1–BOB
1 Quyidagilar Xaxaliyo oʻgʻli Naximiyoning xotiranomasidir .
Naximiyo Quddus uchun qaygʻuradi
Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yilida , Xislav oyida men Shushandagi qalʼada edim. 2 Shunda ukam Xonin boshqa baʼzi odamlar bilan Yahudo yurtidan keldi. Men ulardan asirlikka olib ketilmagan va surgundan qaytib borgan yahudiylarning holini, shuningdek, Quddus shahrining ahvolini soʻradim. 3 Ular shunday javob berdilar: “Viloyatdagi asirlikka olib ketilmagan va surgundan qaytib borgan yahudiylar ogʻir qaygʻu, sharmandali ahvolda qolganlar: Quddusning devori vayron boʻlib ketgan, darvozalari yondirilgan.”
4 Bu soʻzlarni eshitganimda, oʻtirib yigʻladim. Bir necha kun qaygʻurib yurdim. Roʻza tutdim, Samoviy Xudoga iltijo qilib yurdim. Unga shunday deb yolvordim:
5 “Ey Samoviy Xudo — Egam! Sen buyuk va haybatli Xudosan. Seni sevib, amrlaringga rioya qilgan bandalaringga ahdingni sodiq saqlaysan. 6 Men, qulingning ibodatlarini eshit, ahvolimga boq. Isroil xalqi uchun kechayu kunduz qilgan iltijolarimni eshit. Axir, ular Sening qullaring–ku. Men xalqim qilgan hamma gunohlarni eʼtirof etaman. Men oʻzim ham, xonadonim ham gunoh qildik. 7 Quling Muso orqali bergan amrlaringga, farmonlaringga, qonun–qoidalaringga biz rioya qilmadik, Seni qattiq xafa qildik.
8 Yolvoraman, quling Musoga bergan vaʼdangni yodingda tut. Axir, Sen shunday degansan: «Agar sizlar Menga sodiq boʻlmasangizlar, Men sizlarni xalqlar orasiga tarqatib yuboraman. 9 Lekin Menga yuz bursangizlar, amrlarimga rioya qilib, ularni bajarsangizlar, Men sizlarni yigʻib olaman. Yerning eng chetiga surgun qilingan boʻlsangiz ham, sizlarni oʻsha joylardan yigʻib kelaman, Men ulugʻlanishim uchun tanlangan joyga sizlarni qaytarib olib kelaman.»
10 Biz Sening qullaringmiz, buyuk qudrating va ajoyibotlaring bilan Oʻzing qutqargan xalqingmiz. 11 Yo Rabbiy! Bu qulingning iltijolarini eshit. Seni izzat–hurmat qilishni xush koʻradigan hamma qullaringning iltijolariga quloq tut. Men, qulingga bugun muvaffaqiyat ber, shoh Artaxshasda menga nisbatan shafqat uygʻotgin.”
Oʻsha paytlarda men shohning soqiysi edim.