5–BOB
Naximiyo kambagʻallarga yordam beradi
1 Oradan bir oz vaqt oʻtgach, baʼzi erkagu ayollar oʻz yahudiy birodarlaridan qattiq noliy boshlashdi. 2 Ulardan baʼzilari shunday deb aytishardi: “Biz koʻpchilikmiz, bola–chaqamiz koʻp. Bizga bugʻdoy kerak, boʻlmasa ochlikdan oʻlib qolamiz.” 3 Boshqa baʼzi birlari esa shunday deb aytishardi: “Ocharchilik paytida donimiz boʻlsin deb, dalalarimizni, uzumzorlarimizni, uylarimizni garovga beryapmiz.” 4 Yana birovlari shunday deb nolishardi: “Dalalarimiz va uzumzorlarimiz soligʻini shohga toʻlash uchun pulni qarzga olyapmiz. 5 Yahudiy birodarlarimizdan bizning kam joyimiz yoʻq! Ularning bolalari bizning bolalarimizdan ortiq emas. Lekin oʻgʻil–qizlarimizni qul, choʻri qilib sotishga majbur boʻlyapmiz. Ha, qizlarimizdan baʼzilari choʻri qilib sotildi ham. Bu xususda biror narsa qilishga ojizmiz. Axir, dalalarimiz, uzumzorlarimiz endi boshqalarning qoʻlida.”
6 Ularning dod–faryodlarini, shikoyatlarini eshitib, qattiq gʻazablandim. 7 Bu toʻgʻrida mulohaza qilib, yoʻlboshchilar bilan amaldorlarni koyidim: “Sizlar hali birodarlaringizning garovga qoʻygan mulklarini tortib olyapsizlarmi?!” Soʻngra katta bir yigʻin chaqirtirib, yoʻlboshchilarga tanbeh berdim: 8 “Butparast xalqlarga qul va choʻri qilib sotilgan yahudiy birodarlarimizni imkonimiz boricha qaytarib sotib oldik. Endi esa birodarlaringizning qullikka sotilishiga oʻzlaringiz sababchi boʻlyapsizlar. Ularni biz yana qaytarib sotib olishimiz kerakmi?!” Yoʻlboshchilar va amaldorlar sukut saqlab, miq etmay turaverdilar.
9 Men gapimni davom ettirdim: “Bu ishingiz yaxshi emas. Dushmanlik qilayotgan xalqlarga masxara boʻlmasligingiz uchun Xudoyimizdan qoʻrqib yurishlaringiz kerak emasmi?! 10 Mana, mening yaqinlarim, odamlarim, hatto oʻzim ham yahudiy birodarlarimizga qarzga pul va bugʻdoy berib turibmiz. Kelinglar, endi ularning garovga qoʻyilgan narsalarini tortib olmaylik! 11 Sizlar ulardan tortib olgan dalalarni, uzumzorlarni, zaytunzorlarni, uylarni, foiz qilib olgan pullarni, donni, sharobni, zaytun moyini hoziroq oʻzlariga qaytarib beringlar.”
12 Yoʻlboshchilar va amaldorlar shunday dedilar: “Aytganlaringizni qilamiz. Biz ularning hamma narsasini qaytarib beramiz, ulardan endi hech narsa talab qilmaymiz.”
Men ruhoniylarni chaqirdim, bergan vaʼdalarini bajarishlari uchun yoʻlboshchilar va amaldorlarga qasam ichirdim. 13 Soʻng belbogʻimni yechib qoqdim–u shunday dedim: “Shu vaʼdani bajarmaganni Xudo xuddi shunday qilib qoqib yuborsin. Uni uyidan va mol–mulkidan mahrum qilsin. Xudo oʻsha odamlarni qup–quruq qoldirsin.” Butun jamoa “Omin” deb, Egamizga hamdu sanolar aytdi. Yoʻlboshchilar va amaldorlar bergan vaʼdalarida turdilar.
Naximiyoning fidoyiligi
14 Men Yahudo yurti hokimi etib tayinlanganim uchun xalqdan oziq–ovqat talab qilish huquqiga ega edim. Lekin hokimligimning oʻn ikki yili davomida — Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yilidan to oʻttiz ikkinchi yiligacha men xalqdan oʻzim uchun ham, qarindosh–urugʻlarim uchun ham hech qanday oziq–ovqat talab qilmadim. 15 Mendan oldingi hokimlar xalqdan kuniga qirq kumush tanga bilan birga oziq–ovqat va sharob ham olib, xalqning yelkasiga minib olgan ekan. Hatto hokimlarning odamlari ham xalqqa hukmini oʻtkazardilar. Men esa Xudodan qoʻrqqanim uchun shunday qilmadim. 16 Buning oʻrniga men butun kuchimni devorni qayta qurishga bagʻishladim. Odamlarimning hammasi taʼmirlash ishlariga bel bogʻlagan edi. Yer sotib olishga vaqtimizni sarflab oʻtirmadik.
17 Mening dasturxonimdan har kuni 150 yahudiy va ularning amaldorlari taom yerdilar. Bulardan tashqari, atrofdagi xalqlardan kelgan mehmonlarning oyogʻi menikidan uzilmas edi. 18 Har kungi dasturxonimga bitta buqa, oltita semiz qoʻy va bir qancha tovuqlar talab qilinardi. Har oʻn kunda mesh–mesh turli xil sharob kerak boʻlardi. Lekin xalq shusiz ham ogʻir soliqlar ostida qolib ketganini bilar edim. Shu bois men hokim sifatida talab qilishga haqim boʻlgan oziq–ovqatdan voz kechdim.
19 Ey Xudoyim! Bu xalq uchun qilgan hamma ishlarimni yodingda tut, mendan marhamatingni darigʻ tutmagin.