2–BOB
Abadiy tinchlik
1 Omiz oʻgʻli Ishayoga vahiyda Yahudo va Quddus haqida ayon boʻlgan bashorat.
2 Shunday kunlar keladiki,
Egamizning uyi turgan togʻ
Togʻlarning eng yuksagi boʻlib, qaror topadi.
Bu togʻ hammasidan ham baland boʻladi,
Hamma xalqlar u yerga daryoday oqib keladi.
3 Koʻplab ellar keladi,
Ular shunday deb aytadi:
“Qani, yuringlar!
Chiqaylik Egamizning togʻiga!
Qani, yuringlar!
Boraylik Yoqubning Xudosi uyiga!
Toki U bizga oʻrgatsin Oʻzining yoʻllarini,
Toki yuraylik bizlar Uning soʻqmoqlaridan.”
Axir, Egamizning kalomi kelib chiqar Quddusdan,
Ha, Xudoning taʼlimoti kelib chiqar Siondan.
4 Egamiz hukm qiladi xalqlarning orasida,
Ajrim qiladi koʻp millatlar orasida.
Qilichlarini aylantirishadi omochga,
Nayzalarini esa tok qaychilariga.
Qilich koʻtarmaydi bir–biriga xalqlar,
Hech qachon jang qilmaydi ular.
Ishayoning Isroil xalqiga murojaati
5 Ey Yoqub nasli! Kelinglar, Egamizning nurida yuraylik. 6 Ey Yoqub xonadoni! Xalqingizning yoʻllarini siz tark etdingiz! Bu yurt sharqdan kelgan bashoratgoʻylarga , Filistlar yurtiga oʻxshab folbinlarga toʻla. Ular begona xalqlar bilan hamtovoq boʻldilar.
7 Qarang, Yoqub xonadoni toʻla kumush, oltinga,
Chek–chegarasi yoʻq xazinalarining,
Ularning yurti toʻladir otlarga,
Chek–chegarasi yoʻq jang aravalarining.
8 Ularning yurti toʻla behuda butlarga!
Ular taʼzim etarlar
Qoʻllarining ijodiga,
Oʻzlari yasab, yaratganlarga.
9 Evoh, mana inson past boʻldi,
Shu tariqa odamzod tiz choʻktirildi,
Ularning qaddini koʻtarma, ey Egam!
10 Egamdan qoʻrqib qochinglar,
Qoyaning ichiga kirib olinglar,
Tuproq ostiga yashirininglar,
Egamning ulugʻvorligi buyukdir!
11 Ha, insonning magʻrurligi yerga uriladi,
Odamzodning manmanligi yoʻq qilinadi,
Yolgʻiz Xudo oʻsha kuni yuksaladi.
12 Zotan, Sarvari Olamning bir kuni bor,
Qarshi chiqar U jamiki kibor, kekkayganlarga.
Oʻsha magʻrurlarga qarshi boʻlar,
Ularning har birini yerga urar.
13 Qarshi boʻlar U barcha yuksak, magʻrurlarga!
Ha, oʻsha Lubnon sadrlariyu
Bashan emanlarining hammasiga.
14 Qarshi boʻlar U hamma baland togʻlarga,
Hamma yuksak tepaliklarga.
15 Qarshi boʻlar U har bir baland minoraga,
Har bir mustahkam qalʼaga.
16 Qarshi boʻlar oʻsha mashhur Tarshish kemalariyu
Inson yaratgan barcha ajoyibotlarga.
17 Ha, yerga uriladi oʻsha odamzod faxri,
Past boʻladi insonning yuksakligi!
Yolgʻiz Xudo oʻsha kuni yuksaladi!
18 Behuda butlar tamomila yoʻq boʻlib ketadi.
19 Egamiz, yerni larzaga solay, deya qoʻzgʻalganda,
Inson Egamizdan qoʻrqqanidan
Kirib ketar qoyalardagi gʻorlarga.
Uning buyuk ulugʻvorligidan
Yashirinar yerdagi chuqurlarga.
20 Odam, oʻzim sajda qilay, deb yasagan
Oltinu kumush butlarini
Berar oʻsha kuni yumronqoziq
Hamda koʻrshapalaklarga.
21 Ha, Egamiz, yerni larzaga solay, deya qoʻzgʻalganda,
Inson Egamizdan qoʻrqqanidan
Qoyalardagi gʻorlarga kirib ketar.
Uning buyuk ulugʻvorligidan
Choʻqqilarning yoriqlariga yashirinar.
22 Endi uzoqda yuring
Tuproqdan yaratilganlardan.
Bormi ularning biron qiymati?!