1–BOB
1 Xabaqquq paygʻambarga vahiy orqali ayon boʻlgan bashorat.
Xabaqquq Xudoga adolatsizlikdan shikoyat qiladi
2 Ey Egam, qachongacha Sendan yordam soʻrab yolvoraman?! Menga quloq solasanmi oʻzi?! Qachongacha: “Zoʻravonlikdan qutqar!” deb iltijo qilaveraman?! Bizga najot berasanmi oʻzi?! 3 Nima uchun nohaqlikka qarab turishim kerak?! Bunday haqsizlikka qanday chiday olyapsan?! Atrofimga nazar solsam, zoʻravonligu talonchilikni koʻraman. Janjal va urush avj olmoqda. 4 Oqibatda qonun oʻz kuchini yoʻqotdi, adolat esa poymol boʻldi. Fosiqlar solihlardan baland kelgani uchun nohaq hukm chiqarilyapti.
Xudo Xabaqquqqa javob beradi
5 Atrofdagi xalqlarga nazar solinglar! Ularga yaxshilab qaranglar! Koʻrganingizdan hayratda qolasizlar. Sizning davringizda Men shunday bir ish qilamanki, agar eshitsangiz qulogʻingizga ishonmaysizlar. 6 Mana, Men Bobilliklarni gʻoyat kuchaytirmoqdaman. Bu xalq shafqatsiz va tajovuzkordir. Ular dunyoning har tomoniga yurish qiladilar, oʻzga yurtlarni bosib oladilar. 7 Hammani qoʻrquv, vahimaga soladilar. Oʻziga xon, oʻziga bek boʻlgan takabburdir ular. 8 Ularning otlari qoplondan chaqqon, kechasi izgʻiydigan boʻrilardan xavfli. Otliqlari uzoqdan otlarini yeldirib kelishadi, oʻljasiga tashlanadigan burgut kabi uchib kelishadi.
9 Ularning toʻdalari zoʻravonlik maqsadida kelishadi. Ular sahrodan keladigan quyun kabi boʻlib, qum yiqqanday asirlarni yigʻishadi. 10 Shohlarni mazaxlashadi, hukmdorlarni masxara qilishadi. Mustahkam shaharlar ustidan kulishadi. Oʻsha shaharlar devorlariga qiyalatib tuproq uyadilar . Ularni qoʻlga kiritadilar. 11 Soʻng shamol kabi tez oʻtib ketishadi. Ular oʻz kuchini xudo deb biladilar, shuning uchun jazodan qocha olmaydilar.
Xabaqquq Xudoga yana shikoyat qiladi
12 Ey Egam Xudo, Muqaddas Xudoyim! Doimo mavjud boʻlgan Xudo Sen emasmi?! Shunday ekan, Bobilliklar dastidan biz yoʻq boʻlib ketmaymiz. Ey Egam! Sen, hukmimni amalga oshirsin, deb Bobilliklarni tanlading. Ey suyangan Qoyam! Sen, xalqimni jazolasin deb, ularni tayinlading. 13 Sening koʻzlaring shu qadar pokizaki, Sen yovuzlikka qarab turolmaysan. Haqsizlikka chiday olmaysan. Hayronman, qanday qilib bu makkor odamlarga chidab yuribsan?! Bu qabihlar oʻzlaridan solihroq xalqni yamlab yutyapti–ku, qanday qilib ularga indamay jim turibsan?!
14 Sen odamlarni dengizdagi baliqlar kabi qilding, yoʻlboshchisi boʻlmagan dengiz maxluqlariga oʻxshatib qoʻyding. 15 Bobilliklar odamlarni oʻz qarmogʻiga ilintiradilar. Toʻr tashlab baliq ovlaganday ularni ovlaydilar. Yoyma toʻrlariga tushirib, qirgʻoqqa tortib chiqaradilar. Ovini koʻrgach, xursand boʻlib sevinadilar. 16 Ha, toʻrlari tufayli ular moʻl oʻlja oladilar, sara taomlardan tanovul qiladilar. Shuning uchun toʻrlariga atab qurbonliklar keltiradilar, yoyma toʻrlariga atab tutatqilar tutatadilar .
17 Qachongacha ular toʻrlari bilan ellarni ovlaydilar?! Qachongacha xalqlarni shafqatsiz nobud qiladilar?!