5–BOB
Rahm–shafqat iltijosi
1 Ey Egam, boshimizga tushgan koʻrgilikni yodingda tutgin,
Qanchalar xor boʻlganimizni bir koʻrib qoʻygin!
2 Mulk qilib olgan yerimiz ajnabiylar qoʻliga tushdi,
Kelgindilar uylarimizga ega boʻlishdi.
3 Otasiz yetimday boʻlib qoldik biz,
Bevaga oʻxshab qoldi onalarimiz.
4 Biz ichgan suvimizga pul toʻlaymiz,
Yoqqani oʻtinni sotib olamiz.
5 Yovlarimiz taʼqib qilib, qoʻymas bizni holimizga,
Charchab ketdik, tinim yoʻq bizga.
6 Toʻyguncha non yeymiz deb,
Misr va Ossuriya bilan biz sulh tuzdik.
7 Ajdodlarimiz gunoh qilib, oʻtib ketdi,
Ammo ularning jazosini biz tortyapmiz endi.
8 Bizga hukmronlik qilayotir qullar,
Ular zulmidan bizni kim qutqarar?!
9 Non izlaymiz jonimizni qoʻyib xavf ostiga,
Chunki kallakesarlar pisib yotibdi dalalarda.
10 Ocharchilik dastidan chiqqan issigʻimiz,
Tandirday qizigan bizning badanimiz.
11 Gʻanimlarimiz Quddusda ayollarni zoʻrlashdi,
Yahudo shaharlarida qizlarning nomusiga tegishdi.
12 Qoʻllaridan osishdi yoʻlboshchilarimizni,
Xor qilishdi oqsoqollarimizni.
13 Yigitlar tegirmon toshini tortyapti,
Oʻgʻlonlar ogʻir oʻtin ostida gandiraklab qoldi.
14 Shahar darvozasida oqsoqollar oʻtirmaydigan boʻldi,
Yigitlar shodon kuylar chalmaydigan boʻldi.
15 Koʻnglimizni shodlik tark etdi,
Oʻyin–kulgimiz azaga aylandi.
16 Boshimizdagi tojimiz tushib ketdi,
Gunoh qildik! Shoʻrimiz quridi!
17 Dardu alamga toʻldi yuragimiz,
Yigʻlayverib xiralashdi koʻzimiz.
18 Axir, Sion togʻi huvullab qoldi,
Chiyaboʻrilar u yerda izgʻib yuribdi.
19 Sen esa, ey Egam, abadiy hukmronlik qilasan,
Avlodlar osha Oʻz taxtingda oʻtirasan.
20 Nechun bizni Sen tamom unutding?
Nechun uzoq vaqtga tashlab qoʻyding?
21 Ey Egam, bizni Oʻzingga qaratgin,
Toki Senga qaytaylik.
Qadimgi ulugʻvorligimizni tiklagin.
22 Nahotki Sen bizdan butunlay voz kechding?!
Qahru gʻazabingning had–poyoni bordir, axir?!