8–BOB
Quddusdagi jamoat uchun hadya
1 Endi birodarlar, Xudoning Makedoniyadagi jamoatlarga koʻrsatgan inoyati haqida sizlarga aytmoqchimiz. 2 Ular ogʻir kulfatlarga yoʻliqib, sinalgan boʻlsalar–da, joʻshqin bir sevinchga toʻlib–toshdilar, oʻta kambagʻal boʻlsalar–da, yuraklari saxiylikka boy ekanligini koʻrsatdilar. 3 Ular oʻz xohishlari bilan, qoʻllaridan kelgancha, hatto imkonlaridan ortiq xayr–ehson berganlariga men shohidman. 4 Ular, Xudoning Quddusdagi azizlariga yordam berishda ishtirok etaylik, deb bizdan oʻtinib soʻradilar. 5 Hatto umid qilganimizdan ham ziyodrogʻini qildilar. Xudoning irodasi boʻyicha ular oʻzlarini avval Rabbimiz Isoga, keyin esa bizga bagʻishladilar.
6 Titus sizlarning orangizda boshlagan xayrli ishini bitirsin deb, uni ragʻbatlantirdik. 7 Sizlar imon va ilm–maʼrifatga boy, gapga chechan, notiqlikda mohirsizlar, gʻayratu tirishqoqlikda hech kimdan qolishmaysizlar, biz tufayli qalbingizda uygʻongan mehr–muhabbatingiz cheksizdir. Shunday ekan, bu xayrli ish orqali saxiyligingizning cheksizligini ham koʻrsating. 8 Men buni sizlarga buyruq tariqasida emas, balki mehr–muhabbatingizning samimiyligini isbot qilishingiz uchun aytyapman. Shuning uchun boshqalarning gʻayratiyu tirishqoqligiga eʼtiboringizni qaratyapman. 9 Axir, oʻzingiz Rabbimiz Iso Masihning koʻrsatgan inoyatini bilasizlar–ku, U boy boʻlsa ham, sizlarni boy qilish uchun kambagʻal boʻldi .
10-11 Yuqorida aytib oʻtilgan xayr–ehsonlar haqida maslahatim quyidagichadir: oʻtgan yili nafaqat oʻsha xayrli ishni qilishni boshladingiz, balki bu ishga qoʻshilish haqida oʻzingiz xohish bildirgan edingiz. Endi oʻz manfaatingiz uchun xayrli ishingizni oxiriga yetkazinglar, qanday niyat bilan boshlagan boʻlsangiz, shunday qilib, qoʻlingizdan kelganicha bitirishga harakat qilinglar. 12 Agar inson hadya berishni xohlasa, undan yoʻq boʻlgan narsa talab qilinmaydi, balki oʻzida bor narsasini bergani qabul qilinadi.
13 Boshqalarning hayoti yengillashib, sizlar esa ogʻir ahvolda qolishingizni istamaymiz. Hammaning orasida tenglik boʻlsin. 14 Hozirgi paytda sizlardagi baraka ulardagi yetishmovchiliklarni toʻldirsin, payti kelganda ulardagi baraka sizlardagi yetishmovchiliklarni toʻldiradi, shunday qilib tenglik boʻladi. 15 Muqaddas bitiklarda quyidagicha yozilgan: “Koʻp yigʻib olganlardan hech narsa ortib qolmadi, oz yigʻib olganlar uchun esa yetarli boʻldi.”
Titus va uning yoʻldoshlari
16 Xudoga shukur! Men sizlarga qanday gʻamxoʻr boʻlsam, Xudo sizlarga nisbatan shunday gʻamxoʻrlikni Titusning diliga jo qildi. 17 Axir, Titusdan sizlarning oldingizga borishni iltimos qilganimda, u nafaqat rozi boʻldi, balki xohish va ishtiyoq bilan bordi. 18 U bilan birga barcha jamoatlarda Xushxabarning voizi deb maqtalgan birodarni ham yubordik. 19 Xayrli ishda yordam qilib, ular bilan birga Quddusga borsin deb, jamoatlar uni bizga yoʻldosh qilib saylagan edilar . Biz bu ishni Egamizni ulugʻlash uchun hamda oʻzimizning ishtiyoqimizni koʻrsatish uchun qilyapmiz. 20 Saxiylik bilan berilgan xayr–ehsonlarni atalgan odamlarga yetkazishda hech qanday ayb ish qilmayapmiz. 21 Biz nafaqat Egamizning nazarida, balki insonlar oldida ham toʻgʻri ish qilishga harakat qilyapmiz.
22 Titus va vaʼzxon birodarga qoʻshib, yana bir birodarni ham yuboryapmiz. U biz tomondan koʻp sinalgan va har jihatdan gʻayratli ekanligini koʻrsatgan. Sizlarga nisbatan ishonchi komil boʻlgani uchun uning sizlarga xizmat qilish ishtiyoqi yanada koʻpaygan. 23 Agar Titus haqida kimdir soʻrasa, u mening hamrohim va sizlar uchun xizmat qilayotgan hamkorim ekanligini aytinglar. Haligi ikki birodar esa jamoatlar tomonidan yuborilgan va ular Masihga ulugʻvorlik keltiradilar. 24 Shunday qilib, jamoatlar oldida oʻsha birodarlarga boʻlgan mehr–muhabbatingizni koʻrsatib, ularga sizlarni maqtaganimiz bekor emasligini isbotlang.