasturxondan turdi–yu, saroy bogʻiga qarab ketdi. Xomon esa malika Esterdan “Jonimni qutqargin”, deb yolvorish uchun qoldi, chunki shohdan oʻziga nisbatan yovuz qismat tayin etilganini u bilib turardi.
8 Shoh bogʻdan saroyning ziyofat boʻlayotgan xonasiga qaytganda, Xomon Ester yonboshlab oʻtiradigan oʻrindiqqa mahkam yopishib yotgan edi. Shoh bu ahvolni koʻrdi–yu:
— Oh–ho, men uyda ekanimda malikaning nomusiga tegmoqchi boʻldingmi? — deb baqirdi. Shoh gapini tugatar–tugatmas, Xomonning yuzini yopdilar .
9 Shohning mulozimlaridan biri Xarbona aytib qoldi:
— Ha, aytganday, Xomon uyining oldiga ellik tirsakli dor tayyorlab qoʻygan. Bu dorga Mardoxayni osmoqchi. Mardoxay esa shohimizni ogohlantirib uning hayotini saqlab qolgan.
— Oʻsha dorga Xomonning oʻzini osinglar! — deb farmon berdi shoh.
10 Mardoxay uchun tayyorlab qoʻyilgan dorga Xomonning oʻzini osdilar . Shundan soʻnggina shohning gʻazabi bosildi.